Ruxsatnoma berishga arizani ko‘rib chiqish va ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
36. Ariza hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Hayvonot dunyosi obyektlarini tutishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi va ruxsatnoma berilganligi uchun har safar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdoriga 0,1 nisbatan koeffitsiyent miqdorida, tabiatdan foydalanuvchilar — yuridik shaxslardan 0,2 koeffitsiyent miqdorida va xorijiy fuqarolardan — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.
38. Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnomalar berish uchun arizalarni ko‘rib chiqishda va ruxsatnomalarni berishda har safar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 0,1 koeffitsiyent miqdorida;
(38-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatdan foydalanuvchilar — yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 0,2 koeffitsiyent miqdorida;
(38-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
xorijiy fuqarolardan — CITES ruxsatnomasi uchun 50 AQSh dollari va boshqa ruxsatnoma uchun — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.
39. Yig‘im summasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “Davbionazorat”ining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
40. Vakolatli organ tadbirkorlik subyektiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishi uchun boshqa vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishi talab qilingan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish soddalashtirilgan tartibda “bir darcha” orqali amalga oshiriladi, bunda vakolatli organ mazkur hujjatlarni tabiatdan foydalanuvchining ishtirokisiz, mustaqil ravishda oladi.
41. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar sonini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xulosasini olish zarur bo‘lganda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Fanlar akademiyasiga quyidagilar ko‘rsatilgan holda xat bilan murojaat qiladi:
hayvon turi;
xulosa olishdan maqsad;
tutish hududi (joyi).
42. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan xatni ko‘rib chiqish muddati — hujjat qabul qilingan kundan boshlab ko‘pi bilan 5 ish kuni.
43. Fanlar akademiyasidan ijobiy javob olinganda ruxsatnoma berish masalasini kelishishni so‘rab Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Fanlar akademiyasining xulosasini ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Vazirlar Mahkamasining roziligi olinganda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, yovvoyi hayvonlarni tutish uchun to‘lovlar to‘langandan so‘ng, tabiatdan foydalanuvchiga ruxsatnoma beradi.
44. Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo‘lsa, ruxsat berish tartib-taomili doirasida, mustaqil ravishda yoki jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan o‘rganishlar, tadqiq qilishlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar o‘tkazish huquqiga ega. Bunda ko‘rib chiqish muddati 30 kungacha uzaytiriladi.
45. Vakolatli organ qaror qabul qilgandan so‘ng bir ish kunidan kechiktirmay, tabiatdan foydalanuvchilarga ruxsatnoma beradi (yuboradi) yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi to‘g‘risida ularni yozma shaklda xabardor qiladi.
46. Arizachilarga ruxsatnoma daftarga yoki ruxsatnoma nusxasiga imzo qo‘ydirib beriladi.
47. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
ruxsatnoma berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning tabiatdan foydalanuvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
tabiatdan foydalanuvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
tabiatdan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
hayvonot dunyosi obyektlarini tutish, ularni ushlab turish (saqlash), transportda tashishni o‘rganishlar, tadqiq qilishlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi.
48. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, rad etish haqidagi xabarnoma tabiatdan foydalanuvchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va tabiatdan foydalanuvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
Tabiatdan foydalanuvchi rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
49. Tabiatdan foydalanuvchi ruxsatnomani berishning rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish tabiatdan foydalanuvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
50. Arizani takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining vakolatli organ tomonidan keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
51. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin tabiatdan foydalanuvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
52. Tabiatdan foydalanuvchi ruxsatnomani berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |