(Vaqt meyori – 3-daqiqa)
Taqdimot, bu mohiyatan nutqning konturidir. Xalqaro forum, loyiha vebinar, seminar va konferensiyalarda loyiha va g‘oyalarni himoya qilish uchun muhim vosita. Fikrlarga dalil keltirishda, tinglovchining qabul qila olish imkoniyatini kengaytirish maqsadida foydalanish mumkin.
Slaydda taqdimot tezisi va uning dalillar keltirish kalit so‘zlarni ifodalash mumkin.
2-topshiriq. Sizningcha, taqdimot qay tarzda yaratilgani qulay? Ma’ruzadagi asosiy fikrlarning konturini hosil qilish orqalimi yoxud matnni to‘liq keltirgan holdami? Fikringizni asoslang. 3-topshiriq. “Soham kelajagi” mavzusida tayyorlanadigan taqdimot uchun nutq ma’ruzasi konturini yarating.
4-topshiriq. “Zamonaviy rahbar qanday bo‘lishi kerak” mavzusida taqdimot tayyorlash
Nutq konturi ifodalangan taqdimot tayyorlang.
Taqdimot qilishda nutqning kommunikativ sifatlariga amal qilinishiga e’tibor qarating.
Tinglovchi sifatida kursdoshingiz nutqini kuzating va tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |