O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

GRUZIN ADABIYOTI
Miloddan  avvalgi  ming  yillikda  paydo  bo`lgan  gruzin  adabiyoti  boy  tarixiy
manbaga  ega.  Gruzinlarda yozuv qadimdan mavjud. XI asrgacha ular xutsuri (cherkov
yozuvi) deb ataladigan XI asrdan boshlab mxedruli (fuqaro yozuvi) nomli yozuvlar bilan
ish yuritganlar. Gruzin yozma adabiyoti quyidagicha davrlashtiriladi:
1. Qadigi gruzin adabiyoti
a) Ilk davri-V-XI  asrlar
b) O`rta davri- XI-XIII asrlar
v) So`nggi davri – XIII-XVIII asrlar
2. XIX asrdan XX asrgacha
3. Hozirgi zamon adabiyoti
Gruzin xalq og`zaki ijodi qo`shiq, afsona, ertak, qahramonlik dostonlari, ballada,
maqol va topishmoqlarga juda boy. Qadimgi Yunon tarixchisi Ksenofontning yozishicha,
gruzinlarda   miloddan   oldingi   IV   asrlardayoq   askarlar   qo`shiqlarni   xor   shaklida   ijro
etganlar.   Gruzinlarda   Prometeyning   muqobili   Amirani   bo`lgan   va   u   haqda   dostonlar
yaratilgan. Gruzin yozma adabiyoti o`zining ilk bosqichida XI asrgacha ko`proq diniy-
cherkov xarakterida bo`lib, gruzin qabilalarining ijtimoiy mohiyati bilan bog`liq edi. Sharq
va  G`arbdan   hujum qilib  kelgan  bosqinchilarga  qarshi  kurashini  uyushtiruvchi   yagona
kuch cherkov edi. Diniy-cherkov adabiyotining ilk namunalari tarjima asarlari edi. Sekin-
asta  diniy tashviqotlarga xizmat qiluvchi original sarlar yaratildi. V asrda yozilgan Yakov
Surtavelining «Jabrdiyda Shushaniki», XI asr boshlarida yaratilgan «Jabrdiyda yevstafiya
Mtsxeteli», VIII asrda yaratilgan «Jabrdiyda Abl Tbileli», «Nina Kappadokiyskayaning
hayoti»,   IX   asrda   bitilgan   «Grigoriy   Xandztelining   hayoti»   asarlari   fikrimiz   dalilidir.
Gruziya davlati Bunyodkor Dovud (XI), Georgiy (XII) va Tamara (XII asr) hukmronligi,
davrida har tomonlama rivojlandi. Diniy-cherkov adabiyoti barobarida dunyoviy adabiyot
takomil   topdi.   Qadimgi   Yunon   faylasuflari   va   fors-tojik   adabiyoti   namoyandalarining
asarlari gruzin tiliga tarjima qilindi.
Uyg`onish davri, ya’ni XVI-XVIII asrlarda Gruziyada Shota Rustavelining adabiy
merosi   uchun   kursh   kuchaydi.   Ijtimoiy   ongning   ilg`or   vakillari   Rustavelining   o`z
bayroqlari deb e’lon qilib, uni o`rganishga chaqirsalar, cherkov-din ahllari, aksincha, uni
«kofir»likda   aybladilar.   Bundan   tashqari,   o`sha   davr   adabiy   hayotida   Sharq   (fors)
she’riyati ta’siridan qutilish va xalqchil milliy gruzin adabiyoti uchun kurash ham qizg`in
edi.   Shoh   Gaymuraz   I   fors   adabiyoti   ta’sirini   o`z   ijodida   namoyish   qilib,   «Yusuf   va
Zulayho», «Layli va Majnun», «Bulbul va gul», «Sham va parvona» dostonlarini gruzin
tilida   qayta   ishlagan   bo`lsa,   shoir   Archil   milliy   adabiyot   yo`nalishini   targ`ib   etishga
kirishgan edi. Archil o`z fikrlarini «Taymurad va Rustavelining bahsi» didaktik dostoni
orqali isbotlashga harakat qildi.
XVII-XVIII   asrlarda   Gruziya   she’riyatida   oshug`lik   oqimi   ta’siri   kuchli   bo`ldi.
Sayat Nova mazkur she’riyat vakili edi. U dehqon oilasida tug`ilgan. Yoshligidan o`zi
to`qigan she’rlarni o`zi kuyga solib, ozarbayjon, arman va gruzin tillarida ijro etardi. Sayat
bir necha vaqt Irakliy II saroyida shoir va sozanda bo`lib ishladi. Saroy ahlining fisqu-
fasodiga uchrab 765 yilda podsho dargohidan quviladi. Bu hodisa shoir hayotini tubdan
o`zgartirdi. She’rlarida ijtimoiy hayotdan nolish, uzlatga chekinish, dunyodan voz kechish
g`oyalari tarannus etildi. U dunyodan voz kechib monaxlik hayotini tanlaydi. XIX asrning
birinchi   yarmida   Gruziyaning   Mitiuleti,   Kaxeti,   Imereti,   Guriya   o`lkalarida   ommaviy
dehqonlar   qo`zg`aloni   bo`ldi.   Zamonaning   ma’rifatparvarlari   A.Chavchavadze,
43


Aim.uz
G.Orbeliani,   N.Baratashvili,   V.V.Orbeliani,   G.Oristavi,   S.Dadashvililar   o`z   asarlarida
mavjud   holatlarni   chizishga   harkat   qilganlar.   Gruziyaning   bir   butun   milliy   davlatga
birlashuvi o`tgan XIX asrning 60-70- yillariga to`g`ri   keladi. Bu davrda ilg`or ziyolilar
guruhi- «teorgda-leuli»chilar, ya’ni Terek daryosini kechib o`tib, Peterburgda ta’lim olib
qaytgan  yoshlar guruhi adabiyotga qadam qo`ydi. Ular qatoridaa  Chavchavadze,  Niko
Nikoladze,   Akakiy   Sereteli,   Georgiy   Seretelilar   bor   edi.   XIX   asrning   70-80-yillarida
gruzin adabiyotiga «xalq orasida qarab yurish» g`oyasi keng targ`ib etila boshlandi. Bu
yo`lda N. Lomouri, ye. Gabashvili, S.Mgalobishvili, I. Datiashvililar jonbozlik qilishdi.
Gruzin   adabiyotining   o`ziga   xosligi   shundaki,   1921-yil   25-fevralda   mamlakatda
rasman sho`roviy hukumat o`rnatildi. Ammo bir-biridan farqli ravishda, zarur bo`lganda
bir-birini inkor qiladigan «Akademik guruh», «Zangori shoxchilar», «Lefchifuturistlar»
kabi   adabiy   oqimlar   faoliyat   yuritaverdi.   O`z-o`zidan   mazkur   oqimdagi   shoir   va
yozuvchilarning   fieru   o`yi,   dunyoqarashi,   tafakkuri   asarlari   turlicha   edi.   Bu   gruzin
adabiyotining rivojlanishiga ijobiy ta’sir qildi.
Gruziya   xalqining   tarixiy   o`tmishi   adabiyotda   yaratilajak   asarlar   uchun   manba
bo`lib   qoldi.   K.Gamsaxurdka   «Bunyodkor   Dovud»,   A.Beliashvili   «Besiki»,
S.Shanshiashvili «Krianisli qahramonlari», L.Gotua «Irakliy II», G.Shatberiashvili «O`ylar
cho`qqisi» asarlarini yaratishdi. O`zbek kitobxonlari gruzin adiblarining asarlarini G`afur
G`ulom,   Uyg`un,   Mirtemir,   Mimuhsin,   Ramz   Bobojonlar   tarjimasida   o`qish   baxtiga
muyassar  bo`lishgan.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish