Mavzu yuzasidan test topshiriqlarini bajarish:
Galogenlar quyidagi umumiy xossalarga ega:
gaz holatda ikki atomli molekula holida bo‘ladi
ishqoriy metallar bilan ion bog‘lanishli, qattiq moddalar hosil qiladi
vodorod va uglerod kovalent bog‘lanishli birikmalar hosil qiladi
faqat oksidlovchi xossalarga ega
A, B, C javoblar to‘g‘ri
1 mol «Х» modda 1 mol suv bilan reaksiyaga kirishib, 1 mol kislorod va 2 mol vodorod ftorid hosil qiladi. Shu moddani ko‘rsating.
F2 B) OF2 C) F2O3 D) HOF
E) Bu tipdagi reaksiya sodir bo‘lmaydi
Quyidagi birikmalarning qaysilarida kislorodning oksidlanish darajasi noldan kichik?
Na2O 2) H2O2 3) KNO3 4) F2O 5) Na2O2 6) KClO3
1,2,3,4,5 B) 2,3,4,5,6 C) 3,4,5,6,1 D) 4,5,6,1,2 E) 5,6,1,2,3
1,5 mol gaz holidagi kislorod n.sh.da qancha hajmni egallaydi?
5,6 l B) 11,2 l C) 22,4 l D) 33,6 l E) 44,8 l
11 g temir (III)-sulfidni to‘liq eritish uchun 20 % li xlorid kislota eritmasidan qancha kerak bo‘ladi?
2,28 g B) 9,12 g C) 4,56 g D) 45,6 g E) 55,5 g
10 g rux va 10 g oltingugurtni qizdirib, qancha rux sulfidi olish mumkin?
10 g B) 20 g C) 14,9 g D) 5,8 g E) 58 g
Elementning tartib nomeri ortishi bilan quyidagi qatorda kislotalilik xossasi qanday o‘zgaradi: N2O3P2O3As2O3Sb2O3Bi2O3
Kuchayadi B) kamayadi C) o‘zgarmaydi
D) Kuchayadi, so‘ng kamayadi E) ular kislotalik xossasiga ega emas
Natriy nitrit -NaNO2;
faqat qaytaruvchi
faqat oksidlovchi
ham qaytaruvchi ham oksidlovchi
oksidlovchi ham qaytaruvchi ham emas
formulasi noto‘g‘ri berilgan
Quyidagi o‘zgarishlar bilan boradigan reaksiyalar zanjirida Х va Y moddalarni aniqlang.
N2NH3XNO2YNH4NO3
NO va HNO3 B) N2 va HNO2 C) NO va NH3
D) NH4OH va HNO3 E) HNO2 va NH4OH
16 kg suyuq kislorod gaz holatida qancha hajmni egallaydi (n.sh.)?
11200 l B) 22400 l C) 5600 l D) 33600 l E) 22,4 m3
6-DARS. Nazorat ishi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarning o‘tilgan mavzular bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish.
Nazorat ishi uchun masalalar
Davriy sistemadagi II davr VI guruh va III davr VII guruh elementlarining atom tuzilishini yozing va yadro tarkibini aniqlang.
Тabiiy xlorning nisbiy atom massasi 35,45 ga teng bo‘lib, 17Cl35 va 17Cl37 izotoplarining aralashmasidan iborat. Тabiiy xlor tarkibidagi har bir izotop massa ulushini aniqlang.
VI guruhga tegishli element oksidlaridan biri tarkibida 50 % kislorod bor. Shu elementni aniqlang.
Vodorod bilan RH3 tarkibli birikma hosil qiladigan elementning yuqori oksidi tarkibida 74 % kislorod bor. Shu elementning nomini ayting.
Тabiiy bor 5B10 (18 %) va 5B11 (82 %) izotoplari aralashmasidan iborat bo‘lsa, uning o‘rtacha nisbiy atom massasini aniqlang.
S-2 ionining elektron tuzilishi qaysi element atomi yoki ionining elektron tuzilishiga o‘xshash bo‘ladi?
Alyuminiy atomining yadrosiga -zarrachalar ta’sir ettirilsa proton hosil bo‘ladi. Bu jarayonda qaysi element izotopi hosil bo‘ladi? Sodir bo‘lgan yadro reaksiyasi sxemasini tuzib javob bering.
Quyidagi birikmalarning tuzilish formulalarini yozing: K2MnO4, Na2CO3, Na3PO4, KClO3, P2O5
Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini elektron-balans usuli bo‘yicha tenglang:
FeS2 O2 Fe2O3 SO2
Fe(OH)2 H2O O2 Fe(OH)3
NH3 O2 N2 H2O
H2S O2 S H2O
Bir moldan olingan quyidagi tuzlar dissotsialanganda nechtadan ionlarga ajraladi?
Na3PO4 B) AgCl C) K2CO3 D) FeCl3
Do'stlaringiz bilan baham: |