Shaxsiy ma’lumotnoma–muassasalar tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi aksar voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassasa xodimiga uning qayerda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi haqida; o‘quvchi va talabaga esa qayerda o‘qishi haqida; fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish (FHDYO-ZAGS) va notarial idoralari hamda fuqarolar yig‘ini raislari shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risida, nikoh bo‘lganligi yoki ajralganligi haqida (hujjatlar yo‘qolganda); tuman va shahar ta’minot bo‘limi shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida; shifoxonalar kishining sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida; mahalla qo‘mita yig‘inlari yoki uy-joy boshqarmalari shaxsning yashash joyi, egallab turgan uy-joyining maydoni yoki oila a’zolarining soni haqida ma’lumotnomalar beradi. Yuqoridagi bu ma’lumotnomalar zaruriy hisoblanadi.
Shaxsiy ma’lumotnoma o‘zining zaruriy qismlari jihatidan rasmiy xizmat ma’lumotnomasiga yaqin turadi, chunki u ham aksar hollarda xos ish qog‘oziga yoki oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozi (blanka)ga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |