O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi 1-sonli toshkent akademik litseyi



Download 2,32 Mb.
bet15/43
Sana27.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#412904
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
YANGI O‘ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK o‘zb guruhlar uchun

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Bu tajriba mamlakatimizning barcha hududlarida keng joriy qilindi.
“Taʼkidlash kerakki, pandemiya barchamizga tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini, tez yordam xizmati, sanitariya-epidemiologiya tizimini tubdan isloh qilish muhim hayotiy zarurat ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
Hozirgi vaqtda dunyoning boshqa mintaqalarida kuzatilayotgan “pandemiyaning navbatdagi to‘lqini” va u bilan bog‘liq xavf-xatarlar hammamizni yana-da hushyor va ogoh bo‘lishga undamoqda.
Buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy hazratlarining “Tiriklik hikmatini sog‘liqda, deb bilgin”, degan chuqur maʼnoli so‘zlari naqadar to‘g‘ri ekanini hayotning o‘zi bugun qayta-qayta isbotlamoqda.
Shu bois, mavjud imkoniyat va salohiyatimiz, pandemiya davrida orttirgan tajribamiz hamda xorijdagi ilg‘or yutuqlardan foydalanib, aholi salomatligini asrash va mustahkamlash borasidagi tub islohotlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur.
Bunda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish – eng ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi lozim.
Umuman, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini taʼminlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Shu sababli biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yana-da oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz.
Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak.
Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib, xizmat qilishi lozim.
Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.
Shu maqsadda, “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz.
Birinchidan, yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli taʼlim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘yamiz, ular jismoniy va maʼnaviy sog‘lom, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.
Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.
Uchinchidan, o‘g‘il-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Bir so‘z bilan aytganda, bola tug‘ilganidan boshlab, 30 yoshgacha bo‘lgan davrda uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi.
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n, yuz barobar ko‘p foyda keltiradi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino bundan ming yil oldin, “Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi”, deb bejiz aytmagan...
Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni ko‘ra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi g‘ayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, ko‘zlagan marralarga albatta yetamiz. Yangi O‘zbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz”. (Shavkat Mirziyoyev).
Inson uchun hamisha uning huquqi, erkinligi va qonuniy manfaatlaridan muhim qadriyat bo‘lmagan. Mamlakatimizda aynan bu borada keng ko‘lamli demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda. Hech kimga sir emas, bir necha yillar muqaddam O‘zbekistonda inson huquqlari holati xalqaro hamjamiyat va tashkilotlar tomonidan qattiq tanqidga olinar, bu nafaqat yurtimiz nufuziga, balki mamlakatimiz iqtisodiy rivojiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatar edi.
Taʼkidlash lozim, mazkur yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan chora tadbirlar, eng avvalo, O‘zbekistonning ochiqliq siyosati, inson huquqlari bo‘yicha faoliyat olib boradigan tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish hamda mazkur sohada xalqaro hujjat meʼyorlarini milliy qonunchilikka bosqichma bosqich implementatsiya qilinayotgani o‘z mevasini bera boshladi.
O‘tgan yilning oktyabrida O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga ko‘pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylanishi hamda joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo Ittifoqning 142-sessiyasida Parlamentimiz quyi palatasi aʼzosining Demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha doimiy qo‘mita aʼzoligiga Yevroosiyo mintaqasi tomonidan saylanishi dunyo hamjamiyatining mamlakatimizda mazkur sohada olib borilayotgan ishlarga yuksak eʼtirofi bo‘ldi deyish mumkin.
Bir necha yillar oldin mamlakatimizning paxta yetishtirish va qishloq xo‘jaligining boshqa sohalarida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan keng foydalanishi G‘arb mamlakatlari tomonidan keskin qoralanib, bu davlatning o‘z xalqiga nisbatan qasddan qiladigan davlat siyosati deb baholangan edi. Buning natijasida dunyoning Asda, Gap, Marks & Spencer va Tesco kabi yirik kompaniyalari o‘zbek paxtasiga boykot ham eʼlon qilgandi.
Davlatimiz rahbarining paxta g‘alla uchun davlat buyurtmasini bekor qilish orqali bolalar va majburiy mehnatdan butunlay voz kechish kabi kulminatsion va strategik qarorlari natijasiga bugun o‘zimiz guvoh bo‘lib turibmiz. Xalqaro Mehnat Tashkiloti bosh direktori o‘rinbosari Xants Kollerning taʼkidlashicha “XMT va O‘zbekistonning hamkorligi natijasida O‘zbekistonda majburiy mehnat nafaqat barham topdi, balki bu illat o‘tmishga aylantirildi”.
Inson huquqlarining eng muhim sharti bo‘lgan shaxs­ning fuqaroligini tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida ko‘p yillar davomida yurtimizda yashab kelayotgan, fuqarolik olishdan deyarli umidini uzgan 50 mingdan ziyod kishiga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.
Statistik maʼlumotlariga ko‘ra, 1991 yil sentyabrdan bugungi kunga qadar 8249 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilgan. Ularning asosiy qismi – 7765 nafari (94 foizi) 2016 yilning dekabridan 2019 yil iyul oyiga qadar fuqarolikka qabul qilingan. Dunyoda fuqarosiz insonlarning qolmasligi maqsadi ko‘zlangan kampaniyani boshlagan BMT Qochqinlar idorasi O‘zbekiston rahbariyatining ushbu saʼy-harakatlarini yuksak baholab, boshqa davlatlarni ham ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonda o‘rnak olishga chaqirgani taʼkidlash ozim.
Yuqorida sanab o‘tilgan eʼtiroflar birgina sohada erishilgan yutuqlarning bir qismi, xolos. Bu haqda boshqa sohalarda erishilgan va erishilayotgan natijalar haqida Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida uzoq gapirish mumkin. Eng muhimi, mamlakatimiz xalqi islohotlar natijalarini o‘tayotgan har bir kunida his qilib, tinch va osoyishta hayotiga shukrona keltirib yashamoqda. Zero, bosh maqsad odamlarni rozi qilishdir.

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish