9-SINF UCHUN FIZIKA FANIDAN TEST SAVOLLARI 1. Benzin batamom yonganda 138 MJ issiqlik ajraldi. Qancha massali benzin yongan? q=46 MJ/kg.
A) 3 kg B) 30 kg C) 300 kg D) 0,3 kg
2. Issiqlik miqdori qaysi harf bilan belgilanadi?
A) P B) Q C) A D) C
3. Ideal gaz adiabatik kengayib, 5 kJ ish bajardi. Bunda gazning ichki energiyasi necha kJ ga kamaygan?
A) 2,6 B) 10 C) 5 D) 0,5
4.Issiqlik almashinish jarayonida jism olgan yoki yoʻqotgan ichki energiya miqdorini belgilovchi fizik kattalikka .... deyiladi.
A) issiqlik miqdori B) ish C) energiya D) quvvat
5. C=890 J/(kg*K) bu nimani bildiradi?
A) alyuminiyning solishtirma issiqlik sigʻimi B) muzning solishtirma issiqlik sigʻimi
C) alyuminiyning zichligi D) issiqlik miqdori
6. Moddaning issiqlik sigʻimi quyidagi parametrlarning qaysi biriga bogʻliq? A) issiqlik miqdoriga B) modda massasiga C) temperaturaga D) moddaning turiga
7. Temperaturasi 20°C boʻlgan 1 kg suvga 400 g qaynoq suv qoʻshib aralashtirildi. Aralashma temperaturasini toping (°C)
A) 42,85 B) 42 C ) 35 D) 32
8. Qaysi jarayonda gaz ish bajarmaydi?
A) izoxorik B) izobarik C) izotermik D) adiabatik
9. Gazning izotermik kengayishida uning ichki energiyasi qanday oʻzgaradi?
A ) ortadi B) kamayadi C) oʻzgarmaydi D) To’g’ri javob yo’q
10. Termodinamikaning 1-qonuni adiabatik jarayon uchun qanday koʻrinishda yoziladi? A) Q=∆U+A B) Q=∆U C) A+∆U=0 D) Q=∆U-A
11. Agar sovuqroq sistema bilan issiqroq sistemaning ikkalasida yoki atrofdagi jismlarda biror oʻzgarish boʻlmasa, sovuqroq sistemadan issiqroq sistemaga issiqlik oʻtkazib boʻlmaydi.
A) Termodinamikaning 1-qonuni B) Termodinamikaning 2-qonuni C) Izojarayon D) Issiqlik hodisasi
12. Isitkichning temperaturasi 477 °C , sovitkichniki 27 °C boʻlgan issiqlik mashinasining maksimal FIK ni hisoblang. A) 50% B) 60% C) 75% D) 55%
13. Ideal issiqlik mashinasining FIK ni kim hisoblagan?
A) Bolsman B) Selsiy C ) Kelvin D) Karno
14.Issiqlik mashinasining FIK 25% , isitkichdan olgan issiqlik miqdori 800 J boʻlsa, foydali ishi qancha boʻladi(?)
A) 100. B). 200. C) 300 D). 400
15.Termodinamikaning birinchi qonuni nimani tavsiflaydi?
A)mexanik energiyaning saqlanishini B) elastik deformatsiya energiyasini
C) issiqlik muvozanatini D) energiyaning saqlanish qonunini
16. 1 J necha kaloriya?
A) 0, 42 kal B) 42 kal C) 0, 2 kal D) 0,24 kal
17. Jismning olgan yoki bergan issiqlik miqdorini ... yordamida aniqlash mumkin.
A) kalorimetr B) menzurka C) tarozi D) To’g’ri javob yo’q
18. 1 gramm distillangan suvni 1 °C ga isitish uchun kerak boʻlgan issiqlik miqdori 1 ..... deb qabul qilingan.
A) Joul B) kaloriya C) Kelvin D) mol
19. Sistemaga berilgan issiqlik miqdori sistemaning ichki energiyasini oʻzgartirishga va sistemaning tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishiga sarflanadi. Bu qanday qonun?
A) Termodi-ning 1 -qonuni B) Ter - ning 2-qonuni C) issiqlik muvozanati D) To’g’ri javob yo’q
20. Karno sikli ...dan iborat.
A) 2 ta izoterma B) 2 ta adiabata C) 2 ta izoxora D) 2 ta izoterma va 2 ta adiabata
21. Ideal issiqlik mashinasining FIK ni kim hisoblagan?
A) Karno B) Bolsman C) Kelvin D) Selsiy
22. Amorf qattiq jismlarning qotish jarayonida temeraturasi qanday oʻzgaradi?
A) ortadi B) oʻzgarmaydi C) kamayadi D) To’g’ri javob yo’q
23. Kristall qattiq jismlarning erish jarayonida temperaturasi qanday oʻzgaradi?
A) ortadi B) kamayadi C) oʻzgarmaydi D) TJY
24. Sovun pufagchasining sirt energiyasi 64 marta ortishi uchun uning radiusi necha marta orttirilishi kerak?
A) 16 marta B) 64 marta C) 8 marta D) 4 marta
25. Yung moduli qanday birlikda ifodalanadi?
A) N/ m B) Wb C) Pa D) N•m
JAVOBLAR