O‘zbеkiston rеspublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti nukus filiali


– MAVZU: O‘zbek adabiy tili me’yorlari



Download 3,03 Mb.
bet7/155
Sana31.12.2021
Hajmi3,03 Mb.
#278943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   155
Bog'liq
OMK O'zbek tilining sohada qo'llanishi

3 – MAVZU:

O‘zbek adabiy tili me’yorlari.
REJA:

1.O‘zbek adabiy tili me’yorlari haqida ma’lumot.

2.Fonetik, leksir-stmantik me’yor.

3.Orfografik, orfoepik me’yor.

4.Morfologik va sentaktik me’yorlar.

5. “Qadimgi Olimpiada o‘yinlari” matni ustida ishlash.



TAYANCH TUSHUNCHALAR:

Adabiy me'yor (norma), orfoepik me'yor, orfografik me'yor, grammatik me'yor, morfologik me'yor, leksik me'yor, dialektlar,semantik-stilistik me'yor, Atreus nazariyasi uyi, Herkul nazariyasi, Cronus nazariyasi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, qadimgi, Olimpiada.
O‘zbek adabiy tili me’yorlari. O'zbek tili uzoq tarixiy taraqqiyoti davomida o'zbek xalqining birdan-bir aloqa vositasi bo'lib keldi. O'zbek milliy tili g'oyat murakkab rivojlanish va yangilanish yo'lini bosib o'tdi. Bu o'zgarish tabiiy suratda jamiyat qurilishida sodir bo'lgan revolyutsion va evolyutsion qayta qurish jarayoni: iqtisodda, madaniy hayotda, fan va texnikada yuz bergan o'zgarishlar bilan chambarchas bog'liq edi. O'zbek adabiy tili madaniy inqilobining haqiqiy quroliga, bilim olish, fan va texnikani egallaash quroliga aylanadi. O'zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishi bir qator xususiyatlarga ega. Birinchidan, qadimgi yozuv an’anasining mavjud bo'lishi, ikkinchidan, o'zbek xalq tili tarkibidagi dialekt va shevalaming ko'pligi, turli-tumanligi, ulaming bir-biridan kuchli farq qiiishidir. Tabiiyki, adabiy tilning qonun-qoidalari, me'yorini belgilashda bu ikki o'ziga xos va muhim xususiyatni, albatta, hisobga olish zarur. Aks holda adabiy til me'yorini belgilashga qaratilgan har qanday o'rinish kutilgan natijasini bermasligi o'z-o'zidan ayondir.

Hozirgi o'zbek adabiy tili umumxalq tilining ishlangan, sayqailashtirilgan va ma'lum me'yorga solingan bo'lib, shakli u asos e’tibori bilan umumxalq tilining so'z ustalari tomonidan ijodiy boyitilgan va ishlangan ko'rinishdir.

Adabiy til grammatik ko'rinishi va lug'at tarkibi jihatidan me'yorlashtirilgandir. Adabiy til me'yorga solinganligi bilan dialekt, jargonlardan farq qiladi. Adabiy til so'zlami qonuniy ravishda bir xilda ishlatish, uslubda so'z ma'nosini leksik-semantik me'yorda foydalanish, morfologik tuzilishi va sintaktik qurilishi jihatidan to'g'ri ifodalashni talab qiladi. Bundan tashqari, u nutq vositalarini qo'llash yo'llari va usullarini, stilistik me’yor asosida badiiy tasvir vositalarini yaratish usullari, orfoepik me'yor asosida talaffuz qilishni talab etadi.

Til taraqqiyoti jarayonida adabiy til me'yori ham o'zgaradi. Masalan, Alisher Navoiy davridan beri o'zbek tili, uning lug'at tarkibi va grammatik qurilishida katta o'zgarishlar yuz berdi. Bu narsa, albatta, adabiy til me'yoriga ta'sir etmasdan qolmadi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida yuz bergan o'zgarishlar tilda o'z aksini topa bordi.

Adabiy tilning eng muhim vazifalaridan biri umumtil uchun hayotiy, muhim, yangi narsani saqlashdir. Tilni yaratuvchi ham, tarqatuvchi ham xalqdir. Shuning uchun adabiy til me'yori xalqchil, zamonaviy bo'lishi bilan birga tilning ilgari qarab bo'ladigan harakatini aks ettirishi kerak.

Adabiy me'yor (norma) - ongli aralashish orqasida qayta ishlangan, tanlangan, baholangan me'yoridir. Shu sababli, ba'zan, adabiy tilni «sun'iy til», «yasama til», xalq tili va shevalami «tabiiy til» deb yuritadilar.

Adabiy tilning belgisi unda ma'lum qoidalarga asoslangan me'yorning bo lishidir. Bu me'yor til birliklarini nutqda qanday qo'llashda bir xillikni belgilab beruvchi qoidalar yig'indisidir. Bunday me'yorlar har xil (leksik, fonetik, orfografik, grammatik, stilistik) bo'ladi.

Adabiy me'yor tarkibida turli xil ijtimoiy-nutqiy uslublarga xos- sodda til, dialekt so'zlashuv nutqiga xos shakllar uchraydi. Ular adabiy til me’yori doirasiga kirmadi.

Ijtimoiy-nutqiy uslub - bu umumxalq so'zlashuv nutqidan so'z ishlatishdagi o'ziga xos xususiyati va boshqa tomonlari bilan farqlanib turadi.

Har xil ijtimoiy tabaqalar so'z ishlatishi va tildan foydalanishi bilan farq qiladi. Ular o'zlarini qiziqtirgan so'z va jumlalami tildan olib, fikrini ifodalash uchun ishlatadilar.

Yuqorida ko'zdan kechirgan fikrlar asosida har bir tilda me'yoming umumiy va xususiy shakllari mavjud.

Umumiy me'yor ma'lum tilning, masalan, o'zbek tilining barcha ko'rinishlarida qo'llaniyotgan me'yorlar sistemasining yig'indisidan iborat.

Xususiy me'yor-umumiy me'yoming til va nutq shakllaridagi aniq ko'rinishidir. Hozirgi o'zbek tilining quyidagi xususiy me'yorlari mavjud:

O'zbek adabiy tili me'yori.

O'zbek dialekt va shevalari me'yori.

O'zbek so'zlashuv nutqi me'yori.

O'zbek tilining ijtimoiy tarmoqlari (jargonlar, kasb-hunar nutq ko'rinishlari, argolar) ga xos me'yorlar.

Me'yorlik adabiy tilning yashash shartlaridan biridir. O'zbek adabiy tilining quyidagi me'yori (normasi) mavjud:

Fonetik me'yor. Bunga aktseptologik (urg'uni to'g'ri ishlatishi), grafik me'yorlar ham kiradi.

Orfoepik (talaffuz) me'yor.

Orfografik me'yor.

Grammatik me'yor.

Leksik me'yor.

Semantik - stilistik me'yor.



  1. Fonetik me'yor. Hozirgi o'zbek adabiy tili uchun 6 unli va 25 undosh tovush me'yor sanaladi. Ular o'zbek tilida so'zlashuvchilaming talaffuz va yozuv ehtiyojini qondirib kelayotir, lekin u ayrim kamchiliklarga egadir. Bu kamchiliklar quyidagalardan iborat: a) ayrim harflar o'z o'mini topmagan: a, о kabilar; b) ikki mustaqil fonema o'rniga bir harfiy belgi olingan: j.o kabi; v) bir tovush ikki harf yig'indisi bilan ifodalangan: ng; g) ortiqulyatsiyasi o'xshash fonemalaming harfiy belgilari ham o'xshash bo'lib qolganligi: x, h kabilar; d) o'zbek adabiy tilning xususiyatlari to'g'ri kelmaydigan ortiqcha belgi va harflar kirib qolganligi: e, yo, yu, ya, s kabilar. Bunday kamchiliklami tugatish va lotin alifbosiga o'tish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir.

Alifbodagi bu kamchiliklar o'qish-o'qitish jarayoniga va nutq madaniyati rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Alifbodagi jiddiy kamchiliklami bartaraf qilmasdan turib, nutq madaniyati uchun kurash bir yoqlama kurashdan iborat bo'lib qoladi.




  1. Download 3,03 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish