Mavzu: Attika davri (eramizdan avvalgi V-IV asrlar)
Reja:
1. Davrning ijtimoiy xarakteri
2. Tragediya janri
3. Mashhur vojialanist shoirlar
4. Sahna asarlarining yashovchanligi
Adabiyotlar
:
1.Sh.Normatova. Jahon adabiyoti. T., 2008.
2.Esxil. “Zanjirband Prometey”. M., 1990.
3.Sofokl. “Shoh Edip”. T., 1997.
4.F.Boynazarov. Jahon adabiyoti. T., 2006.
5.F.Boynazarov. Antik adabiyot. T. 1994.
Eramizdan oldingi V asrning dastlabki yillarida boshlangan qizg`in ishtimoiy va
siyosiy voqealar - Yunon elining eski ibtidoiy tuzimidan asta-sekin sinfiy davlatga
aylanib borishi, mamlakatda demokratik harakatning tobora mustaxkamlanishi, Eron -
Yunon urushlari yillarida mislsiz milliy birdamlik va dushman ustiga g`alaba qozonish
ishtiyoqi, nihoyat, urushdan keyingi ijtimoiy va madaniy ko`tarilish - o`z ifodasini
hammadan ko`ra ko`proq Esxil ijodida topadi.
Barcha Yunon adiblar singari, Esxilning hayotiga doir ma'lumotlar ham tarixda
juda oz saqlanib qolgan. Binobarin, ulug` drammaturgning hayoti haqida to`laroq
mulohaza yuritishning imkoni yuq. Shoir taxminann 525 – 524 - yillarda Elivsin
67
Aim.uz
shaxrida aszoda aristokrat oilasida tug`iladi, o`smirlik chog`larida yirik – yirik ijtimoiy va
siyosiy hodisalarning shohidi bo`ladi, 15 yoshga yetar – yetmas afinaliklarni shiddatli
kurashlar natijasida tiranlik saltanatining ag`darilishi, shundan keyin demokratlar bilan
aristokratlar o`rtasida boshlangan keskin janglar va nihoyat, demokratik tuzimning tantana
qozonganini shoir o`z ko`zi bilan ko`radi. Esxil Eroniylarga qarshi olib borilgan ulug`
muxorabadan ham chetda qolmaydi: Marafon va Plateya shaharlaridagi, Salamin
orolidagi qirg`in janglarda faol qatnashdi.
Esxil ijodining dastlabki mahsuli “Iltijogo`ylar” tragediyasidir. Asarning voqeasi
podshox Danaining ellikta qizi haqidagi “Danaidalar” afsonasidan olingan. Danaidalarning
ellikta amakivachchalari, podshox Egiptning o`g`ilari ularni zo`rlik bilan xotinlikka
olmoqchi bo`ladilar. Shaxzodalarning surbetligidan nafratlangan Danaidalar otalari
Danay bilan birga panox axtarib Yunonistonning Argos shaxriga, podshoh Pelasg yurtiga
kelishadi. Pelasg alamdiydalarga yordam ko`rsatishga tayyoru, ammo fuqarodan
bemaslahat ish tutishga andisha qilib, ularning iltimosini Argos aholisiga havola etadi.
Xalq danaidalarning iltimosini bajonidil qabul qiladi. Shu asnoda Egipt bolalari ham
Argosga yetib kelib qizlarga elchi yuboradilar. Podshoh Pelasg dinaidalarni himoya
etishga tayyor ekanligini aytgach elchi shaxar ustiga lashkar tortib kelishini pisanda qilib,
dag` – dag`a bilan orqasiga qaytadi. Biroq xavf - xatar bartaraf qilingani bilan qilarning
ko`nglidan dilgirlik ko`tarilmaydi. Asarning oxirida kanizaklar xori Afroditaning ulug`
qudrati madhini qilib “qizlar o`zlarining o`jarliklari bilan ma'budani ranjitib
qo`ymasmikan”, degan mulohazani izhor etadi.
“Iltijogo`ylar” tragediyasi aslda uch qismdan iborat bo`lib uning keyingi qismlari
bizga qadar yetib kelmagan. Ammo sarkash qizlar haqidagi afsonani intihosi ma'lum:
yigitlar zo`r Bilan nihoyat danaidalarni xotinlikka olishga muyassar bo`ladilar, biroq
alamzada qizlar nikox kechasi qasos olib, kuyovlarni o`ldiradilar. Faqat Gipermestra
degan bir danaidagina bunday og`ir jinoyatga jur'at qilolmay, erini omon qoldiradi.
Nihoyat, mifning xotima qismida lafzidan qaytib, opa-singillariga xiyonat qilgan
Gipermestra ustidan sud haqida gapiriladi; Gipermestrani o`z himoyasiga olgan Afrodita
sevgi, nikoh haqida jo`shqin so`z aytib gunohkorni oqlaydi. Olimlar, Trilogiyaning bizga
qadar yetib kelmagan qismlarining mazmuni shu miflarning mazmunidan iborat bo`lsa
kerak, deb taxmin qiladilar.
“Eroniylar” tragediyasi bizga qadar yetib kelgan shu janrdagi Yunon adabiyotining
jamiki yodgorliklari orasida zamona mavzuida yozilgan yakka-yu yagona asardir.
Yaqinginada bo`lib o`tgan va shoirning o`zi bevosita qatnashgan Eron – Yunon urushi
tragediyaning asosiy mavzuyi.
Voqea Eron shoxi saroyida kechadi. Taxtning sadoqatli keksalaridan iborat xor
to`dasi saltanatning ulug`ligi, podshox Kserks boshchiligida Yunon urushiga jo`nagan
son – sanoqsiz Eron lashkarlarining qudrati haqida kuylaydi. Keksalarning so`zida shu
bilan birga uzoq va notanish yurtga safar qilgan lashkarlarning taqdiridan tashvishlanish
sadjolari ham eshitiladi buning ustiga podshoxning onasi Atossaning tahlikali tushlari
qo`shilib, tashvishni yana ham kuchaytiradi. Xor malikaga murojaat qilib marxum eri
podshox Doroning arvoxini chaqirishni va undan madad tilashni so`raydi. Xudi shu payt
kserks lashkargoxidan bir chopar keladi-da, Salamin shahrida bo`lib o`tgan dahshatli
janglar natijasida Eron flotining tor – mor etilganini, son – sanoqsiz lashkarlarning
qirilganini xabar qiladi.
68
Aim.uz
“Eroniylar” tragediyasi - Eron - Yunon urushiga atab yozilgan, ammo bizga qadar
to`la holda yetib kelmagan trilogiyaning ikkinchi qismidir. Qo`limizdagi tragediya
mazmun jihatidan tamomila yaxlid va mustaqil asar bo`lsa kerak. Drammatik kurilish
bobida “Eroniylar” ham oldingi tragediya singari lirika bilan dramma o`rtasida turadigan
bir asarga o`xshaydi, chunki bu ham asosan lirik ohangdagi xor qo`shiqlaridan tarkib
topgandur.
“Fivaning yetti dushmani” tragediyasi Edip haqidagi mifdan olinib yozilgan
trilogiyaning uchinchi qismi bo`lib, oldingi ikkinchi qismi -“Lay”, “Edip” tragediyalari
bizga qadar yetib kelmagan Fiva shahri afsonalarida hikoya qilinishicha, podshoh Lay,
qohinlarning karomatidan qo`rqib, o`zining endigina tug`ilgan o`g`li Edipni xizmatkorga
topshiradi va uni o`ldirib o`ligini yirtqich hayvonlarga tashlashni buyuradi. Ammo
xizmatkor chaqaloqqa achinib, uni yashirincha boshqa yurt podshohiga eltib beradi.
Trilogiyaning birinchi qismi - “Lay” tregediyasining mazmuni manna shu voqeadan
iboratdur.
Evripid Gretsiyada quldorlik demokratiyasi davrining inqirozga yuz tutgan davrida
ijod qildi. yevripidning o`zi yashagan davridagi tuzimga tendentsiuz davrining shoiri
bo`lib tanildi. U antik dunyoning ayrim tizimlariga tanqidiy munosabatda bo`ldi. Evripid
tragediyalarining asosiy xususiyatlari mifalogik syujetning kamayishi psixologik
xususiyatlarining chuqurlashuvi inson ichki dunyosiga e'tiboran natijasida ommaviy
ijrolarning kamayishi Bilan xarakterlanadi. Evripid tragediyalari o`zining soddaligi va
ravonligi bilan xalqning diliga yaqinligi bilan ajralib turadi.
U o`zidan oldingi mashxur tragediyanavislarning an'analarini davom ettirdi.
Evripid, rivoyatlarning naql qilishiga ko`ra, eramizdan oldingi 480-yilda, xuddi Yunonlar
eron ustidan g`alaba qozongan kuni Afina yaqinidagi Salamin orolida o`rta hol oitlada
dunyoga keladi, yaxshigina bilim oladi. Shu davrning atoqli faylasuflari Sokrat,
Anaksagor, Arxelay, sofistlardan Protagor hamda Prodik Evripedning yaqin do`stlari
bo`lganlar. Zamondoshlarining aytishlariga qaraganda shoir, o`z davridagi kundalik
ijtimoiy siyosiy harakatlarga qotishmasdan, ilm, fan, san'at, adabiyot va falsafa bilan
shug`ullanib tinchgina umr kechirishni avzal ko`rgan. Biroq shoirning xilvatnishin tabiati
zamonasining ilg`or g`oyalari Bilan arobar qadam tashlashiga, asarlarida shu g`oyalarni
yorqin aks ettirishiga va demokratiyaning mustahkamlash yulida qalam bilan astoydil
kurashuviga xalaqit bergan emas. Evripedning tragediyalaridagi progressiv fikrlariga
drammaturgiyalariga kiritgan yangiliklariga Afina jamiyatining konservativ guruxlari Tish,
tirnoqlari bilan qarshilik ko`rsatdilar. V asr oxiridagi komediyanafislar shoirga ayniqsa
ko`proq ta'na va malomatlar yog`diradilar, bexayolik bilan uni masxara qiladilar. Masalan
Aristofan, Evripedning otasi chakana boqqol, onasi rezavorchi, xotini buzuq bo`lgan, deb
shoirga dashnom bergan. Ehtimol, anna shu og`ir sharoitlarda Afinada yashashning ortiq
iloji qolmaganligidandirki, Evripid o`lmasdan ilgari Makedoiniyaga ko`chib ketadi va 406
yilda shu yerda dunyoda dunyodan o`tadi. Keyingi vaqtlarda Evripidning tarjimaiy holini
yozgan ba'zi kimsalar, marxumni go`rida ham tinch qo`ymasdan uning o`limi haqida
tirikligidagidan ham battar bo`xdonlar tarqatadilar, shk toifa uydurmachilardan bir
xillarining aytishicha shoirni guyo itlar talab o`ldirgan, ikkinchilarining ta'biriga
qaraganda, Evripid o`z asarlarida xotin jinsini yomonlab ko`rsatgani uchun alamzadalar
undan intiqom olib toshbo`ronda tilka – tilka qilib tashlashgan emish.
69
Aim.uz
O`z ijodiy faoliyati davomida Evripid nihoyatda mashhur bo`lgan Esxel, Sofokl
ham uning shuhrati darajasiga ega bo`lolmaydi. U jami 92 ta tragediya yozgan shulardan
bizgacha 17 tasi yetib kelgan.
“Alkestida”, “Mediya”, “Geraklidlar”, “Ipollidlar”, “Gekuba”, “Gerakl”,
“Iltijoguylar”, “Troyalik ayollar”, “Elektra”, “Ion”, “Ifigeniya Tavridada”, “Yelena”,
“Andromaxa”, “Finikiyali qizlar”, “Orest”, “Vakx qizlar” va boshqa asarlarni yaratdi.
Evripidning - “Medeya” tragediyasi Yunon sahnasida yangilik bo`ldi desak
yangilishmagan bo`lamiz. Shoir bu asarni “Argonavtlar” afsonasidan olgan. Asar
qahramonlari “Argo” nomli kemaga tushib uzoq Kolxida eliga jo`naydilar. Og`ir
mashaqqatlar va son – sanoqsiz xavf – xatarlardan keyin ular nihoyat manzilga yetib
keladilar. Bu yerda podshoh Etning qizi, quyosh ma'budi Geliosning nabirasi sehrgar
Mediya Argonavtlar sardori Yazonni sevib qoladi. Malikaning yordami bilan Yazon bir
qancha tilsimlarni ochib, mushkulotlarni yengib, necha bora o`limlardan qolib, oltin
yapoqni qo`lga kiritadi. Medeyaning Yazonga bo`lgan muhabbati tufayli butun
borlig`idan ota – onasi va qarindosh urug`laridan voz kechadi. U o`zining akasini
o`ldiradi, Yunonistonga kelgach erini taxtga o`tkazish maqsadida mamlakat podshohi
Yazonning amakisi Peleyni ham ayamaydi. Medeya xurlangan muhabbat va rashk
fojeasidir. Bu asarda Medeyaning g`am va anduhlari nafrat va g`azablarida ko`rinadi. U
nihoyatda qobiliyatli shaxs sifatida gavdalanadi. U sabod va matonat bilan o`zining baxt
saodati uchun kurashadi. Evripid asar qahramoning sarguzashtlarini hikoya qilar ekan
nohaq tahqirlangan dilning isyoni tarzida tasvir etadi. Medeyaning qalbida birinchi
navbatda ona unin yuragida o`z farzandiga nisbatan doimo mehr jilovlanib turadi.
Aristofan komediya janrida mashhur bo`lgan ma'lumki komediyanavislar turli
harakatlar bilan tomoshabinni kuldirib hayotda kam bo`lsa ham uchrab turadigan
manfiy hodisalarni yuqotish uchun kurash olib boradi.
Aristofanning shaxsiy xayoti haqida biz deyarli hech narsa bildirmaymiz, ba'zi
manbalarning aytishiga qaraganda shoir, taxminan, eramizdan oldingi 445-yilda Attika
viloyati yaqinidagi Egina orolida tug`ilgan va Afina davlatining fuqarosi bo`lgan.
Aristofan o`zining adabiy faoliyatini juda erta boshlaydi va 20 yoshga yetar-yetmas
komidiyanavislar musobaqasida qatnashib ikkinchi o`rinni egallaydi. Qirq yilcha davom
etgan adabiy faoliyati davrida shoir hammasi bo`lib taxminan 40 dan ortiq asar yozgan.
Mazkur asarlardan bizga qadar to`la xolda 11 ta komediya yetib kelgan. Olimlarning
taxminiga ko`ra, shoir 385-yilda dunyodan o`tadi.
Aristofanning bizga qadar yetib kelgan bzga qadar yetib kelgan dastlabki
asarlaridan biri “Axarnliklar” komediyasidir. Endigina adabiyotga qadam qo`ygan
yigirma yoshlik shoir shu asarlaridayoq zamonasining eng aktual masalalaridan biri
bo`lgan urush va tinchlik haqida bahs etadi. Peloponnes urushining boshlanganniga olti
yil bo`lgan, shu yillar mobaynida Afinaliklarning ko`rgan talofatlarining hisobi yo`q. Son
sanoqsiz odamlar o`lgan Attika viloyatining ekinzorlari bog`lar payxon qilingan
mamlakatda ovqat tanqisligi vabo kasalliklari boshlangan.
“Tinchlik” komediyasi Peloponnes urushining o`ninchi yilida (1421) yozilgandir.
Uning syujeti unchalik murakkab emas: Trigey degan Attikalik oddiy bir dehqon urushni
bartaraf qilish niyatida bir gungqo`ng`izni boqadida katta bo`lgach uni minib, Olimp
tog`iga, ma'budlar huziriga arzga jo`naydi biroq bu yerda Germesdan o`zga bironta
ma'bud yoki ma'budani topa olmaydi. Germesning aytishiga qaraganda, hamma ma'budlar
odamlarning uzluksiz urushlaridan achchig`lanib osmonga uchub ketishgan emish, Olimp
70
Aim.uz
tog`ida esa yakka yolg`iz hukmron bo`lib faqatgina muhoraba ma'budi Polemos
qolibdi, u tinchlik ma'budasi Irinani g`orga qamab, g`or og`zini kattakon xarsang tosh
bilan berkitib tashlabdi. Trigey chaqirib ularning ko`magida tinchlik ma'budasini
tutqunlikdan qutqarishga muyassar bo`ladi, yer yuzida baxtiyor va shodiyona o`rnatiladi.
Aristofan ijodiga mansub asrlardan biri “Lisistrata” komediyasidir. Bu komediyada
Peloponnes jangining 20-yili Yunon tuprog`ida yashovchi xalqning xalokat yoqasiga
kelib qolgan davrida yaratiladi. Ayollarning hammasi Lisistrataning pand nasixatlariga
kirib, Akropolga bekinib oladilar. Jangdagi ayollar qattiq qarshilik ko`rsatib nihoyat
tinchlik o`rnatadilar.
Aristofan komediyalarining mazmuni, g`oyasi bir – biriga yaqin, asar
qahramonlari sodda va xushyor dehqonlardir.
Asarda ishtirok etuvchi Dikeopal ham, trigey ham nihoyatda shijoatli va g`ayratli
kishilar qilib ko`rsatiladi.
Shoirning Afina demokratik boshqaruv usuliga bag`ishlangan eng yaxshi
asarlardan biri “Suvoriylar” dir. Bu asar Kleonga qarshi yoziladi. Aristofan Peloponnes
urushining barcha kulfatlarini Kleondan kuradi. U haddan ziyoda ortib ketgan bo`lsada
shoir uni yengil kulgu ostiga olishdan to`xtamaydi. Komediyaning voqeasi Demos
nomli nihoyatda laqma, garang, keksalikdan zehni xitlashib qolgan bir cholning eshigi
oldida kechadi. Hayotda uchrab turadigan hiyla nayranglar xushomadgo`ylik va til
yog`lamalik yullari bilan bu cholni o`zlariga og`dirib oladilar. Demosning ikkita sodiq
quli mavjud bo`ladi. Zolimlarning zulmini ko`p chekan ikkita qul o`z dushmanlarini
yuqotish izmiga tushadilar, ular jangovor qushiqlar kuylab Kleonni ur kaltak qilishga
da'vad etadilar shundan so`ng qazifurush bilan Ko`nchi o`rtasida janjal, jiqqillashshish,
mushtlashish boshlanib ketadi. Yozuvchi g`animlarning daxanaki janglari orqali
Kleonning siyosat bog`idagi jinoyatlarini ochib tashlaydi. Suvoriylar komediyasi
haqqatdan ham Aristofan asarlari orasida eng yaxshilaridan biridir.
Aristofanning biz taxlil qilib o`tgan keyingi asarlari “Qurbaqalar”, “Xalq
majlisidagi ayolalar” shakl va mazmun jixatidan shoirning dastlabki asarlaridan
allaqachon farq qiladi.
Qadimgi olimlar komediyaning yangi turini “O`rta” komediya deb ataganlar.
“O`rta” komediyaning avtorlari endi o`z asarlarida voqealarni murakkablashtirishga,
afsonaviy mavzulardan qochib ko`proq kundalik tirikchilikda uchraydigan oddiy
xodisalar chunonchi, manjalaqi, xotinlarning kirdikorlari, otabezor shalaq va isrofgar
o`g`illarining qilmishlari haqida gapiradilar. Zamona kishilarning sirlarini ochib
sharmanda qilish hamon davom etadi - yu biroq endigi odamlar Aristofanning dastlabki
asarlaridagi Kleon singari zo`ravonlar, Sokrat singari mashxur zotlar emas, balki
o`zlarining Biron qiliqlari bilan rvoza taratgan shaxslar, masalan, satang xotinlar,
ishparast erkaklar, aldamchi tabiblar, xulosaxo`r oshpazlar va hokozo kabilar bo`lgan.
Qadimgi komediyaning eng zarur qismlaridan biri hisoblangan xorning doirasi asta sekin
torayib bora – bora butunlay yo`qolib ketadi.
“O`rta” komediya Peloponnes urushning oxirgi yillarida paydo bo`lib
Makedoniyalik Aleksandr saltanati boshlangan (404-336) davrlarga qadar yashab keladi.
Bu vaqt ichida Yangi oqim komediyanavislikni benihoyatda ko`p vakillari ijod
qiladilar shular orasida eng yiriklari Antefan, Aleksid degan shoirlar bo`lgan. Biroq ular
yozgan asarlarning quriq nomlaridn va kichik - kichik parchalaridan tashqari bizga qadar
bironta to`la komediya yetib kelgan emass.
71
Aim.uz
“O`rta” komediyaning muxim mohiyati shundaki keyinchalik IV asrning oxirlari
va ellinizm davrinig boshlanishida komediyanavislikning bu turi “Yangi” komediya deb
atalgan boshqa bir oqimning paydo bo`lishiga kuchli ta'sir ko`rsatgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |