O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining



Download 311,82 Kb.
bet4/7
Sana06.03.2022
Hajmi311,82 Kb.
#484651
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2941 27.10.2017

METODIKASI
1-§. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi IIV-IIBB-IIB ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga sport kiyimida kelishi lozim.
4. Nomzod yigitlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
to‘sinda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
5. Nomzod qizlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
6. Qish mavsumida nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari zarur darajada jihozlangan yopiq joylarda (zallar, maydonchalar va h.k.) o‘tkaziladi, qish mavsumida ob-havo qulay bo‘lgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda barcha nomzodlar 100 metrga yugurish mashqi o‘rniga 10 x 10 metrga mokkisimon yugurish mashqini, nomzod yigitlar 3000 metrga yugurish mashqi o‘rniga 1000 metrga yugurish mashqini, nomzod qizlar 1000 metrga yugurish mashqi o‘rniga 400 metrga yugurish mashqini bajaradi.
7. Mashqlar oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
8. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga ko‘ra topshirmagan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.
9. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi birinchi marta qoniqarsiz baholangan nomzodlarga boshqa kuni o‘tkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarida mashqlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
2-§. Mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar
10. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi;
harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Turnikda kamida 7-marta tortilgan nomzod ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
11. 100 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yo‘lakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda o‘tkaziladi.
100 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 15,0 soniya ichida, nomzod qizlar esa 17,3 soniya ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
12. 10 x 10 metrga mokkisimon yugurish mashqi start va 10 metrdan keyin qaytish chiziqlari bilan belgilangan tekis va qattiq joylarda o‘tkaziladi.
10 x 10 metrga mokkisimon yugurish mashqini nomzod yigitlar 33,0 soniya ichida, nomzod qizlar esa 55,0 soniya ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
13. 3000 (1000, 400) metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
3000 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 14,25 daqiqa ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
1000 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 4,30 daqiqada ichida, nomzod qizlar esa 5,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
400 metrga yugurish mashqini nomzod qizlar 2,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
14. Kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda bir daqiqada ikkita mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniya vaqt ajratiladi.
15. Birinchi mashqni bajarishda:
chalqancha yotiladi;
qo‘llar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar to‘piq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga ko‘tarilib, qo‘llar oyoq uchiga tekkandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qo‘yib yuborish taqiqlanadi.
16. Birinchi mashq uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilingandan so‘ng, darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishiladi.
17. Ikkinchi mashqni bajarishda:
tayanib yotiladi, qo‘llar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda bo‘ladi;
qo‘llar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qo‘llar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qo‘llar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
Kuch ishlatish mashqlari kompleksini nomzod qizlar kamida (umumiy hisobda) 26-marta bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
18. Nomzodlar belgilangan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarining kamida ikkitasini bajargan taqdirda umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
19. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
20. Qaydnoma O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bosh boshqarma, boshqarma, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasiga
ILOVA


Download 311,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish