11-SINF UCHUN FIZIKA FANIDAN TEST SAVOLLARI 1. Ideal tebranish konturida kondensator sigʻimini 9 marta kamaytirilsa, konturning tebranish chastotasi qanday oʻzgaradi?
A) 3 marta kamayadi B) 3 marta ortadi C) 9 marta kamayadi D) 9 marta ortadi
2. Agar 2 mkF sigʻimli kondensator oʻzgaruvchan tokka 8 Om qarshilik koʻrsatsa, oʻzgaruvchan tokning chastotasi aniqlansin (H)
A) 100000 B) 10 C) 100 D) 1000
3. Oʻzgaruvchan tok zanjiriga aktiv qarshilikka ega boʻlgan rezistor ulangan. Kuchlanish va tok kuchi orasidagi faza farqi nimaga teng?
A) π B) 0 C) π/2 D) π/3
4. Oʻzgaruvchan tok zanjiriga induktiv gʻaltak ulangan. Kuchlanish va tok kuchi orasidagi faza farqi nimaga teng?
A) π/2 B) π C) 0 D) π/ 3
5. Tok chastotasi 1000 Hz boʻlganda, induktivligi 0,1 H boʻlgan gʻaltakning reaktiv qarshiligi nimaga teng boʻladi( Om) ?
A) 10 B) 31,4 C) 628 D) 314
6. Oʻzgaruvchan tok zanjiriga kondensator ulangan. Kuchlanish va tok kuchi orasidagi faza farqi nimaga teng?
A) 0 B) π/3 C) π D) π/2
7.Toʻlqinning oʻz uchragan toʻsiqni aylanib oʻtishiga ...... deyiladi.
A) toʻlqin difraksiyasi B) yorugʻlik interferensiyasi C) yorugʻlik dispersiyasi D) toʻgʻri javob yoʻq.
8. Muhit sindirish koʻrsatkichining tushayotgan yorugʻlik chastotasiga bogʻliqligi .... deb ataladi.
A). interferinsiya B) dispersiya C) qutblanish D) qutblanish
9. Yorugʻlik rangi uning qaysi parametriga bogʻliq?
A) toʻlqin uzunligiga va amplitudaga B) chastota C) amplituda D) tezlik
10. Qanday. toʻlqinlar kogerint toʻlqinlar deyiladi?
A) bir xil chastotali B) bir xil amplitudali C) tebranishlari garmonik boʻlgan D) toʻlqin uzunliklari bir xil va fazalari farqi oʻzgarmas
11. Yoʻllar farqi 3λ/8 boʻlgan interferendiyalanuvchi nurlarning faza farqi nimaga teng?
A). 3π/4 B ) π/2 C) π/3 D) π/ 4
12 600 m uzunlikni elektromagnit toʻlqinlar nurlantiradigan tebranish konturining davri topilsin (mks).
A) 1 B) 6 C) 4 D) 2
13. Elektromagnit toʻlqin chastotasi 15 MGs ga teng. Shu toʻlqinning uzunligi necha metr?
A) 0.05 B) 50 C) 20 D) 2
14. Induktivligi 0.2 Gn boʻlgan oʻtkazgichning induktiv qarshiligi tok chastotasi 50 Gs boʻlganda qanday boʻladi (Om)?
A) 63 B) 42 C) 34 D) 52
15. Oʻzgaruvchan tokning amplituda qiymati 3√2 A ga teng. Tok kuchining effektiv qiymati qanday ( A)?
A ) 3 B) √3 C) 2√2 D) 2
16. Tebranish konturidagi tebranishlar davri ifodasini toping.
A) T=2π√(l/g) B) T= √(t/n) C) T= 2π√(LC) D) T= 2π √(m/k)
17. Agar oʻzgaruvchan tokning chastotasi 2 marta ortsa, uning zanjiridagi induktiv gʻaltakning qarshiligi qanday oʻzgaradi ?
A). 2 marta ortadi B) 2 marta kamayadi C) oʻzgarmaydi D) 4 marta ortadi
18 . Tok chastotasi 2 marta ortganda oʻzgaruvchan tok zanjiridagi kondensatorning qarshiligi qanday oʻzgaradi?
A) 2 marta ortadi B) 2 marta kamayadi C) 4 marta ortadi D) 4 marta kamayadi
19. Difraksiya davri qanday harf bilan belgilanadi?
A) d B) a C) b D) λ
20 . Yorugʻlik interferensiyasi hodisasi tufayli Yung yorugʻlik toʻlqin uzunligini aniqlash metodini qachon kashf etgan?
A) 1803 yili B) 1805 yili C) 1815 yili D) 1801 yili
21. Elektromagnit toʻlqinlar toʻlqinning qaysi turiga kiradi?
A) boʻylama B) boʻylama va koʻndalang C) koʻndalang D) To’g’ri javob yo’q
22. Yorugʻlik vakuumdan sindirish koʻrsatgichi n=2 boʻlgan muhitga oʻtganda toʻlqin uzunligi qanday oʻzgaradi?
A) 2 marta ortadi B ) 2 marta kamayadi C) oʻzgarmaydi D) To’g’ri javob yo’q
23. Nurlanishning oqim zichligi birligi nima?
A) J/s B) Wb C) W/m^2 D) Nm
24. 1895-yil 7-mayda Rossiyaning Sank-Peterburg shahrida ....... 1-marta xabarni elektromagnit toʻlqinlar orqali yuborib, uni qabul qilishni namoyish etdi.
A) Maksvell B) Hertz C) Rozing D) Popov
25. Spektr soʻzining maʼnosi.......
A) koʻrish B) eshitish C) ajratish D) sezish