Karbonat-ioniga xos sifat reaksiya.
Bir probirkaga ozroq bo‘r, ikkinchisiga magniy karbonat soling. Birinchi probirkaga 1-2 ml suyultirilgan xlorid kislota, ikkinchisiga shuncha suyultirilgan H2SO4 quying. Ikkala probirkaning og‘zini gaz o‘tkazgich nayi bor tiqinlar bilan berkiting, naylarning uchini ohakli suvi bor probirkaga tushirib qo‘ying.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq:
-
Bajarilgan tajribalarga asoslanib qaysi reaksiyalar karbonat ioniga xos reaksiya ekanligi haqida xulosa chiqaring.
-
Тegishli reaksiya tenglamalarining molekulyar, ionli va qisqartirilgan ionli tenglamalarini yozing.
Uyga vazifa:
-
Darslikdan §12 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.
-
Amaliy ishga tayyorgarlik ko‘ring.
12-DARS. Amaliy ish №1. Uglerod (IV)-oksid olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |