CHINGIZ AYTMATOV
Qirg`iz adabiyotini yangi pog`onaga olib chiqqan yozuvchi, jamota arbobi Chingiz
Aytmatov 1928-yilda Sheker qishlog`ida tug`ilgan. O`rta maktabni bitirgach, qishloq
xo`jaligi institutining zootexnika fakultetida o`qiydi. Uning 1952-yilda kichik-kichik
hikoya va povest, ocherklar yozishdan boshlangan.
«Yuzma-yuz», (1957), «Jamila» (1958), «Birinchi muallim» (1960), «Sarvqomat
dilbarim» «1961», «Bo`tako`z», «Somon yo`li («Momo yer»)» (1963) asarlari o`sha vaqt
nasrida olamshumul o`nglanish edi. Sho`ro davrida adib o`zining «Tog`lar va dashtlar
qissasi» asari uchun davlatning eng oliy mukofotiga sazovor bo`lgan edi. Chingiz
Aytmatov 1979-1980-yillar orasida «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat» asarlarini
kitobxonlarga taqdim etib, unda o`zining og`ir kechgan bolalik yillarini jo eta oldi.
Ma'lumki, adibning otasi To`raqul Aytmatov o`z vaqtida sho`ro hukumatining turli
idoraladida mas'ul lavozimlarda ishlagan. Qatag`onning 30-yillarida uni qamoqqa olishadi
va yo`q qilishadi. Odamlarni, hayotni g`oyat yaxshi bilgan va chin yurakdan sevgan adib
o`z asrlarida kishilar uchun juda aziz, juda zarur bo`lgan tuyg`ularni, holatlarini,
mavzularni qalamga oladi. Adib asarlarida oddiy mehnat kishilari-ishchilar, chorvadorlar,
dengizchilar, ziyolilarning obrazlarini chizadi. Lekin jamiyat faqat shulardangina iborat
emas. Atrofimizda oddiy temiryo`lchi bilan birga tekinxo`rlar, o`z mehnati bilan kun
kechiradigan dehqon, yuk tashuvchi, kosib, sut sog`uvchi, paxtakor, oshpaz, nonvoy bilan
yonma-yon kasb-korining tayini bo`lmagan fosiq, aroqxo`r, tovlamachi, firibgar,
muttahamlar ham yetarlicha topiladi. Bundan ko`z yumib bo`lmaydi. Ularning o`z nuqtai
nazari, a'mollari, o`z e'tiqodlari, o`z manfaatlari bor. U qanday din, mazhab, siyosiy
ijtimoiy guruh yoki partiyalarga mansubligidan qat'iy nazar, shafqatli va shafqatsiz
diyonatli va diyonatsiz, insofli va insofsiz, oliyjanob va qabih, samimiy va manfur
odamlarni ko`radi.
«Asrga tatigulik kun» romanida voqealar asosan Sario`zak cho`lida, Bo`ronli temir
yo`l bekatida bo`lib o`tadi. Gap butun ongli hayotini bekatda oddiy temiryo`lchi bo`lib
yashagan Kazangapni vafotidan so`ng dafn etish taraddudlari tasviri bilan boshlanib,
romanning nihoyasida sarosim musibat bilan tugaydi.
«Qiyomat» da Akbara bilan Toshchaynar romanining deyarli barcha syujet
chiziqlarini bir-biriga bog`langan asosiy qoplovchi syujet-vosita bo`lsa, «Asrga tatigulik
kun» da Qoranor mazkur vazifani bajaradi.
Shirali, favqulodda o`ziga xos maroqli va jozibador usul-uslub: o`tmish manzaralari, xalq
donishmandligi, hikmatlar bilan omuxta qilingan real voqelik lavhalari, o`zicha olganda
aqlni lol qilishdan yiroq bo`lgan odmi-jo`n turmush tarzining tafsilotlari bilan
«to`ldirilgan», «bezatilgan», «tasdiqlangan» rivoyatlar muallifining hikoya qilish
samimiyatini ta'minlaydi. Romanda har xil tiplar, turli-tuman xarakatlar yaratilgan.
Kazangap-oqil, Edigey-sobit, Nayman ona- buyuk jabrdiyda, Oyzoda-mushtipar, Sobitjon-
vaysaqi, leytenant Tansiqboev-g`irt to`pori. Har bir personajning o`z xulq-atvori, o`z
e'tiqodi va falsafasi, o`z manfaati va ichki dunyosi tabiiy ishonarli tarzda ochib berilgan.
«Qiyomat» romanida Akbara bilan Toshchaynar, Iisus Xristos, Avdiy Kallistratov, Guram
Jo`xadze, Bo`ston O`rkunchiev, Bolgariya xor kapellasi bilan bog`liq voqea va
manzaralarning har biri alohida roman, qissa va hikoyalarga arzigulik syujet bo`la oladi.
Chingiz Aytmatovning ijodi-yangicha tafakkur tarzining samarasi o`laroq, o`ziga
nisbatan ongli munosabat, idrok, saviya va yuksak madaniyat sohibi bo`lishni talab etadi.
Uning asarlariga eskicha andoza yo sxema bilan yondashib bo`lmaydi.
31
Aim.uz
Chingiz aytmatov o`zbek xalqiga juda ko`ngli yaqin yozuvchi. U qo`li qadoq
xalqimizning taqdir va qismatiga munosabatdosh, uning baxtiga sarafroz, tashvishlariga
teng sherik, musibatiga qayg`udosh. O`zini o`zbekka o`zbekning o`z farzandiday yaqin
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |