Laboratoriya ishi № 8.
Alyuminiyning kislota va asos eritmalari bilan o‘zaro ta’siri.
-
Ikkita probirkaga alyuminiy bo‘lakchalaridan soling.
-
Birinchi probirkaga xlorid kislota eritmasidan quying.
-
Ikkinchi probirkaga o‘yuvchi natriy eritmasidan quying.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq:
Sodir bo‘lgan jarayonlarni kuzating va reaksiya tenglamalarini yozing.
Laboratoriya ishi № 9.
Alyuminiy va uning qotishmalari namunalari bilan tanishish.
Alyuminiy va alyuminiy kotishmalaridan tayyorlangan buyumlar to‘plami bilan tanishing va xossalari hamda ishlatish sohalari yuzasidan o‘z fikrlaringizni bayon eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |