O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


MIRZO FATALI OXUNDOV (1812-1878)



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

MIRZO FATALI OXUNDOV (1812-1878)
Ozarbayjon   ma’rifatparvarlari   orasida   dramaturg   va   mutafakkir   Mirzo   Fatali
Oxundovning alohida o`rni bor. Yoshligida eski maktabda savodini chiqarib, bir necha tilni
mukammal egallagan Mirzo Fatali Tiflis shahridagi rus-tatar bilim yurtida o`qiydi.  Ulug`
rus shoiri Pushkinning ijodi bo`lajak ma’rifatparvarni o`ziga rom  aylaydi. Uning «Pushkin
vafotiga» asari shu oshuftalik nishonasidir.
Mirzoning fikricha, ozarbayjon xalqining ayanchli ahvolda yashashiga asosiy sabab
xalqning savodsizligi. Shuning uchun u zo`r berib ma’rifat tarqatish, kambag`allar bolasini
o`qitish,   savodxon   qilishga   intildi.   Arab   alifbosini   lotin   yozuviga   qayta   tuzib   chiqdi.
Hayotning   illatlarini   Mirzo   komediyalar   mag`ziga   singdirishga   harakat   qildi.   «Mullo
Ibrohim xalil Kimyogar» (1850), «Xasis kishining sarguzashtlari» (1852), «Tabiatshunos
Muse Jordan» (1850) komediyalari ozarbayjon adabiyotida mazkur janrni rivojlanishiga
asos   bo`ldi.   Mirzo   Fatali   xalq   og`zaki   ijodining   o`lmas   sarchashmalarini   «Aldangan
yulduzlar»   povestiga   singdirgan   bo`lsa,   V.   Belinskiy,   N.   Chernishevskiy,   N.
Dobrolyubovlar   falsafasini   maktub   shaklida   yozilgan.   «Hind   shahzodasi   Kamol   ud-
Davlaning Eron shahzodasi Jalol ud-avlaga yozgan uch maktubi va undan olgan javobi»
asarida   davom   ettiradi.   Mirzo   jamiyatdagi   tengsizlik,   jaholat,   xasislik,   farosatsizlik   va
nodonlikni 1855-yilda yozilgan «Tabrizlik huquq himoyachilari», «Lenkoran xonligining
vaziri» komediyalarida real tasvirlay olgan.
Mirzo Fatali Oxundovning «Pushkin vafotiga» asari ulug` shoir Maqsud Shayxzoda
va   Zohid   Obidov   tomonidan   o`zbekchalashtirilgan.     Ammo   tarjimalar   orasida
Shayxzodaning   o`girmasi   asliga   yaqin,   original   matnning   mohiyatini   saqlab   qolgan.
Asarda shoir ko`ngli bilan suhbatlashadi. G`amgin, xomush ko`nglining aytar so`zi, dardi
bor.
Ko`ngil menga javob berdi: «Ey yolg`izlik sirdoshim,
Qo`ygin meni o`z holimga! O`z kulfatim-o`z boshim!»
Lekin menga aniq bo`ldi: zamona bevafodir,
Oqibati puch ekandir, ishi jabru jafodur.
Ko`ngilning tilidan shoir Pushkin siymosini go`zal tarzda chizadi:
Nahotki, sen eshitmabsan, ey dunyodan bexabar,
Pushkin nomli u zotni, shoirlarga bosh rahbar?!
U Pushkinki, uning so`zga oro berish san’atin,
Har burchakda yuzlab sado olqishlardi kuni tun.
 U Pushkinki, qalamining ostida oq qog`ozi,
Misralarning  siyohidan qoraymoqqa shod rozi.
Lomonosov jilo berdi she’riyatning uyiga,
Pushkin esa o`sha uyga bo`lib qoldi chin ega.
Garchi kirib fath ayladi Derjavin so`z diyorin,
Pushkin oldi o`sha mulkka sultonlik ixtiyorin.
Ma’rifatning sharobidan Karamzin jom to`latdi,
Bu lim to`lgan may kosasin Pushkin chib bo`shatdi.
Nikolayning dong`i ketsa Chinga, Tataristonga,
Pushkinning chin fazilati mashhur bo`ldi jahonga.
Mirzo   Fatali   Oxundovning   fikricha,   ajal   yeli   uning   ruh   chirog`ini   o`chirdi,   bu
guliston sahnasida keksa bog`bon teshasi bilan niholni kesib tashladi. Ma’nolar xazinasi
ketgach esa bu falak ilonxonaga aylandi. yerda gul emas xor-tikan o`sdi.
37


Aim.uz
Buyurdilar: yuzi qora bulutdan do`l to`kildi,
Uning hayot daraxtidan mevalar mo`l to`kildi.
Uning nihol qomatini bu guliston sahnidan,
Keksa bog`bon kesib oldi tesha bilan daf’atan.
Ta’b bulbulin sayratuvchi g`uncha qalbi chirigan,
Endi qarang, bu tuproqdan bosh chiqardi xor-tikan.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish