O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

AHMAD DONISH (1827-1897)
Ahmad Mahdum ibn Nosir Donish (Ahmad Kalla) 1827-yilda Buxoroda tug`ilgan.
Buxorodagi   madrasada   ilmini   charxlagach,   ijtimoiy-falsafiy   fanlarni   mustaqil   ravishda
o`zlashtirdi. Sharq mumtoz adabiyotining namoyandalari-Hofiz, Sa'diy, Ubaydiy, Umar
Xayyom, Alisher Navoiyning asarlarini chuqur o`rgangan Ahmad Buxoro amiri saroyida
munajjimlik vazifasida ishlay boshladi. Asta-sekin Ahmad rus tilini o`rganib, o`z obro`yini
saroyda yanada mustahkamladi. Buxoro amirining elchilari qatorida 1857, 1869, 1874-
yillarda   Peterburgga   boradi.   O`shanda   u   ruslarning   ijtimoiy   hayoti,   mamlakatni   idora
qilish usullari, rus yozuvchi va shoirlarining ijodi bilan yaqindan tanishadi.   Buxoroga
qaytgach o`zining ko`rgan-bilganlarini qog`ozga tushirgan Ahmal Donish davlatni idora
qilishning usullarini tartibga solib, amirga tavsiya qiladi.
Ahmad o`zining demokratik va ma'rifatparvarlik qarashlarini «Navodir ul-vaqoe»,
«Buxoro   mang`it   amirlarining   tarixi»   nomli   tarixiy-biografik   asarlarida   real   tarzda
ifodalashga harakat qilgan.
«Abdulqodirbekning   elchiligi   hamda   Rusiyaning   to`y   bazmlarida   ko`rilgan
ajoyibotlar   haqida»   asarida   shoir   Peterburgdagi   to`y   tasviri   bahonasida   real   hayotni
tasvirldaydi.   Avvaliga   shaharning   go`zal   kentlar   sirasiga   kirishi,   Peterburgdagi   shoh
saroyining go`zal tarzda bezatilganini tasvirlaydi:
Peterburg shahri senga poytaxt,
Aning chun anga yordur ikki baxt.
Eram bog`i bu shahardek bo`lmagay,
Buni ko`rgan kishi ani suymagay.
To`y bazmi o`tkaziladigan saroy olti qavat, har vaqtda odamlar qat-qat, udi naylar,
dutori tanburlar ovozi tinmaydi, devorlarda ipak gilamlar, oltin qandillar osilgan.
Quloqqa kirar udi naylar uni, 
Dutori, setorlar cholur tanburi.
16


Aim.uz
Qurilmish edi bu bino olti qat,
Hama ust-ust erdi, qatma-qat.
Qandillar oltin osilmish edi,
Ipakdan gilamlar solinmish edi.
To`yga   tashrif   buyurganlar   juft-juft   bo`lib   kelishgan.   Ayollari   nozik,   ulardan
xushbo`y hid taraladi, tanlari xuddi to`lin oydek, bellari ingichka.
Turar anda minglarcha hur qizlari,
Bo`yinga taqishgan asl durlari.
Ko`ringay libos ostidan tanlari,
Etar yuz qadamdan alar hidlari.
Bosh uzra solmish mush'abid to`ri,
Etak gulga to`lmish, beli kokili.
Beli qil kabi ko`p ingichka edi,
So`z shakkaru, lablari bol edi.
Bir qaraganda tasvirda hech qanday mutanosiblik yo`q. Ammo shoir o`z maqsadini
parda   ichiga   o`rab,   «Kosa   tagida   nim   kosa»   qabilida   ifodalaydi,   ya'ni   o`sha   vaqtda
Peterburg   ayollari   o`zlariga   zeb   berib,   oppoq,   badannamo   kiyimlar   kiyishganini   bir
muncha   tanqid   qiladi.   Chunki   shoir   ma'naviyati   uchun   badanni   ko`rsatish,   yarim
yalang`och yurish nomaqbul sanalgan.
Ahmad Donishning «Rusiyaga qilingan yana bir safar haqida» asari haqqoniylik real
tasvirlash   jihatidan   alohida   tahlilga   loyiq.   Voqea   muallif   tilidan   bayon   qilinadi.
Tasvirlanishicha, Amirning xos elchilari Said Abdulfattoh to`ra Abdulqosimbey bilan birga
Ahmad Buxorodan Rusiyaga yo`l oladi. U yerda qabul qilingan qoidaga binoan elchilarga
shaharning diqqatga sazovor joylari, zavod va fabrikalar, maktab va kutubxonalar, xazina
va qo`riqxonalar ko`rsatiladi. Shoirning eng avvalo diqqatini tortgan joy har bir shahardagi
bazmxona-kechki kafelardir. Xuddi oldingi asarida tanqid qilinganidek bazmxonalardagi
holatlar real tasvirlanadi:
«Rusiyadagi har bir shaharda bazmxona bo`lib, ularda har kech soat 12 gacha turli
o`yinlar bo`lib turadi. Nag`ma-navolar qilgan, raqsi samoga tushgan parichehra xotinlar
sochlari   sunbuldek   sochilib,   bzlari   qizil   guldek   ochilgan   sarv   qomat   qizlar
tomoshabinlarning   ko`zlariga   jilva   berib,   ko`ngillariga   rohat   yetkazib,   majlisni
qizdiradilar.  Bulardan   tashqari   bu   bazmxonalarda   turli   xil   sho`'bada   nayrang   o`yinlari
(illyuziya) ham o`tkaziladi. O`yinxonalariga hohlagan kishilar kirib, o`z hollariga yarasha
belgilangan joylarda o`tiradilar. O`yin tarqaganda tomoshabinlar o`tirgan o`rinlariga qarab
haqini to`lab chiqadilar».
Tasvirlar davomida shoir turli jabha mutaxassislariga o`xshab fikr yuritadi. Muzeyni
tasvirlaganda  etnograf,   uyning  ichki  va  tashqi  ko`rinishlarini  tavsif  etganda  arxitektor,
musiqa va   qo`shiqlarni tasvirlaganda musiqashunos, ayollarning kiyimlari to`g`risidagi
fikrlar   ifodasida   modeler-dizayn,   sahna   ko`rinishlari   tahlilida   teatrshunos,   shahar
rastalarining o`ziga xosligini tahlil etishda yuqori maqeli muhandis sifatida gavdalanadi. U
biron-bir detalni esdan chiqarmaydi, mayda-chuydasigacha chizib beradi. Ayniqsa ayollar
kiyimlari to`g`risidagi fikrlarga nazar solsak:
«Bu   mamlakat   xotinlarining   liboslari   bellarigacha   tor   bo`lib,   beldan   pasti   esa
kengdir. Etaklari shunday kengki, uning kengligidan o`zlari uyga kirsalar, etaklari hali
dahlizda qolur edi.. beliga ipakdan to`qilgan belbog`lar bog`langan   bo`lib, undan yangi
oyga   o`xshash   ikki   shohcha   chiqarilgan.   Belbog`ni   qattiqroq   tortib   bog`lasalar,   u
17


Aim.uz
shohchalar   bel   atrofidagi   ipak   kiyimlarni   ko`targanligidan   ko`pirma   bo`lib   ko`rinadi.
Uning ustidan qizil, qora, ko`k to`rlarni boshlariga, yelkalariga yopadilar. Yana boshlariga
yangi   uzilgan   guldek   bir   dasta   yasama   gul   qilib,   uni   qosh   chetlaridan   kelishtirib
bog`laydilar.   Xurmu     donasi   uzunligida   bo`lgan   gavhar   ko`zli   oltin   sirg`a   taqadilar:
qorong`u kechalarda uning shu'lasi tushib, yarqirab yonib turadi. Mahbubalarning quloq
uchlari nihoyatda tiniq bo`lganligidan, undagi qonning qizilligi va uning harakati sirtidan
ko`rinib turar edi. Shunday zeb-ziynatli nozaninlar o`rinlaridan turganlarida aql dimog`
tokchasidan uchib chiqishiga intiladi. Ajabo, bu qanday nafis va ulug` qudratki, inson
tog`ining bulog`idan chiqqan bir qatra paoid suvdan bunday ajoyib gullar bu qora tuproq
ustida ochilmishdir!»
Xlas, Ahmad Donish o`z davrining ma'rifatparvari sifatida odamlarni ilm olish va
dunyoning siru-sinoatini anglashga undaydi. Shu barobarida o`z yurtining istiqloli uchun
ilm olish, o`zini o`stirishi kerak degan fikrda qat'iy turadi. Bu g`oya o`sha vaqtdagi barcha
ma'rifatparvarlarga xos edi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish