III. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi
Umumiy qoidalar
16. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma tegishli vakolatli organlar tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasidagi sxemaga asosan beriladi.
17. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlari uchun ruxsatnomalar joriy yil uchun belgilangan kvotalar doirasida beriladi.
Ushbu talablar Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiruvchi o‘simliklar namunalarini olib kirish va olib chiqib ketishga ruxsatnomalarga tatbiq etilmaydi.
18. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun ruxsatnomalar quyidagi vakolatli organlar tomonidan beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan:
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida Qizil kitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan g‘amlashga (to‘plashga) olish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun;
yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish uchun;
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxt va butalarni kesishni kelishadi;
(18-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon fondi yerlarida — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan:
(18-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
O‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan g‘amlashga (to‘plashga) olish uchun;
pichan o‘rish uchun yaroqli o‘rmon fondi yerlarida pichan o‘rish uchun;
o‘rmon fondining yaylov yerlarida chorva mollarini o‘tlatish uchun;
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan:
o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni sanitariya kesish maqsadida yoki kesish uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qizil kitobga kiritilgan, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olishni kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdimnoma kiritadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdimnomaga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan kvota ilova qilinadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Maxsus ekin maydonlari (plantatsiya) va parvarishxonalarda yetishtirilgan o‘simliklarni yig‘ish (to‘plash) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kiritilgan taqdimnomani 10 ish kuni mobaynida kelishadi va uni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuboradi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kelishuvi asosida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtiradi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
21. Ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech bo‘lmagan muddatda tugaydi.
Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES)ning ilovalariga kiritilgan yovvoyi o‘simliklar va ularning qismlarini, o‘sish davridagi mahsullarini, botanika kolleksiyalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va undan olib chiqib ketish uchun ruxsatnomalarning amal qilish muddatlari Konvensiya talablariga muvofiq belgilanadi.
22. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish, shu jumladan olib kirish va chetga olib chiqib ketish uchun ruxsatnomalar belgilangan namunadagi blankalar asosida beriladi, ularda nazorat markalari, hisobga olish raqamlari va himoyalanganlik darajalari bo‘ladi.
23. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar mazkur Nizomning 5 — 12-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |