O`zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi



Download 0,87 Mb.
bet1/4
Sana02.07.2022
Hajmi0,87 Mb.
#730304
  1   2   3   4
Bog'liq
Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafеdrasi «biologiya fаni оyligi»


Хоrazm vilоyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini оshirish instituti

Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafеdrasi


«BIOLOGIYA fаni оyligi» ni o`tkаzish
bo`yichа USLUBIY Tаvsiyalаr



Urganch 2016


«BIOLOGIYA fаni оyligi» ni o`tkаzish bo`yichа
USLUBIY Tаvsiyalаr

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida har yili biologiya fanidan mart oyida “Fan oyligi” o‘tkaziladi. Fan oyligini o‘tkazishga mahalliy sharoitlarni inobatga olib, ijodiy yondoshgan holda quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi.


1.DTS talablari asosida o‘quvchilarning biologiya fani asosida egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari monitoringini aniqlash;
2.Tahlillar asosida o‘quvchilarning biologiya fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
3.O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, yuqori sifat samaradorlikka erishish, fanlar yo‘nalishidagi yangiliklarni izlab topish va ta’lim jarayoniga tadbiq etish, o‘quvchilarning hozirgi zamon fan va texnikasini o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini o‘stirish;
4.Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligida mahorati, iqtidori va qobiliyatini yana ham kengroq namoyish qilib ko‘rsatish;
5.O‘quvchilar nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va malakalarini hosil qilishda dars jarayonida o‘quv-laboratoriya jihozlaridan, ko‘rgazmali tajribalardan unumli foydalanish;
6.Biologiya fanidan yaratilgan elektron darslik va vertual laboratoriya, o‘quv film qo‘llanmalaridan dars jarayonida samarali foydalanish usullarini namoyish eta bilishi;
7.O‘qituvchi va o‘quvchilarni fan sohasida olib borilayotgan ishlar va yangiliklar bilan tanishtirish;
8.O‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan, kompyuter texnikasidan foydalanib dars tashkil etish, zamonaviy laboratoriya o‘quv-jihozlaridan samarali foydalanish;
11. Biologiya fаnigа hissа qo`shgаn shаrqning buyuk аllоmаlаri: Abu Rayhоn Bеruniy, Ahmad Al Farg`оniy, Al Boxoriy, Abu Ali Ibn Sinо va Mirzо Ulug`bеklarning hаyoti vа ijоdiga bog`ishlangan kechalar va davra suhbаtlаri o`tkаzish.
12. Vilоyatdа, tumаndа, shаhаrdа fаоliyat ko`rsаtаyotgаn «Eng yaхshi biologiy fani хоnаsi uchun» tanlovlar tаshkil qilish.
13. Har bir sinfda o`qitishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda va “Dars muqaddas”, “O`rgan-o`rgat”, “Ustoz-shogird” “Maxorat maktabi” tadbirlariga tayanib ochiq darslar o`tkazish.
14.Mazkur fan bo‘yicha ochiq darslarni o‘tkazishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars ishlanmalari tayyorlanadi hamda ular asosida darslar tashkil qilinadi va ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish asosida ommalashtiriladi. Maktabda tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan metodbirlashma rahbarlari, ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan dars ishlanmalari, test topshiriqlari, didaktik materiallar va nazorat ishlari to‘plamlarining tayyorlanishi tavsiya qilinadi. O‘quvchilarning ijodiy ishlari (krosvordlar, referatlar, bukletlar, qo‘lda yasalgan jihozlar) yuzasidan tanlovlar tashkil etiladi.
15. «Yosh biologlar» mаvzusigа bаg`ishlаngаn 5-9 sinf o`quvchilаri o`rtаsidа bеllаshuvlаr tаshkil qilish.
16.O‘quvchilarning “Bilimlar bellashuvi”da biologiya fanlaridan ishtirokini o‘rganish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni aniqlash, ularni to‘ldirish choralarini ko‘rish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish va ma’naviy rag‘batlantirish.
17.Shuningdek, umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” natijalari tahlillari asosida o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish. Maktabda mazkur predmetlarga doir devoriy gazetalar chiqarish, fanlar bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari haqidagi materiallarni berish maqsadga muvofiqdir.
18.Maktabda o‘quvchilarni fanga qiziqtirish maqsadida fan to‘garaklari mashg‘ulotlarini yanada qiziqarliroq tarzda o‘tkazish tavsiya etiladi.
19.Maktablarda “Qushlar bizning do‘stimiz”, “O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan o‘simliklar”, “Gullar bayrami”, “O’simliklar so’zlaydi”, “Tomchida hayot aksi”, “Qiziqarli biologiya”, “Tabiat toza bo`lsa, dori ham darkor emas”, “Bilimdonlik cho‘qqisi” kabi fan kechalari, qiziqarli bahs-munozaralar tadbirlar va tematik albomlar tanlovlari o‘tkazilishi ijobiy samara beradi.
20.Mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda shahar, viloyat markazlaridagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, olimlar, darslik mualliflari bilan uchrashuvlarni tashkil etish, maktablarda o‘quvchilarining ijodiy ishlaridan namunalar asosida ko‘rgazmalar tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
21.O’quvchilarni fan oyliklarini his qilishlarini ta`minlash maqsadida ma’naviy merosimizni o`rganish maqsadida tarixiy obidalarga (“Ma’mun akademiya”si, Avesto majmuasi, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy yodgorliklariga) sayohatlar uyushtirish.
22.Ommaviy axborot vositalarida fan oyligi tadbirlarini yoritib borish.


Fan oyligini yakunlash
Biologiya fani oyligi yakuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkaziladi. Ushbu tadbir maktab rahbariyati o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi qilgan mehnatlarining sarhisobini, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilingan ishlarni qadrlash va baholash maqsadida tashkil qilinadi. Fan oyligi davomida maktabda o‘tkazilgan turli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashgan fan o‘qituvchilari va o‘quvchilar taqdirlanadilar. Maktablarda o‘tkazilgan fan oyliklari yuzasidan tayyorlangan hisobotlarni to‘plab, maktab metodbirlashmalarida saqlanadi.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish