O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


ALIAKBAR SOBIR (1862-1911)



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

ALIAKBAR SOBIR (1862-1911)
Ozarbayjon   ma’rifatparvarlari   orasida   istiqloliy   g`oyalarni   aytib   chiqqan   shoir
Aliakbar Sobir 1862-yilda Shamaxada savdogar oilasida tug`ilgan. Avval eski maktabda,
keyinchalik   ma’rifatparvar   Saidazim   Shirvoniy   ochgan   maktabda   tahsil   oladi.   Umri
davomida   Aliakbar   Eron   va   O`rta   Osiyo   shaharlarini   kezib   chiqqan.   El-ulusning
farzandlarini   yangi   usulda   o`qitish   uchun   maktab   ochgan   shoir   o`qituvchilik   qiladi.
So`ngra Ozarbayjonda chop etiladigan gazeta va jurnallarda ishlay boshladi. Avval boshda
shoir   publitsistik   maqolalar   yozgan   bo`lsa   asta-sekin   Jalil   Mamadqulizoda   tomonidan
ta’sis   etilgan   «Mullo   Nasriddin»   hajviy   jurnalida   yumoristik   chiqishlar   qila   boshladi.
1905-yilda yozgan «Baynalmilal», «Qayg`urma» singari o`tkir siyosiy she’rlarida Aliakbar
turli   millatlarni   do`st   va   inoq,   birodar   bo`lib   yashash   va   farovon,   ozod   yuot   uchun
kurashish maslaida birlashishga dav’at etadi.
Asrimiz hohish etarkan ittifoqu ittihod,
Jumlamiz bo`lsak inoq-shul ezgu niyat-la murod.
Ne uchun yo`qdir inoqlik, nega el kulmaydi shod?
Bu vatan avlodida zohir bo`lib bo`g`zi inod.
Tushdi armon va musulmonlar aro fisqu fasod,
Yo`qmi bir sohibi davlat, yo`qmi bir ahli savod?
Ey suxanvarlar, bu kunlar bir hidoyat vaqtidir,
Ulfat-u do`stlikka chorlovchi xitobat vaqtidir.
She’rda mazkur ikki qator qayta-qayta takrorlandi. Sabab shoir aytmoqchi bo`lgan
fikriga yana ko`proq urg`u beradi. Uningcha  xusumatlarni yo`q qilib, sulh tuzish, zulmat
va   falokatlarni   oldini   olib,   xalqqa   xizmat   qilish   vaqti   yetdi.   Buning   uchun   birlashish
darkor.
Qo`zg`al, ey sen hamshahar xalqingga xizmat vaqtidir,
Chorai sulh axtarib, daf’i xusumat vaqtidir.
Elga haqqin bildirib, da’fi falokat vaqtidir.
Kun kabi yog`du sochib, poymoli zulmat vaqtidir,
Tozalab yurting marazdin ayni himmat vaqtidir,
Sobiro, baynalmilal marshiga navbat vaqtidir.
Sharq   og`zaki   va   yozma   adabiyotida   pand-nasihat   shaklida   mashhur   bo`lgan
mavzularni Aliakbar qisqa she’riy hikoyalar tarzida tasvirlaydi. «Tabib bilan bemor» da
nafsiga   bandi   kishini   keskin   tanqidga   olsa,   «Keksa   bog`bon»   da   odamlarga   yaxshilik
qilish, o`zidan yaxshi nom qoldirish azaliy qadriyat ekanini isbotlaydi.
Chol dedi:-otalar qoldirgan meros,
Qadrlab mevasin yeyishimiz rost.
Ekaylik biz kabi yeganlar uchun,
Bizni eslab rahmat deganlar uchun.
38


Aim.uz
«Savdogar   va   o`g`il»   hikoyatida   Sharqning   azaliy   falsafasi   –   ota   va   o`g`il
munosabatlari, ahloqiy tarbiya nizomlari go`zal tarzda ifodalangan. Tasvirlanishicha, qo`li
egri,   nafsiga   bandi   savdogar   o`g`li   bilan   birga   do`konda   ishlardi.   Otasining   qing`ir
ishlarini ko`rib katta bo`lgan o`g`il otasi yo`g`ida do`konning pulidan o`g`irlaydi. Otasi
bilib qolib o`g`lini uradi. Shunda shoir o`z xulosasini qariya tilidan keltiradi.
Nima eksang-olasan shuni,
Hunaringga o`rgatding buni.
Tarbiyaga farzand muhtojdir,
Ota ishi unga bir tojdir.
Hox yaxshi, hoh yomon ishlar,
Bari sendan, bil o`rganishar!
Sen halolmi-farzanding halol,
Sendan ko`rib o`sar shu nihol.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish