harakatni boshqarishda alohida o‘rin tutadi. Odatda, biz narsalarni
ularning ko‘rinishiga qarab emas, balki ularni amaliyotda qay tarzda
ishlatishimizga muvofiq holda yoki ularning asosiy xususiyatlariga
qarab baholaymiz.
Idrokning yaxlitligi deyilganda, sezgi a’zolariga ta’sir
qiladigan
narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o‘la-
roq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. O‘z-o‘zidan ravshanki,
bu yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli
xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida
tarkib topadi.
Idrokning yaxlitligi uning
strukturaliligi bilan bog‘liqdir. Idrok
ma’lum darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob bermaydi
va ularning shunchaki oddiy yig‘indisi ham emas. Biz ana shu
sezgilardan amalda mavhumlashgan va birmuncha vaqt davomida
shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz.
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari,
bir tomondan, aks
ettiriladigan obyektlarning o‘ziga xos jihatlarida, ikkinchi tomondan,
insonning muayyan faoliyatida gavdalanadi. I. M. Sechenov ta’kidla-
ganidek, idrokning yaxlitligi va strukturaliligi analizatorlar reflektor
faoliyatining natijasidir.
Idrok qo‘zg‘atuvchining retseptorlarga bevosita ta’siri natijasida
hosil bo‘lsa ham, perseptiv obrazlar hamisha muayyan ma’noli aha-
miyatga ega bo‘ladi. Kishining idroki uning tafakkuri bilan, narsaning
mohiyatini tushunib yetishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Narsani
ongli idrok etish – unga fikran nom berish, ya’ni idrok etilgan narsani
narsalarning
muayyan guruhiga, sinfiga kiritish, uni so‘z vositasida
umumlashtirish demakdir. Hatto o‘zimizga notanish narsani ko‘rga-
nimizda ham uning bizga tanish obyektlar bilan o‘xshashlik jihatlarini
payqab olishga, uni qandaydir toifaga kiritishga urinamiz. Idrok
shunchaki sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan qo‘zg‘atuvchilarning oddiy
yig‘indisi bilan belgilanmaydi, balki mavjud ma’lumotlarni yaxshilab
talqin qilish, izohlab berish yo‘llarini jadal izlashdir. Shu nuqtai
nazardan olganda goh shakl, goh fon (ikki qiyofa va vaza)
navbatma-
navbat idrok etiladigan (1-rasm), «ikki mazmunli» deb atalmish
rasmlar diqqatga sazovordir. Bu rasmlarda idrok qilingan obyektning
alohida ko‘rsatilishi uning anglab yetilishi va nomlanishi bilan
bog‘liqdir.
52
Idrokning kishi psixik hayoti mazmuniga, uning shaxsiga xos
jihatlarga bog‘liqligi
appersepsiya deyiladi.
1-rasm
Idrok jarayonida uning fenomenlari (yunoncha phainomenon –
noyob, g‘ayriodatiy holat degan ma’noni anglatadi) muayyan hodi-
salarni aks ettirishda ishtirok etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda
namoyon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ular jahon
psixologiyasi fanida gallyutsinatsiya (lotincha hallucinftio – alahlash,
bosinqirash, valdirash, ya’ni yo‘q narsalarning ko‘rinishi,
eshitilishi,
sezilishi), illuziya (lotincha illusio – xato, adashish, yanglishish degan
ma’noni bildiradi), attraksiya (frans. attraction – o‘ziga tortish,
mahliyo etish, jalb qilish ma’nosini beradi), yaqqol ko‘rinish (ruscha
yasnovideniye – yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyibdan xabar
olish) tushunchalari orqali nomlanadi.
Idrokning muhim jihatlaridan biri unga xos belgilarning turli
jabhalar, vaziyatlar va sharoitlarda namoyon bo‘lishidir. Idrokning
muhim xususiyatlaridan biri faol ravishda bevosita aks ettirish
imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish faoliyati
uning o‘zlashtirgan bilimlari, to‘plagan tajribalari,
shuningdek
murakkab analitik, sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi.
Bu holat idrok qilinishi zarur bo‘lgan o‘quv fani mohiyatiga bog‘liq
ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish,
yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotganining o‘zaro mosligini
aniqlash singari bosqichma-bosqich o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi
tarkibiy qismlardan iboratdir.
Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda
narsa va hodisalarni aks ettirishidir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib
borayotgan ko‘p qirrali, ko‘p yoqlama alomatlarni idrok qilish bilan
53