Asbob-uskunabop po‘latlar yuqori darajada mustahkamlikka va qattiqlikka ega, yeyilishga chidamli bo‘ladi. Ularni kesuvchi va o‘lchov asboblari, shtamplar tayyorlashda ishlatiladi. Ularning alohida guruhini tez kesuvchi po‘latlar tashkil etib, ular katta tezlikda kesish jarayonida ham (600-700°C) kesish xususiyatlarini saqlab qoladi.
Alohida xossali po‘latlar (zanglamaydigan, yuqori haroratga chidamli, magnit xossali va b.q.) yuqori haroratlarda ham atmosferada, kislotalar eritmalarida va boshqa korrozion muhitlarda korroziyaga chidamli bo‘lib, ulardan gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar, raketa qurilmalari, magnit qurilmalari tayyorlanadi.
Laboratoriya ishi № 13.
Cho‘yan va po‘lat namunalari bilan tanishish.
Sizga berilgan cho‘yan va po‘lat namunalarini ko‘zdan kechiring.
Quyidagi tajriba yordamida cho‘yan va po‘latning o‘zaro farqlarini bilib oling.
Bitta probirkaga cho‘yan donachasidan, ikkinchisiga esa po‘lat donachasidan soling, donachalarning og‘irligi bir xil bo‘lishi kerak. Probirkalarga 2-4 ml dan suyultirilgan xlorid kislota qo‘shing va sekin qizdiring. Agar gazlarning shiddat bilan ajralishi to‘xtasa, probirkalarga yana ozgina kislota quying va buni gaz ajralib chiqmay qolguncha davom ettiring.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq:
Sodir bo‘lgan hodisalarni izohlang.
Тegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
Probirkalardan qaysi birida shiddatli (kuchliroq) gaz ajralib chiqdi?
Kuzatganlaringizni izohlang.
Uyga vazifa:
Darslikdan §27 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.
Noorganik kimyo mavzulari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar uchun umumlashtiruvchi masala va mashqlar
10 gr vodorod necha mol? Normal sharoitda qancha hajmni egallaydi. Nechta molekula bor?
Mis kuporosidagi kristalizasiya suvini massa ulushini aniqlang.
Vodorod gologenidni havoga nisbatan zichligi 4,41ga teng.Shu gazni vodorodga nisbatan zichligini va nomini aniqlang.
24 gr miss(II)-oksid bilan normal sharoitda o’lchangan 5,l litr is gazi reaksiyaga kirishdi.Reaksiya tamom bo’lgandan so’ng qolgan qattiq qoldiqni massasini aniqlang.
Massasi 2 kg bo’lgan qum mo’l miqdor kaliy gidrooksid bilan suyuqlantirildi.Reaksiya natijasida 3.82 kg kaliy silikat olindi.Agar qumdagi kremniy (IV)-oksidni massa ulushi 90 % bo’lsa reaksiya maxsulotining unumini aniqlang.
Mis va magniydan iborat 1,5 gr aralashmagan mo’l miqdor xlorid kislota ta’sir ettirildi. Reaksiya natijasida normal sharoitda 50 ml.normal sharoitda o’lchangan vodorod ajralib chiqdi. Dastlabki aralashmaning prosent tarkibini aniqlang.
Temir bilan temir (II)-sulfidning 6,4 g aralashmasi xlorid kislotada eritilganda 1,792 litr (n.sh.da) gazlar aralashmasi ajralib chiqdi. Aralashmadagi temir va temir (II)-silfidlarning massa ulushlarini aniqlang.
0,0547 gramm metall kislotada eritilganda n.sh.da 50,4 ml vodorod ajralib chiqdi. Metalning ekvivalentini va nomini ayting.
15 % li eritma hosil qilish uchun 200 gr tuzni qancha suvda eritish kerak.
458 ml (=1,092g/ml) 8% li o’yuvchi natriy eritmasi tarkibida qancha sof natriy gidroksid bo’ladi?
40 % li 200 gr eritma 600 gr suv bilan aralashtirildi. Natijada hosil bo’lgan eritmadagi eruvchini massa ulushi aniqlansin.
80 gr oltingugurt (VI)-oksid 920 gr suvda eritildi .Hosil bolgan eritmani protsent konsentratsiyasi aniqlansin.
361 gr suvda 139 gr temir kuporosi eritildi. Hosil bo’lgan eritmani prosent konsentratsiyasini aniqlang.
Agar reaksiyaning temperatura koeffisenti 4 ga teng bo’lsa, temperatura 10o dan 500 gacha ko’tarilganda reaksiya tezligi necha marta ortadi.
Reaksion kameraning hajmi 3 marta kamaytirilsa quyidagi reaksiyaning tezligi necha marta ortadi.
2 SO2 + O2 = 2SO3
2NO + O22NO2 reaksiyasida muvozanat qaror topganda moddalarning konsentratsiyalari: [NO]= 0,02 mo’l/l, [O2]= 0,3 mo’l/l va [NO2]= 0,06 mo’l/l ga teng bo’ldi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarni dastlabki konsentratsiyalari topilsin.
2 ta va 1 ta zarra chiqarib yemirilganda qanday zarracha hosil bo’ladi.
Ushbu oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamasini tugallang va koeffitsentlar tanlang.
Na2SO3 + Ag NO3 + NaOH …………
FeSO4 + KMnO4 + H2SO4 ……….
Mis sulfat eritmasi orqali 1 soat davomida 0,5 A tok o’tkazildi. Katotda va anodda ajralib chiqqan moddalar massasini aniqlang .
Massasi 10 gr bo’lgan rux lastinka mis sulfat eritmasiga tushirilib qo’yildi. Reaksiya tugagandan so’ng yuvilgan va quritilgan lastinkani massasi 9,9 gr keldi. Eritmadagi mis sulfat massasini aniqlang. Mr(Cu)=63,54; Mr(Zn)=65,38.
6,66 gr malaxit termik archalanganda ajralib chiqqan mis (II)-oksidni qaytarish uchun qancha hajm vodorod kerak ( normal sharoitda).
Oq kiristal modda qizdirilgandap gaz ajiralib chiqdi va suvda yaxshi riydigan qoldiq qoldi. Qoldiq suvda eritildi,eritmaga kumush nitrat quyilganda oq ho’kma tushdi. Qizil fosforni dastlabki modda bilan aralashmasi ortlash bilan yonadi. Tajriba uchun qanday modda olingan. 4,48 l (n.sh.da) vodorod sulfid to’la yonishi ushun yetarli bo’lgan gaz qahcha yuqoridagi moddani qizdirilishidan ajralib chiqadi. (KClO3, 24,5 g)
Oq rangli, qattiq, suvda juda yahshi eriydigan , gazlarni quritishda ishlatiladigan «A» modda bor .Bu modda sovuq suvda erib «B» kislotani hosil qiladi. «B» kislota zaharli . «B» kislota vaqt o’tishi bilan «S» kislotaga aylanadi. «S» kislota zaxarli emas . «S» kislota suvsizlantirilganda «B» kislota hosil qiladi. «B» va «S»kislota anionlari uchun kumush nitrat reaktiv hisoblanadi. «A» moddani aniqlang va yuqorida tilga olingan barcha reaksiyalarni tenglamalarini yozing.
10 litr azot ,uglerod (II) –oksid, uglerod (IV) –oksidlar aralashmalari ketma-ket avval ohakli suvdan, so’ngra mis (II)-oksid (qizdirilgan) ustidan o’tkazildi. Natijada 10g cho’kma tushdi va 6,35g mis hosil bo’ldi. Daslabki aralashmadagi gazlarni % tarkibini aniqlang.
Bir valentli 15,6 g metal suv bilan reaktsiyaga kirishib 4,48 l (n.sh.da) gaz hosil qiladi.Reaktsiya uchun qaysi metall olingan?
Do'stlaringiz bilan baham: |