O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

FRANCHESKO  PETRARKA
(1304-1374) Italiya Uygonish davri  gumanizmining buyuk vakili.
Italiya   Uyg`onish   davri   gumanizmining   buyuk   vakili   Franchesko   Petrarka   yetuk
shoir; antik adabiyot olamini o`rganuvchi yetuk olim, mutafakkir, notiq sifatida olamga
tanildi.
 Franchesko Petrarka 1304-yil, 20-iyulda Aretstso degan shaharda notarius oilasida
dunyoga keldi. Uning otasi asli Florentsiyalik bo`lib, Dantening sodiq do`stlaridan bo`lib,
gvelflar   partiyasining   halokati   munosabati   bilan   Florentsiyadan   quvilib   Aretstso
shaharchasiga   ko`chib   kelib   boshpana   topgan   edi.  Petrarka   Italiyaning   Monpele   va
Bolonya   shaharlarida   huquqshunoslik   sirlarini   o`rganib,   1326-yilda   ota-onasidan
ajralgandan   so`ng   papa   saltanati   joylashgan   Avinonga   qaytib   ruxoniylikni   kabul
kiladi.Lekin   Petrarka   ruxoniylik   xukumatigak   o`tgan   bo`lsa   ham   cherkov   mansabini
sotish,   aysh-ishratlar  bo`lajak  buyuk  shoirning  nafratini  kuzatgan  edi.  U  shoir  sifatida
dunyoviy muhabbatni kuylagan va insonparvarlik g`oyalarini Uygonish davrining eng oliy
tuyg`usiga otlantirishga juda ulkan xizmatlar qilgan buyuk mutafakkirdir.
Petrarka   ijodining   daslabki   bosqichlaridayoq   go`zal   ayol   Lauraga   bag`ishlangan
ishqiy she'rlari bilan olamga mashhur bo`lib ketgan edi.
Petrarka   ijodini   shartli   ravishda   uch   bosqichga   bo`lish   mumkin.   Shoir   ijodini
birinchi   bosqichi   1318-1333-yillarga   tug`ri   keladi.Bu   davrlarda   Petrarkaning   talabalik
yillari kechgan bu davrlarda u dastlab lotin tilida she'rlar yozgan bulsa, keyinchalik jonli
italyan tilida yozishga ko`chadi.Petrarka ijodidagi ikkinchi davr 1333-1363 yillarga tug`ri
keladi. Bu davrda Petrarka o`zining asarlari orqali o`z zamonining siyosiy hayotiga chuqur
kirib borib, Italiya milliy birligi uchun tinmasdan kurash olib bordi, gumanizmni ulug`ladi.
Masalan,   shoir   1347-yilda   feodal   tartiblariga   qarshi   Kola   di   Rientsi   boshchiligidagi
qo`zg`olonni qo`llab-quvvatlab «Oliy guruh» degan siyosiy kantsonasini kantsona-italyan
va frantsuz poeziyasida lirik she'r turi yozgan edi. Bu davrda qahramonlik «Afrika» (1339-
1341) poemasi, «Mashhur kishilar haqida» (1338-1356), «Sir» (1342-1343) kabi qator
asarlarini   yozgan   edi.  Petrarka   bu   davrda   Fransiya,   Germaniya   kabi   mamlakatlarga
sayohat  qiladi,   antik  adabiyot  tarixiga  oid  obidalarini  topib,  ularni  xalqqa   yetkazishga
harakat   qiladi.   Shoirning   «Afrika»   poemasi   antik   rim   adabiyotining   yirik   vakili
Vergeliyning «Eneida» dostoni ta'sirida yozilgan bo`lib, unda Afrikani zabt etgan Rim
milliy   qahramoni   Stsipionning   g`alabalari   madh   etiladi.   Shuningdek,   Petrarka
Vergeliyning   «Bukoliklar»   Cho`ponlik   poeziyasi   asariga    ergashib   o`zining   12   ta
cho`ponlik hayotiga oid she'rlarini ham yozgan edi.
Petrarka ijodining 1363-yildan to umrining so`ngi davrlarigacha bo`lgan uchinchi
davri ham nihoyatda salmoqli bo`ldi.
Petrarkaning «Unitilmaydigan narsalar haqida » nomli tarixiy asarida, «Dunyoga
nafrat bilan qarash haqida» kabi qator falsafiy asarlarida ham Uyg`onish davrining dolzarb
muammolari   o`z   ifodasini   topgan.   Ayniqsa,   Petrarkaning   ruhoniy   Avgustin   bilan
munozarasi   juda   buyuklik   kashf   etadi:   «Avgustin   shoirdagi   dunyoviy   huzur   halovatga
intilish,   she'riyat   bilan   band   bo`lish,   shon-shuhrat   va   sevgiga   berilish   kabi   xislarning
o`tkinchi narsalar ekanini aytib, uni bunday tuyg`ularni yengishga va faqat muqarrar o`lim
97


Aim.uz
va «Narigi dunyo» haqida o`ylashga chaqiradi. Petrarka Avgustin bilan qizg`in munozara
qiladi. U sevgi va shuhratga bo`lgan ehtirosidan voz kecha olmasligini, Lauraga nisbatan
sevgisi o`zida ko`tarinki rux tug`dirajagini, u o`tkinchi narsani emas, balki o`lmas jonni
sevajagini bildiradi». O.Qayumov, «Chet el adabiyoti tarixi» , T., «O`qituvchi»     1979-
104-bet.
Petrarka ijodida lirika eng salmoqli o`rinni egallaydi. Uning sevgilisi Laura haqidagi
«Madonna Lauraning hayoti» va «Madonna Lauraning vafoti» degan ikki qismdan iborat
she'rlari shoir ijodida alohida o`rin tutadi.
Shoir   go`zal   timsolida   dunyoviy   muhabbatni   ulug`laydi.   Ehtimol,   Lauraning
oshiqqa beiltifot bo`lganligi sabablimi Petrarkaning ruhiy-ilohiy muhabbatni ulug`laydi.
Lauraning vafotiga bag`ishlangan she'rlarida endi u sevgilisidan zorlanmaydi, balki
sevgi bobidagi o`zining qayg`u iztiroblarini jo`shib kuylaydi.
Umuman,   Petrarka   ijodi   Italiya   Uyg`onish   davri   adabiyotining   gulojlaridan   biri
bo`lib, asarlarining badiiy va g`oyaviy qimmati ham zarrracha pasaygan emas.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish