Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar
-
Azot bilan uglerod (II)-oksidining aralashmasida hajm jihatdan 50% uglerod (II)-oksid bor. Aralashma ekvivalent miqdordagi kislorod bilan yondirildi. Natijada hosil bo‘lgan gazlar aralashmasidagi uglerod (IV)-oksidining foiz miqdori qancha bo‘ladi?
-
5 g ohaktosh kuydirilganda 2 g karbonat angidrid hosil bo‘ldi. Kalsiy karbonatning hammasi parchalanganligini inobatga olib, shu ohaktosh tarkibida necha foiz CO2 hosil qilmaydigan qo‘shimchalar borligini hisoblab toping.
-
0,9 mol kalsiy karbonatga 8% li (p=1,04 g/ml) 540 ml hlorid kislota eritmasi ta’sir ettirildi. Reaksiya natijasida n.sh.da o‘lchangan qancha hajm karbonat angidrid ajralib chiqadi?
Uyga vazifa:
-
Darslikdan §11 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.
11-DARS. §12. Karbonat kislota va karbonatlarning xossalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |