Tibbiy moslashuvi
YUrak og’irligini (yurak gipertrofiyasi) kattalashuvi bilan bog’liq yurakning qisqarish qobiliyati kuchayadi.
Tananing yangi imkoniyatlariga nafas olish va qon aylanish tizimi ham moslashadi.
Mushaklarning qizg’in ishlash paytida nafas olish 15-20 martaga ortadi, nafas olish kuchining o’sish hisobiga nafas olish harakatli quvvati oshadi, turli og’irlikdagi jismoniy yukka chidamlilik qobiliyati asosi sifatidagi MPK ko’rsatkichi o’sadi.
-moslashish jarayoni nafaqat sportchiga yuksak natijalarga erishishgagina imkon berib qolmasdan, balki og’irlikka chidashning qolipdagi yuklamalar mashg’ulot ta’siriga ega bo’lmay qoladi, ulardan mashqlarga chidamlilikni saqlashga imkon beruvchi vosita sifatida foydalanish mumkin.
-mashg’ulotlar orasida yo’l qo’yilgan uzoq tanaffuslar moslashish yutuqlari darajasini pasaytiradi.
-sportchi tanasini moslashishi yuklama tarkibi va yыnalishi bilan bog’liq yo’nalishda ro’y beradi.
YUklatish miqdori (hajmi)
|
YUklatishning shiddati (jadalligi)
|
Moslashishni yo’nalganligi
|
Katta
|
Kam yoki o’rta
|
CHidamlilikni o’stirish
|
Kichik
|
Submaksimal maksimal
|
Kuch, tezlik sifatlarini o’stirish
|
Moslashish jarayonining davomiyligi
Tez, bir necha soat davomida modda almashuvining ayrim substratlari moslashadi.
Kam tezlikda 10 - 14 kun davomida jigar va mushaklarda quvvat zahirasi ko’payadi, yurak qon tomir tizimi moslashishga boshlaydi.
Sekin 4 - 6 hafta davomida mushak og’irligi o’sa boshlaydi, tarkibida oqsil miqdori ko’payadi.
Quyidagi qonuniy aloqalarni anglab yetish sport fanining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi (chizma 5).
Tashqi omillar yetarli darajadagi jadallik va ma’lum hajmda bo’lgandagina moslashish jarayoni ro’y beradi.
Moslashish jarayoni - yuklama va dam olishni to’g’ri tashkil etish natijasidir.
YUklama ta’siri, funksional va quvvat zahiralarini sarflash oqibatida tananing funksional imkoniyatlari (vaqtinchalik) pasayadi. Ko’pincha dam olish bosqichida amalga oshiriladigan moslashish jarayonini shakllanishi uchun yetakchi qo’zg’atuvchi hisoblanadi.
O’z faoliyatini faqatgina boshlayotgan sportchilarda yangi, noodatiy yuklarga moslashish jarayoni yetuk mutaxassis sportchi-larga qaraganda tezroq kechadi. Buni tajribali sportchilarda mashq va musobaqa yuklamalariga moslashish jarayonini yuqori, mosla-shishning keyingi kuchayish imkoniyatlari doirasi bir muncha qisqarganligi bilan tushuntirish mumkin.
Mashq qilishda funksional imkoniyatlarning ortishi
|
Mashq qilmaslik-funksional imkoniyatlarning pasayishi
|
Tashqi qo’zg’atuvchi - kuchli
|
Tashqi qo’zg’atuvchi kuchsiz
|
“ishchi” a’zolar yuqori kuchlanishda ishlaydi
|
“ishchi” a’zolar va ularning qismlari funksiyasi pasayadi
|
Oqsil fermentini sintez bo’lishiga yuqori darajadagi “ehtiyoj” bor (to’qima darajasida)
|
YAngi oqsil sintez bo’lishiga
“ehtiyoj” pasayadi, eski oqsil esa “yarim parchalanish” tezligi bilan parchalanadi
|
YAngi oqsilning paydo bo’lishi (uning miqdori) “yarim parchalanish” tezligini oshiradi
|
Resintez sintezdan o’zib yetadi
|
A’zo o’sadi
|
A’zo o’sadi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |