13-DARS. Masala va mashqlar yechish
Darsning maqsadi: O‘quvchilarning uglerod va uning birikmalariga doir olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda fikrlash qobiliyatini o‘stirish.
1-misol: 5,6 g C va S aralashmasi mo‘l miqdor kislorodda yondirilganda 6,72 l (n.sh.) gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Dastlabki aralashmadagi uglerodning massa ulushini toping.
Yechish: Masala shartini diqqat bilan o‘qing.
Ushbu masalani bir necha usulda yechish mumkin.
1-usul.
a g C yonganda qancha hajm CO2 hosil bo‘lishini topiladi.
b g S yonganda qancha hajm SO2 hosil bo‘lishini topiladi.
U shbu aniqlangan ma’lumotlarga asoslanib ab=5,6 va ХY=6,72 tengliklar yordamida quyidagi sistemani tuzib olamiz.
B
22,4a 22,4(5,6-a)
----------- -------------- = 6,72 l
12 32
u sistemadan b=(5,6-a) kelib chiqadi, u holda
tenglama hosil bo‘ladi.
Тenglama yechilsa, a=2,4 bo‘ladi. Demak,
2,4
%С= ----- 100 = 42,86
5,6
Javobi: 42,86%
2-usul
Agar aralashmani barcha qismi uglerod bo‘lganda qancha hajm CO2 hosil bo‘ladi?
A gar aralashmani barcha qismi oltingugurt bo‘lganda qancha hajm SO2 hosil bo‘ladi?
U shbu ma’lumotlarga asoslanib quyidagicha diagonal tuzib olamiz.
2,8 3,73 = 6,53
Javobi: 42,86%
2,8
%С= ----- 100 42,86
6,53
1,2 t uglerod yonganda hosil bo‘lgan CO2 hajmini (m3) aniqlang.
10 g CO va CO2 aralashmasi yondirilganda 13,2 g CO2 hosil bo‘ladi. Aralashmada necha foiz karbonat angidirid bo‘lgan?
Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga imkon beradigan reaksiya tenglamalarini yozing.
CCOCO2K2CO3KHCO3K2CO3CO2CO
1,6 kg CuO dan misni to‘la qaytarib olish uchun qancha miqdor uglerod yoki n.sh.da o‘lchangan qancha hajm CO kerakligini hisoblab toping.
400 kg ohakli suv eritmasini to‘la loyqalantirish uchun 2,24 l karbonat angidridi sarflandi. Ohakli suv tarkibidagi Ca(OH)2 ning massa ulushini toping.
112 g KOH tutgan 1000 g eritma orqali 22,4 l CO2 gazi o‘tkazildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi tuzning massa ulushini hisoblang.
240 g uglerod mo‘l miqdor ohak bilan qo‘shib qizdirilganda hosil bo‘lgan gazning hajmi va qattiq moddaning formulasini toping.
Azot va karbonat angidrid aralashmasidan azotni ajratib olish yo‘lini taklif eting.
Odam 1 sutkada nafas olish jarayonida 1300 g gacha karbonat angidrid chiqaradi. Shuncha karbonat angidirid necha mol keladi va n.sh.da qancha hajmni egallaydi?
O‘quvchilarning mustaqil ishini tashkil etish
O‘quvchilarning mustaqil ishlashga o‘rgatib borish yoki darslarni I.M.U.
(izlanish—munozara—umumlashtirish) uslubida o‘tkazish maqsadga
muvofiq.
Darslikdagi «Uglerod» bobidan keyin berilgan mustaqil ishlash uchun topshiriqlarning ikkinchi va uchinchisi haqida to‘htalib o‘tishni maqsadga muvofiq deb topdik.
2-mustaqil ish.
Matndagi topshiriqlarni o‘quvchilar turlicha izohlab beradilar. Sinfdoshlari bilan munozara qiladilar.
O‘quvchilarning javoblari va munozara natijalarini o‘qituvchi quyidagi tarzda umumlashtirishi mumkin.
Ba’zi g‘orlarning pastki qismlaridagi tosh va tuproqlar o‘z tarkibida ko‘proq miqdorda kalsiy, magniy gidrokarbonatlari saqlaganligi tufayli suv, namlik va harorat ta'sirida doimiy parchalanib turadi, oqibatda ajralib chiqqan karbonat angidrid g‘orning tubida ko‘p miqdorda saqlanib qoladi.
Ca(HCO3)2CaCO3+H2O+CO2.
Natijada g‘or tubida qolgan nafaqat it, boshqa hayvonlar ham nafas ololmasdan halok bo‘lishi mumkin.
Ovchi itlar bunday g‘orlarga o‘z xo‘jayinlari bilan kirganda halok bo‘lganligi uchun «it g‘ori» deb nom olgan.
3-mustaqiI ish.
Topshiriqning o‘quvchilarga qiziqarli bo‘lishi hamda, uni hal qilishda aktiv qatnashish uchun berilayotgan har bir masala qiziqarli bo‘lishligini ta'minlash maqsadida turli xil afsona va rivoyatlardan foydalanish mumkin.
Tabiatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu kabi hodisalarning tub ilmiy mohiyatini ochib berish o‘qituvchining vazifasiga kiradi.
Ba'zi g‘orlarning ichida turli shakllardagi ustunlar juda ko‘p. Ularning ayrimlari insonlarni hayratga soladi.
G‘or hosil bo‘lishidagi kimyoviy jarayon:
1. Ohaktoshni erishi: CaCO3+ H2O+CO2 Ca(HCO3)2
2. Ca(HCO3)2 — eruvchi modda. Bu modda issiqlik ta'sirida parchalanib CaCO3 ni hosil qiladi, ya'ni «qotish» jarayoni sodir bo‘ladi.
Ca(HCO3)2 CaCO3+H2O+CO2
Agar «qotish» tepadan boshlansa stalaktit, past dan o‘sib chiqsa, stalagmit ko‘rinishdagi tabiiy «ustunlar» hosil bo‘ladi, ular turli manzarali shakllarni vujudga keltiradi. Ularning hosil bo‘lishidagi ilmiy asoslarni bilmaslik oqibatida turli xil afsonalar, rivoyatlar to‘qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |