OVANES TUMANYAN (1869-1923)
Arman adabiyotining yirik namoyandasi, shoir, nosir va dramaturg Ovanes Lori
tumaniga qarashli Dsex qishlog`ida ruhoniy oilasida tug`ilgan. Avval Jalologli qishlog`ida
Tegran Davtyan maktabida, so`ng Tiflis shahridagi arman diniy seminariyasida tahsil oldi.
1890-yillarda «Murch» («Bolg`a») va «Axbyur» («Buloq») jurnallarida ishladi.
Tumanyanning «Mushuk va it», «Maro», «Quyosh va oy», «Lorilik Sako» singari doston,
she’r va masallari xalq og`zaki ijodi asarlariga xos motivlar bilan sug`orilgandir.
40
Aim.uz
Tiflisdagi adabiy muhit Ovanesning ijodiy faoliyatiga kuchli ta’sir qildi. Bu yerda u
atoqli arman yozuvchilaridan Raffi, Shervonzoda, Sundukyan bilan yaqindan tanishadi. Bu
tanishuv natijasi o`laroq jahon adabiyoti namoyandalari Pushkin, Bayron, Shekspir
asarlaridan arman tiliga tarjimalar qildi. O`zi ham «Artavaed 2», «Shoh Ovanes»,
«Timkaberd qal’asining zabt etilishi», «Parvona», «Sosunlik Dovud», «Anush» kabi
dostonlarini yozdi. Aniq haqiqatni tan olish kerakki, Ovanes Tumanyan Oktyabr
to`ntarishini salbiy qabul qildi. Shuning uchun uni ikki marta qamoqqa olishdi. 1908-
1909-yillarda uni Peterburg qamoqxonasiga jo`natishdi. Shoirning she’rlarida norozilik
ohanglari yaqqol ko`zga tashlanadi. «Qo`shchi qo`shig`i» da u xudodan madad istab,
nochorlikdan norozi bo`lsa,
Gadoy keldi so`rab sadaqa,
Hammasiga pul kerakdir, pul!
Ozgina yer, yo`q sariq chaqa,
Gangitmoqda nochorlik nuqul.
«Xudoga nido» asarida u Yaratgandan ham, bandasidan norozi bo`ladi. Satrlar
mutolaasidan sezish mumkinki, nochorlik, yo`qchilik Ovanesning jonidan o`tgan.
Agar o`zing bor bo`lsang, xudo,
Yaratmagan bo`lsang olamni.
Ko`z yoshini, mash’um qullikni,
Umrlarning egovi g`amni.
Shoir Yaratganga ochiqdan-ochiq murojaat qiladiki, manfur jamiyatdagi nopoklarni,
zulmkorlarni yo`q qil!
Shularni daf qilolmaysanmi,
Bo`lsa senda chindan iqtidor.
Yo fursati kelmadimikin,
Bo`lsang o`zing buyuk ijodkor!
«Armanning qayg`usi» asarida shoir tubsiz va cheksiz dengizday bepoyon xalqning
dardini satrlarda joylaydi.
Armanning qayg`usi tubsiz va cheksiz,
Xuddi dengiz kabi bepoyon.
Loyqa to`lqinlanib turgan shu dengiz,
Qahrida men hasratda hamon.
Na u qirg`oq topar, na dengiz tubin,
O`zidan ham hattoki bezor.
Armonga bu jahon tordir bus-butun,
Jon qiynalur nochor, beqaror.
Arman qayg`usi-ozodlik, hurlik. Millatning rivoji, takomili, farzandlar kamoloti birgina
so`z ozodlik, istiqlol bilan bog`liq.
Ko`rkam dalalarning maftuniman azaldan,
Qalbimda zo`r mehring bor chaqaloqlik mahaldan.
Ammo har gal tikilsam g`amga to`ladi yurak,
Jafokash aziz elim, zunob bo`ladi yurak.
Quvg`inga duchor bo`lgan farzandlaring behisob,
Vayrona qishloqlaring, shaharlaring ham xarob:
O, afsus o`lkam,
Ko`p ma’yus o`lkam!
41
Aim.uz
Millatni dushman poymol etgan, gullar so`lgan, qishlog`u shaharlarda yig`i-sig`i,
nola, qo`shiq va kuylar hasrati to`la,, zolimlarning nohaq so`zlaridan quloqlr kar, ko`z
yoshlar buloq misoli oqadi. O`lkaning bag`ri qon! Ammo millat batamom o`lgani yo`q,
jondan sevuvchi farzandlar o`lkani uyg`otishi kerak. Shu bois shoir xalqqa qarata «Uyg`on
muqaddas o`lka» deya murojaat qiladi. U ishonadiki, komil tong otadi, quyosh chiqadi:
Ishonchimiz komildir, payt kelib tong otadi,
Uyquda sog`lom yurak qachongacha yotadi?
Ishonchimiz komildir, ko`targanda bosh quyosh,
Keksa Araratdagi har bir giyoh, har bir tosh.
Nurni xurram qarshilar hayotdan mamnun bo`lib,
Shoiring yangi qo`shiq yaratar zavqqa to`lib.
Saqlama sukut,
Istiqbolli yurt!
Do'stlaringiz bilan baham: |