O`zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati



Download 458,04 Kb.
bet29/69
Sana19.05.2022
Hajmi458,04 Kb.
#604789
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Bog'liq
Jismoniy sifatlar

Bel mushaklari uchun mashqlar.
Yelkalarda og`irlik bilan egilish, tovonlar bilan gimnastik devorga tiralgan holda og`irlik bilan gavdani bukish. Og`irliklarni (yadro, tosh, shtanga diski) boshdan oshirib irg`itish. Rezinaning bir uchini oyoqlar bilan bosgan holda, boshqa uchini ushlab gavdani egish va rostlash.
Qorin mushaklari uchun mashg`ulotlar.
Yerda yoki yonlama taxtada yotgan holatda, qo`llar bosh ortida, og`irlik yoki va ularsiz gavdani ko`tarish. Yakkacho`pda yoki gimnastik devorida osilib oyoqlarni ko`tarish, xuddi shu amal yerda yoki yonlama taxtada yotgan holda. Oyoqlar bilan qimirlamaydigan tayanchga ilingan holda gimnastik skameykada o`tirib gavdani bukib to`g`rilash. Yotgan holatda oyoqlar bilan turli harakatlarni bajarish: Yuqoriga - pastga, tomonlarga, aylana va h.k.
Osilgan holatda oyoqlar bilan aylana harakatlar bajarish. Turgan holatda, oyoqlar yelka kengligida, gavda oldinga egilgan, qo`llar gantellar bilan ikki tomonga yozilgan - gavda burilishlarini bajarish, qo`llar bilan chap va o`ng oyoqlarning uchiga tekkizish. Gimnastik burchak holatini osilgan yoki tayangan holda saqlab turish.
Oyoq mushaklari uchun mashg`ulotlar.

  • umumiy ta`sir mashqlari. Ko`kraklar va yelkalarda og`irliklar bilan o`tirib turish. O`tirgan holatdan og`irlik bilan sakrab turish. Og`irliklar bilan sakrash.

  • sonni rostlovchi mushaklar uchun mashqlar. Bir oyoq bilan oldinga qadam tashlab, yelkalarda og`irlik bilan o`tirib turish, orqadagi oyoq tizzada bir oz bukilgan. Bir oyoqda o`tirib turish.

  • sonni bukuvchi mushaklar uchun mashqlar. Qoringa yotgan holda sherikning qarshiligini yenggan holda oyoqlarni bukish. Mahkamlangan rezinani oyoqlar bilan cho`zish.



Bo`yin mushaklarini rivojlantirish va o`zgartirish uchun mashqlar.
1.D.h. - oyoqlar yelka kengligida, bir qo`l kaftning asosi bilan orqaga egilgan boshning tepa qismi yerga tiraladi, tirsak esa ikkinchi qo`l kaftiga tayanadi: bosh qo`l bosimini yengib oldinga engashtiriladi. Nafas olish bir maromda, harakatga muvofiqlashgan: bosh orqaga egilganda-nafas olinadi, oldinga egilganda-nafas chiqariladi.
2. D.h. - avvalgi mashqdagi kabi, faqat bosh oldinga engashtirilgan: bosh qo`l bosimiga yon berib asta-sekin orqaga egiladi va dastlabki holatga qaytariladi. Nafas olish bir maromda, harakatlar bilan muvofiqlashgan.
3. D.h. - gorizontal o`rindiqqa chalqancha yotish: og`irlikdan foydalanib, boshni oldinga va orqaga egish. Boshni orqaga imkoni boricha uzoqroq egish, oldinga harakat qilganda esa engakni ko`krakga tekkizish kerak. Sust sur`atda bajariladi. Nafas olish: orqaga egilganda nafas olinadi, oldinga harakat qilinganda nafas chiqariladi.
4. D.h – o`tirgan holatda boshni oldinga-orqaga maxsus tasmaga osilgan Yuk ko`rinishidagi og`irlik bilan egish. Mashq sust sur`atda bajariladi.
5. D.h - oyoqlarni yelka kengligida kerib turish, qo`llar belda, bosh orqaga egilgan: sherikning kerilishini yengib yoki unga yon berib bosh oldinga-orqaga engashtiriladi. Nafas olish: bosh orqaga harakatida nafas olinadi, oldinga harakat paytida nafas chiqariladi.
6. D.h. - kurashchilarning ko`prikchasi: bosh oldinga-orqaga egiladi yoki o`nga - chapga aylanma harakatlar bajariladi. Extiyotkorlik bilan, uzoq badan qizdirish mashqlaridan keyin bajariladi. Mashqni murakkablashtirish uchun shtanga diskidan foydalanish mumkin. Nafas olish: bir maromda, erkin.
7. D.h. - oyoqlar yelka kengligidan kattaroq joylashgan, qo`llar bosh orqasida, bosh ko`krakga tekkizilgan: qo`llar qarshiligini yengib bosh orqaga egiladi. Nafas olish bir maromda, harakatga muvofiq: bosh orqaga-nafas olinadi, oldinga-nafas chiqariladi.
8. D.h. - avvalgi mashqlardagidek, ammo bosh orqaga egilgan; bosh qo`llar bosimiga yon berib oldinga engashtiriladi.
9. D.h. - yarim cho`qqayib o`tirgan holatda qo`llar bilan tizzaga tayaniladi, gavda oldinda: boshni xalqaga osilgan shtanga diski ko`rinishidagi og`irlik bilan oldinga-orqaga egish. Disk teshigidan sochiq yoki keng tasma o`tkazilib, uning ikkala uchi tishlab olinadi. Nafas olish bir maromda, bosh harakatiga muvofiq.
10. D.h. - gorizontal o`rindiqqa yuzni pastga qaratib yotish: boshni maxsus halqaga osilgan og`irlik bilan oldinga orqaga-egish. Nafas olish: orqaga egilganda-nafas olish, oldinga egilganda-nafas chiqarish.


Download 458,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish