Yog‘larning oziqlanishdagi ahamiyati
Yog‘lar organizm massasining 15% ini tashkil etadi. Organizmdagi yog‘lar ikki guruhga bo‘linadi: rezerv (zaxira) yog‘lar va sitoplazmatik yog‘lar. Zaxira yog‘lar tez almashinish xossasiga ega va ularning tarkibi iste’mol qilinayotgan ozuqa yog‘lar tarkibiga bog‘liq. Aksincha sitoplazmatik yog‘lar uzoq vaqt och qolganda ham tarkibi deyarli o‘zgarmaydi, ularni asosan mebranalarga kiradigan yog‘lar tashkil qiladilar.
Vazni 70 kg bo‘lgan odam kuniga 90 g o‘simlik va hayvonot yog‘larini iste’mol qiladi. Yog‘larga bo‘lgan ehtiyoj odam faoliyatiga bog‘liq. Energetik manba sifatida 1 g yog‘ oksidlanib 38,9 kJ (9,3 kkal)
hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |