O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati



Download 2,06 Mb.
bet25/65
Sana31.12.2021
Hajmi2,06 Mb.
#219971
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
Bog'liq
Esaplaw taksaları

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib taomillari-to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, shuningdek hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini belgilaydi.

2. Quyidagilar hayvonot dunyosi obyektlari hisoblanadi:

kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo‘lgan organizmlar (hayvonlar) — sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populatsiyalari;

yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday to‘dalari;

yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari;

yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari (hayvonlarning yashash jarayonida hosil bo‘ladigan — zaharlar, asal, sut, mo‘miyo, uvildiriq, safro va boshqalar).

3. Tabiiy erkinlik holatida yashovchi barcha yovvoyi hayvonlar, shuningdek tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborilgan hayvonlar davlat mulki hisoblanadi.

Pitomniklarda, inkubatorlarda, fermalarda, hovuz xo‘jaliklarida o‘stirilgan va shu xo‘jaliklarning chegaralarida joylashgan yovvoyi hayvonlar pitomniklari, inkubatorlari, fermalari, hovuz xo‘jaliklari tegishli bo‘lgan shaxslarning mulki hisoblanadi.

Yovvoyi hayvonlardan foydalanish huquqi barcha toifalardagi yer va suv obyektlariga egalik qilish, ularni tasarruf etish va ulardan foydalanish huquqidan ajratilgan.

4. Yovvoyi hayvonlarni izlash, o‘lja olish maqsadida taqib qilish, o‘lja olishga urinish yoki o‘lja qilish (otish, tutish) ov qilish va baliq ovlash deb e’tirof etiladi. Bunda, qaysi maqsadda ov amalga oshirilayotganligi ahamiyatga ega emas (sport, havaskorlik, sanoat maqsadida, ilmiy va tibbiyot maqsadlari va boshqalar).

5. Quyidagilar ov qilishga tenglashtiriladi:



Oldingi tahrirga qarang.

ov qilinadigan hududlarda, sport, havaskorlik va tayyorlov ovi uchun taqiqlangan joylarda, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda shaxslarning ov quroli hamda boshqa ov va baliqchilik vositalari yoki ovlangan va tutilgan mahsulot, jilovidan qo‘yib yuborilgan ovchi itlar, ovga o‘rgatilgan qushlar bilan birga bo‘lishi;



(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

umumiy foydalanishdagi yo‘llarda shaxslarning g‘ilofsiz (yig‘ilgan, qo‘llashga tayyor holdagi) ov quroli, taqiqlangan tutish buyumlari yoki ovlangan ovchilik va baliqchilik mahsulotlari (o‘ljaning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz) bilan birga bo‘lishi.



(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)

6. Quyidagilar ov qilish va baliq ovlash mahsulotlari hisoblanadi: mo‘yna va teri, charm xomashyosi, bosh suyagi, shoxlar, malyuskalarning chig‘anoqlari, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlar, yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari (yog‘, hayvon tuxumlari, baliqlar uvildirig‘i, patlar) va ulardan hosil bo‘lgan mahsulotlar, hayvonlarning go‘shti, baliq, hayvonlarning qismlari, ovchilik o‘ljalari hamda belgilangan tartibda tutilgan hayvonlarning o‘zi.




Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish