Arizani ko‘rib chiqish va ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qarorni qabul qilish
39. Ariza hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. O‘simlik dunyosi obyektlarini g‘amlashga (to‘plashga) ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi va ruxsatnoma berilganligi uchun har gal O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 koeffitsiyenti miqdorida, tabiatdan foydalanuvchilar — yuridik shaxslardan 0,2 koeffitsiyenti miqdorida va xorijiy fuqarolardan — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
41. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnoma berish uchun arizalarni ko‘rib chiqishda har gal:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 koeffitsiyenti miqdorida;
(41-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatdan foydalanuvchilardan — yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 0,2 koeffitsiyenti miqdorida;
(41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
xorijiy fuqarolardan — CITES ruxsatnomalari uchun 50 AQSh dollari va boshqa ruxsatnoma uchun — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Ruxsatnoma berganlik uchun yig‘im summasi “Bioinspeksiya”ning maxsus hisob raqamiga yoki O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
43. Vakolatli organ tabiatdan foydalanuvchiga ruxsatnoma berish uchun, boshqa vakolatli organlar tomonidan beriladigan qo‘shimcha hujjatlar olishi talab qilinadigan hollarda, ruxsatnoma berish soddalashtirilgan tartibda “bir darcha” orqali amalga oshiriladi, bunda vakolatli organ mazkur hujjatlarni tabiatdan foydalanuvchining ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi o‘simliklar hajmlarini aniqlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasini olish zarur bo‘lgan taqdirda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Fanlar akademiyasiga quyidagilar ko‘rsatilgan holdagi xat bilan murojaat qiladi:
(44-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
o‘simlik turi;
xulosa olishdan maqsad;
g‘amlash (to‘plash) hududi (joyi) .
45. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan xatni ko‘rib chiqish muddati — hujjat qabul qilingan kundan boshlab ko‘pi bilan 5 ish kuni.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Fanlar akademiyasidan ijobiy javob olingan taqdirda ruxsatnoma berish masalasini kelishishni so‘rab Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Fanlar akademiyasining xulosasini ilova qilgan holda murojaat qiladi.
(46-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining roziligi olingan taqdirda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tabiatdan foydalanuvchiga o‘simlikni g‘amlash (to‘plash) uchun to‘lov to‘lagandan so‘ng ruxsatnoma beradi.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
47. Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo‘lsa, mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda tadqiqlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar o‘tkazish huquqiga ega. Bunda ko‘rib chiqish muddati 30 kungacha uzaytiriladi.
48. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay tabiatdan foydalanuvchilarga ruxsatnoma beradi (yuboradi) yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi to‘g‘risida ularni yozma shaklda xabardor qiladi.
49. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
ruxsatnoma berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning tabiatdan foydalanuvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
tabiatdan foydalanuvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
tabiatdan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
o‘simlik dunyosi obyektlarini g‘amlash, ularni ushlab turish (saqlash), transportda tashishni o‘rganishlar, tadqiqlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
50. Ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish haqidagi xabarnoma tabiatdan foydalanuvchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq me’yorlari va tabiatdan foydalanuvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
Tabiatdan foydalanuvchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
51. Tabiatdan foydalanuvchi ruxsatnomani berishning rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish tabiatdan foydalanuvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
52. Arizani takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini vakolatli organ tomonidan keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
53. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin tabiatdan foydalanuvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
54. Tabiatdan foydalanuvchi ruxsatnomani berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |