Aim.uz
hurmat ko`rsatadilar, bir necha marta Rimga safar qilib, u yerning atoqli davlat
arboblari, madaniyat ahllari bilai oshnolik bog`laydi. Biroq yozuvchi o`z hayotining
asosiy qismini kitobxonlikka, qalamkashlikka bag`ishlab, tug`ilib o`sgan shahri
Xeroneyda, yor-do`stlari, shogirdlari o`rtasida o`tkazib, 120-130-yillar orasida vafot
etadi.
Qadimgilar Plutarx ijodining nihoyatda rango-rang va serunum bo`lganligini,
yozuvchi 225 tadan ortiqroq asar qoldirganini xabar qiladilar. Ana shu salmoqdor
adabiy merosdan bizga qadar 150 tasi yetib kelgandir. Olimlar mazkur asarlarni,
asosan, ikki guruhga ajratib tahlil qiladilar. Bulardan birinchisi - axloqiy asarlar,
ikkinchisi - hayotnomalardir. Birinchi guruhga kiradigan asarlarni «axloqiy» deb atash
ularning mazmuniga unchalnk to`g`ri kelmaydi, chunki bularning ko`pchiligi falsafiy
mavzularda, tarix hamda adabiyot masalalari haqida yozilgan katta-kichik
maqolalardan iborat asarlar bo`lgan. Bu maqolalar orasida biz, shuningdek, siyosat, din,
ta’lim-tarbiya, hifzi - sihat, musiqa va boshqa masalalarga doir asarlarni ham
uchratamiz. Biroq, shu bilan birga, birinchi guruhga kiradigan asarlarning asosiy
qismini, albatta, axloq masalalariga aloqador maqolalar tashkil qiladi. Bu toifa asarlarda
yozuvchi odam bolasining kundalik hayot doirasidagi barcha vazifalari yuzasidan
maslahatlar berib, mahmadonalik, tama’girlik, yasama uyatchanlik, badjahllik va shu
kabi yaramas nuqsonlardan qutulish; yor-do`stlik, aka-ukalik, er-xotinlik munosabatlari
va boshqa yaxshi xislatlarni mustahkamlash yo`llarini ko`rsatadi. Plutarxning
tushunchasicha, yer yuzidagi yaxshilik va yomonliklarning hammasi odam bolasining
fe’l-atvoridan tug`iladi. Binobarin, har bir inson doimo barkamollikka intilib, himmat
va sahovatda beillat bo`lmog`i darkor. Bu boradi dilga davo, ehtiroslarga shifo
beradigan birdan-bir malham - falsafadir. Plutarx falsafaning tarbiyaviy qudratiga juda
katta e’tibor bergan bo`lsa ham, bu sohada uning o`zi muayyan bir ta’limot yaratgan
ijodkor emas, uning asarlarida talqin etilgan falsafiy va, shuningdek, axloqiy masalalarga
doir mulohazalarning hammasi turli-tuman mutafakkirlar, olimlar va, umuman, qalam
ahllarining kitoblarini qunt bilan mutolaa qilish natijasida orttirilgan bilimlarning
mevasidir. «Axloqiy asarlar» turkumiga kirgan maqolalarniig deyarli har birida yozuvchi
ayrim masalalar yuzasidan qadimgi faylasuflarning fikrlarini bayon qilib, yo bo`lmasa
ularning asarlaridan parchalar ko`chirib, shu yo`sin o`zining fikrlarini isbotlashga
tirishadi. Plutarx yangi zamonda o`zining axloqiy asarlari bilan emas, balki
Do'stlaringiz bilan baham: