O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Tulenov Jondor (1927-2002)akademik, falsafa fanlari doktori, professor



Download 4,4 Mb.
bet177/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Tulenov Jondor (1927-2002)akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ijodi dialektika va bilish nazariyasi, ilmiy tafakkur uslubi masalalariga bag‘ishlangan.

J.Tulenov o‘zining “Qonun falsafiy kategoriya sifatida” (Zakon kak filosofskaya kategoriya 1959) asarida qonunlar tuzilishi jihatidan uch asosiy komponentlardan iborat deb ko‘rsatadi: Ular 1) ob’ektiv asosga ega, ya’ni predmet va hodisalarning umumiy nisbatan barqaror zaruriy aloqalarini ifodalaydi; 2) harakatning o‘ziga xos usuliga ega, ya’ni voqealar xarakteri va yo‘nalishini aniqlaydi; 3) yuqorida ko‘rsatilgan ikki komponent o‘rtasida bog‘lovchi element vazifasini bajaruvchi muayyan sharoitlar mavjudligida namoyon bo‘ladi. Demak qonun- bu predmet va hodisalarning zaruriy, nisbatan barqaror munosabatlari majmui bo‘lib, ular voqealarning yo‘nalishi va xarakterini aniqlaydi. Qonun namoyon bo‘lishining turli shakllari bilan xarakterlanadi. Qonunning namoyon bo‘lish shakllariga quyidagilar kiradi: 1) qonunning stixiyali anglanilgan kuch sifatida namoyon bo‘lishi; 2) qonunning hukmron tendensiya va aniq shaklda namoyon bo‘lishi (dinamika va statika qonunlari); 3) qonunning katta va kichik kuch bilan harakati.

Ob’ektiv qonunlar tizimi ham turli tumanligi bilan xarakterlanadi.1) Qonun qamrab olgan ob’ektiv jarayonlar nuqtai nazaridan tabiiy va ijtimoiy qonunlar farqlanadi; 2) Jarayonlarga ta’sir darajasi nuqtai nazaridan asosiy va asosiy bo‘lmagan qonunlar; 3) harakat sharoitlari nuqtai nazaridan xususiy, umumiy va eng umumiy qonunlar farqlanadi. Ushbu qonunlar ijtimoiy taraqiyotda o‘z ifodasni topadi.

Mustaqil O‘zbekistonda J.Tulenov ijodining yangi qirralari namoyon bo‘ldi. Bu davrda u ijtimoiy dialektika masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Hayot falsafasi (1993) asarida falsafiy bilimning o‘ziga xos xususiyatlari, uning siyosat bilan bog‘liqligi, mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy yangilanish jarayonlarini tushunish uchun falsafiy madaniyat va siyosiy tafakkurni shakllantirish lozimligini ta’kidlaydi. “Mustaqillik va milliy tiklanish” (1996) asarida O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati, yangi siyosiy tizim, ko‘pukladli iqtisod va bozor munosabatlariga o‘tishda, mustaqil davlatning ma’naviy, madaniy va axloqiy asoslarini rivojlantirish va mustahkamlash, milliy mustaqillik mafkurasining maqsadi va yo‘nalishlarini aniq anglash va ularni hayotga tadbiq etish masalalari yoritilgan. “Qadriyatlar falsafasi” (1998) asarida qadriyatlarning mohiyati, ularning turlari(tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, estetik va h.k) ma’muriy buyruqbozlik hukmronlik qilgan tuzumda milliy qadriyatlarning qadrsizlanganligi, mustaqillik davrida qadriyatlarga munosabatning o‘zgarganligi, milliy tiklanish, millatning o‘z-o‘zini anglashi mustaqillikni saqlashning asosiy omili bo‘lishini e’tirof etgan.

Tulenovning so‘nggi asari “Dialektika nazariyasi”(2001) bo‘lib, unda olim dialektikani sinergetika bilan almashtirishga, dialektikani o‘ldiga chiqarishga harakat qilgan ba’zi soxta olimchalarga qaqshatqich zarba beradi. Dialektikaning fan va ta’limot sifatidagi tarixiy taraqqiyotini, uning eng qadimgi va hozirgi zamon bilishining metodlaridan biri ekanligini, buyuk mutafakkirlar al-Forobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ibn-Sino, Ulug‘bek, Mirzo Bedil asarlari asosida dialektikaning ijtimoiy jarayonlarni bilishdagi ahamiyati, uning global xarakterini yoritgan. J.Tulenov talabalar uchun qator darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratgan, umrining oxirigacha xalqqa xizmat qilgan buyuk olim edi.


Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish