Musbat va manfiy azot balansi
Azot balansi ovqat bilan birga tushgan azot miqdori bilan organizmda chiqarib turiladigan (asosan mochevina tarkibida) azot miqdori o‘rtasidagi farqdir. Katta yoshdagi sog‘lom odamda ovqat normal bo‘lganida azot muvozanati qaror topadi, yani organizmdan chiqariladigan azot miqdori unga tushadigan azot miqdoriga teng bo‘lib
turadi. Organizm unib-osib boradigan davrda shuningdek, holdan toydiradigan kasalliklardan sogayib kelinayotgan paytda organizmga tushib turadigandan ko‘ra kamroq azot chiqarib turiladi. Bu musbat azot balansidir. Odam qariganda, och qolganda va holdan toydiradigan kasalliklar avjida azot tushganidan ko‘proq chiqib turadi. Bu manfiy
azot balansidir.Kaloriyalarning soni jihatidan yetarli bo‘lgan ratsionda azot muvozanatini saqlash uchun zarur oqsillarning eng kam miqdori 30-50 g ni tashkil etadi. Ammo bu miqdor salomatlik va ish qobiliyati uchun zarur optimumni ta’minlab bermaydi. Ortacha jismoniy mehnat bilan shugullanuvchi katta yoshli odam bir kecha-kunduzda 100 g oqsil qabul qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |