Steroidlar
Steroidlar tabiatda keng tarqalgan birikmalar bo’lib, siklopentan-opergidrofenantren halqasini tutadi. Buyrak usti bezining po‘stloq qismida sintezlanuvchi gormonlar, jinsiy gormonlar, xolesterin steroidlar guruhiga mansub. Odam organizmida steroidlar guruhiga mansub bo‘lgan sterinlar (sterollar), yani steroidning spirt shakllari alohida ahamiyatga ega. Ularning eng muhimi xolesterin (xolesterol):Xolesterin molekulasidagi gidroksil guruhi yog‘ kislotasi bilan birikib xolesterin efiri xolesteridni hosil qiladi.Mumlar yuqori molekulali yog‘ kislotalari va yuqorimolekulali bir yoki ikki atomli spirtdan tarkib topgan murakkab efirlardir. Teri, yung, patlar ustini qoplovchi yog‘ moddalarning tarkibida mumlar bor. Osimliklar bargi, mevasini qoplovchi lipidlarning 80% ini mumlar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |