Mavzu: Avgust davri. Rim adabiyoti.
Reja:
1. Goratsiya ijodining ilk bosqichi
2. “Qasidalar” shoir ijodining cho`qqisi
3. Ovidiy Nazon ijodining qismlarga bo`linishi
Adabiyotlar
1. Alimuhamedov. Antik adabiyot tarixi. T. O`qituvchi 1985.
2. F. Boynazarov. Antik adabiyot. T. 1994.
3. N.Deratenin.Timofeyev.Xrestomatiya po antichnoy literaturo` M.1965.
4. M. Alekseyev i dr. Istoriya zarubejnoy literaturo`. M. 1978.
Goratsey o`z asarlarining g`oyasini tabiat quynidan odamlarning bir – biriga
bo`lgan munosabatidan axtaradi. Uning ko`pgina asarlari didaktik xarakterga ega
ekanligi Bilan ajralib turadi. Goratsey asarlarining qahramonlari ichki va tashqi
urushlarga xotima berib bahodirlik davrlarini tiklashga harakat qiladilar Goratsey dab
– dabali saroy bazmlaridan ba'zan tanholikni xush ko`radi.
Vergiliyning zamondoshi hamda do`sti, Avgust davrining ikkinchi ulug` shoiri
Kvint Goratsiy Flakk eramizdan oldingi 65-yilda Italiyaning janubidagi kichkinagina
Vinuziya shahrida tug`iladi. Uning otasi qullikdan ozod qilingan keyinchalik ozod
qilingan va keyinchalik anchagina mablag` to`lab, tirikchiligini bemalol o`tkaza
boshlagan bir kishi edi. Goratsiyning aytishicha bu odam o`zining savodsizligiga
qaramay, ilmning nafini tushunib, o`g`lining taxsiliga, xususan, katta e'tibor bergan. Shu
sababli Goratsiy avval Rimda, keyin Afinada badavlat xonadonlarning bolalari singari
86
Aim.uz
porloq ilm oladi, o`tmishdagi ulug` shoirlarning asarlarini, buyuk faylasuflarning
ta'limotlarini qunt bilan o`rganadi va hayotining so`ngi kunlariga qadar Yunon adabiyoti,
Yunon falsafasi, ayniqsa, Epikur ta'limotining sodiq muxlisi, otashin tashviqotchisi
bo`lib qoladi.
Goratsiyning asarlari bizga qadar to`la holda yetib kelgan.
Ular tubandagilardir:
“Epodlar” deb ataluvchi 17 she'rdan iborat bitta to`plam.
“Satiralar” deb ataluvchi 18 she'rdan iborat ikkita to`plam.
“Qasidalar” deb ataluvchi 103 she'rdan iborat to`rtta to`plam.
“Nomalar” deb ataluvchi 23 she'rdan iborat ikkita to`plam.
“Bayram gimni” deb ataluvchi aloxida bita she'r.
To`plamdagi she'rlarning barchasi shoir zamonasidagi siyosiy, ijtimoiy va hayotiy
masalalarga bog`ishlangandir. Shu mavzular orasida urush va tingchlik, Rim davlatining
istiqboli masalalari shoirning ayniqsa ko`proq bezota qiladi. Masalan, 7 – Epodda avtor
qahru g`azabga to`lib – toshib uzluksiz ichki urushlarni qattiq qoralatsdi, fig`on
chekadi. Uning ta'biricha,er yuzini, dengizlarni qonga belagan odamlarning vaxshiyligini,
hatto qoplonlar va bo`rilarning yirtqichligi bilan ham tenglashtirish mumkin emas.
Paydo bo`lib kelayotgan imperatorlik tuzimining siyosiy sharoitlar adabiyotda
keskin tanqidiy mavzularning rivojiga yo`l qo`ymas, ko`zga ko`ringan davlat ahllarining
kirdikorlarini fosh etishga imkoniyat bermas edi. Shu sababli Goratsiy o`zining hajviy
mahoratidan keng suratda foydalana olmasdan, unchalik muhim ahamiyati bo`lmagan
mayda – chuyda ahloqiy va maishiy masalalar, chunonchi, sehrgarlik, fohishalik,
takabburlik hamda shunga o`xshash nuqsonlarni qoralash bilan cheklanib qoladi.
Har ikala “Satiralar” majmuasiga kirgan barcha she'rlar gekzametr vaznida yozilgan
bo`lib, shoirning o`zi ularni “suhbatlar” deb ataydi. Bu she'rlarning ba'zilari, darhaqiqat,
hech qanday plan va sistemaga rioya qilinmasdan turli – tuman hayotiy va ahloqiy
masalalar haqida yozilgan hazilnamo oddiy suhbatga o`xshaydi.
Goratsiy satiralarining tematikasi juda xilma – xildir. Avval Epikur so`ngra Stoya
falsafalari muxlisi bo`lgan shoir, shu falsafiy ta'limotlar pozitsiyasida turib, hammadan
burun odam bolasining eng yaramas ehtirosi – davlat orttirish hirsiga qarshi kurashadi.
Uning aytishicha, jamiiyki bulg`anch istaklarning onasi hisoblangan davlatmandlik
ishtiyoqi o`z navbatida ochko`zlik, tamagirlik, shuxratparastlik, maishatbozlik,
isrofgarchilik kayfiyatlarini tug`diradi, odamning tinchligiga, samimiyligiga putur
yetkazadi.
Goratsiy ijodida favqulotda muhim o`rin tutadigan shoh asarlar shubhasiz, uning
“Qasidalar” idir. To`rt majmuadan iborat bo`lgan qasialarning birinchi uch qismini shoir
eramizdan oldingi 23-yilda, to`rtinchi qismini 13-yilda nashr qildiradi. Goratsiyning o`zi
to`rttala to`plamga kirgan asarlarining hammasi “qushiqlar”, “she'rlar” deb atalgan
bo`lsa ham, antik Dune kishilari o`rtasida ular “qasida” nomi bilan shuxrat topadilar va bu
nom bizning davrimizga qadar adabiy iste'moldan mustahkam o`rnashib qoladi.
Goratsiyning qasidalarida ko`proq tarannum qilingan masala – Avgustning
axloq va odob sohasidagi siyosati bo`lgan. Goratsiyning aytishicha, zeb - ziynat hirsi
ko`pincha boyonlarni razil xiyonatlarga, og`ir jinoyatlarga sudraydi: ular dehqonlarga
qarashli yerlarni tortib olib, o`zlariga hashamatli binolar quradilar, takzorlarni buzib,
mevasiz daraxtlardan, bog` – rog`lar qiladilar; ejkin yerlarini qisqartgan, dehqonni
xonavayron etgan sabablar - shulardir.
87
Aim.uz
Adabiyot tarixi, uning nazariy masalalari yuzasidan “Nomalar” majmuasi ikkinchi
qismining benixoyat katta ahamiyati bor. Bu to`plamga hammasi bo`lib faqat uchta
maktub kiradi shulardan birinchisi Avgustga, ikkinchisi Florga va uchinchisi Pizonlarga
atalib yozilgandir. Pizonlarga bag`ishlangan uchinchi nomaning adabiyot nazariyasi
tarixidagi qimmatiga qarab, antik dunyodayoq unga “she'riyat ilmi” deb nom berilgan.
“She'riyat ilmi” ko`p jixatdan Arestotelning “Poetika” asariga o`xshaydi. Shu bilan
birga adabiyotning nazariy va Amaliy masalalarning talqin qilishda antik dunyoning
har ikkala ulug` zotlari bir birlaridan qat'iy farq qiladilar.
Goratsiy, avvalo, poeziyaga ilohiy ma'no berib ijodkorlik faoliyatini yozuvchining
qonidagi iste'dod harorati bilan bog`laydi. Shoirlik kasbi benihoyat og`ir va
murakkabdir, tomirida “ilohiy qudrat” bo`lmagan odamning yozuvchilikka urinishidan
hech qanday foyda chiqmaydi.
Goratsey o`z zamondoshlari singari xayotlik vaqtidayoq antik dunyoda katta
obru qozondi, u Rimning ulug` shoiri sifatida tanildi. Goratseyning ijodiga qiziqish
keyingi asrlarda ham susaygan emas uyg`onish davrining donishmandlari uning obruyini
yuqoriga ko`taradilar.
Rus adabiyotida uning ta'sirini sezilarli darajada anglash mumkin u xuddi
shuningdek, sharq shoirlari ijodiga ham samarali ta'sir ko`rsatdi.
Dunyo kutobxonlari Rimning ulug` elegiyanavis shoirlaridan biri Ovidiydir.
Uning poetik maxorati o`zi hayotlik davridayoq keng kulamda yoyilgan, uning barcha
yozganlarini zamondoshlari havas bilan o`qigan. She'rlarini sahnalashtirib uylarining turli
devorlariga bosib quyganlar.
Avgust zamonasining oxirgi ulug` shoiri, eleginavis shoirlarning eng so`nggi
buyuk vakili Publiy Ovidiy Nazondir. Uning hayotiga doir ozmi- ko`pmi ma'lumotlarni
biz faqat shoirning asarlaridan olamiz. Shu manba'larda ma'lum bo`lishicha, Ovidiy
eramizdan oldingi 43 yilda Sulmon shahrida, qadimiy suvoriylar urug`iga mansub
badavlat xonadonda tug`iladi. Ovidiy va uning akasi bolalik chog`larida Rimga kelib,
davlat mansablariga tayyorlanish maqsadida barcha zadagonlarning farzandlari singari
notiqlik ilmini o`rganishga kirishadilar. Biroq bu davrda Suz san'atining mohiyati
tamomila o`zgarib ketgan edi. Respublika zamonlarida atoqli davlat arbobi senat
kengashlari, sud yig`inlari, xalq majlislari minbaridan turib, o`zlarining maslak va
g`oyalarini tashviq etgan bo`lsalar, Avgustning yakka hukmronlik siyosati sharoitlarida
notiqlik hunari o`zining o`tmishdagi siyosiy va ijtimoiy qimmatini tamomila yo`qotib
faqat maxsus maktablarda o`tkaziladigan oddiy bir mashqqa aylanib qolgan edi. Bu
maktablarning talabalari falsafa, tarix, adabiyot va boshqa fanlar bilan bir qatorda
muallim tomonidan tavsiya etilgan turli - tuman mavzularda so`z to`qishni ham
o`rganganlar.
Ovidiyning adabiy faoliyati 3 qismdan iborat “Amores” (“Ishqiy elegiyalar”)
to`plami bilan boshlanadi. Shu janrning taomillariga ko`ra, to`plamning bir qancha
she'rlari shoirning Korinna degan ma'shuqasiga bag`ishlangandir. Korinna kim,
umuman, bunday ayol bo`lganmi, bo`lmaganmi - bu masalani aniqlashning aslo iloji
yo`q. Ishqiy elegiyada o`rnashib qolgan taomiliga amal qilib, shoir o`zinig xayolida shu
obrazni yaratgan bo`lishi ham ehtimoldan uzoq emas. Ovidiy ham o`zining
elegiyalarida asosan, sevgining 0am g`ussalari, qayg`u hasratlari, sevinch va shodliklar
haqida gapirib, ko`p jihatdan Tibull hamda Propertsiyning mavzularini takrorlaydi.
Biro, Ovidiyning, umuman sevgi ehtiroslariga, hayot voqealariga qarshi, shuningdek
88
Aim.uz
adabiy usuli tamomila boshqachadir. Ma'lumki Ovidiydan oldin o`tgan ko`pchilik Rim
shoirlari -Vergiley, Goratsiy, Katull, Tibull, Propertsiy va boshqalar o`z asarlarida yashab
turgan davrlarni bir qator nuqsonlaridan (ichki urushlar, axloqiy buzuqliklar) norozi
bo`lib, chinakkam baxt - saodatni Rim tarixining uzoq o`tmishlaridagi “Oltin davr”
pallalarida axtarar, o`sha “Baxtiyor” kunlarning qaytib kelishini qumsab
zamondoshlarinig tabiat bag`riga chiqarar, ozoda hayot makoni bo`lgan qishloq
sharoitlarida umr kechirishga da'vad qilar edilar. Manna bu kayfiyatlar Ovidiy uchun
tamomila begona. Shoir Rimning “baxtiyor o`tmish” tushunchalariga, Avgust tomonidan
keng suratga targ`ib va tashviq qilinayotgan qadimgi patriarxal axloq va odob
g`oyalariga shubha va ishonchsizlik bilan qaraydi. “Oltin davr” paytlarini shonli yillar
emas balki insoniyatning vahshiylik asri, deb ta'riflaydi va o`sha zamonlarda
tug`ilmaganligi uchun o`zini baxtiyor xisoblaydi. Binobarin, Ovidiyning sevgi
sarguzashtlari Tibullning muhabbati singari beg`ubor hayol osmonida, afsonalarda
chulg`angan sokin tabiat bag`rida emas, aksincha Rimning kundalik hayoti olag`ovur
shahar sharoitida kechadi. Shuningdek Ovidiyning elegiyalarida Tibull hamda Propertsiy
asarlarida bo`lgani kabi chuo`ur muhabbat tuyg`ularini, og`ir istirob alamlarini, sevgi
yulida fidoiylik va samimiylikni axtarish ham befoyda. Shoirning o`z tili Bilan ayiganda,
u faqat “Hurram muhabbatining xushchaqchaq kuychisi” bo`lgan. Ovidiyning oldingi
shoirlardan Yana bir katta farqi shundaki bu adib Vergiliy ijodida boshlangan usulini
davom ettirib, o`zining ijodida notiqlik san'ati qoidalaridan benihoyat keng foydalanadi
va shu yusin Rim poeziyasining kelgusi taraqqiyoti yulida yangi davrni boshlaydi.
Ovidiy ijodining eng yuksak namunasi «Metamorfozalar» deb nomlanadi bu asar
15 bobdan iborat bhlib 12 ming mista she'rni o`z ichiga oladi. Yunon va Rim
mifologiyasida juda ko`p uchraydigan ma'bud va ma'budalarning va odamlarning
yashinlik olamiga va jonivorlarga munosabatlari hikoya qilinadi. Shoir bu asrda
dunyoning yaratilishi, odamlarning ajoyib hayotlarining bayoning beradi, ishqiy
elegiyalar to`plamida va oltin davr rivoitlarini tanqid ostiga oladi insoniyatning
vahshiylik asri deb atalishiga sabab bo`lgan nuqtalarni ko`rsatib beradi.
Jahon shoirlari Ovidey xotirasiga bir qancha hazin va qizg`in she'rlar yozgan.
Ovidiyning tutqinlikda yozgan she'rlariga ergashib o`zlarinig qismatini belgilaydigan
asarlar bitganlar. So`nggi davrda Rim shoirining ijodiy faoliyatiga dillarni maftun
etuvchi asarlariga yuksak baho berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |