Ta’lim berish sharoiti
|
Texnik vositalardan foydalanishga va guruҳlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya, o’quv xonasi
|
Monitoring va baҳolash
|
Og`zaki nazorat, savol-javob
|
2 MAVZUning ma`ruzasi
“Atrofimizdagi olam va “Tabiatshunoslik” darslarining tarbiyaviy aamiyati.
Reja
Atrofimizdagi olam va Tabiatshunoslikni o’qitishda o’quvchilarni xar tomonlama tarbiyalash.
Atrofimizdagi olam va Tabiatshunoslikni o’qitishga qo’yiladigan zamonaviy talablar.
Tabiatshunoslikni boshlang`ich sinflarda boshqa fanlar bilan aloqasi.
Qadriyatlar tizimi, tabiiy, moddiy, ma’naviy, milliy, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish yo’llari.
Tabiatshunoslik ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari.
Asosiy tabiatshunoslik ko’nikmalar va malakalar.
Adabiyotlar
Karimov I.A. “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.” – T.: O’zbekiston, 1997 y.
I.A.Karimov “Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.” - T.: O’zbekiston, 2000 y.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g`risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni. - 1997 y.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining «2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» to’g`risidagi qarori. - 2004 y.
Nuritddinova “Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi” T., 2005 yil.
V.M. Pakulova, V.I.Kuznestova. “Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi”. – M., Prosveщenie, 1990.
Petrosova R.A., Golov V.P., Sivoglazov V.I. Metodika obucheniya estestvoznaniyu i ekologicheskoe vospitanie v nachalnoy shkole. – M., 1999.
Pedagogika ta’lim va tarbiyaga tarbiyalovchi deb uning ikki tomonini ko’rsatib beradi. Ta’limning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Boshlang`ich maktabda tabiatshunoslik fanining ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari o’qitish jarayonida birgalikda echiladi. Tabiatshunoslik o’zining mazmuni va metodlari bilan o’quvchilarni xar tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega. Uning asosiy maqsadi bilimlar yigindisini faqat esda koldirish bo’lib qolmasdan, ularni ishonchga aylantirish. Ishonch insonlarga, atrof olamga bo’lgan munosabatda, odatlarda, ish tutishda, xulk-atvorda namoyon buladi. Bunda birinchi tabiatshunoslikning turmush bilan aloqasi kursatiladi. O’quvchilarni xayotining bir me’erda borishini xalq-xo’jalik rejalari, davlat qarorlari tushunarli shaklda tanishtirib boriladi.
Tabiatshunoslik buyicha mashg`ulotlarda o’qituvchi o’quvchilarni atrof olam bilan tanishtiradi, tabiatdagi jarayonlarning moddiyligini ochib beradi, inson tabiat to’g`risidagi bilimlar bilan qurollanib, undan qanday foydalanayotganlarini ko’rsatadi. Xikoya qilib axamiyati to’g`risida xulosa chiqarib, tabiatni muxofaza qilish tadbirlari ustida to’xtab, mamlakatimizdagi tabiat boyliklariga aloҳida munosabatda bulishni aytadi va tabiat muxofazasi davlat darajasidagi vazifa tushuntiradi.
Ta’lim bilan birgalikda xar tomonlama tarbiyalash xam vujudga keladi. Xar tomonlama tarbiyalashning vazifalariga: maktab o’quvchilariga meҳnat madaniyatini singdirish, odamlar meҳnatiga xurmat uyg`otish, turli kasblar bilan tanishtirish va boshqalar kiradi.
Tabiatshunoslik buyicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalalarini aks ettiradi. Sanitar-gigienik tarbiya maktabda 1-sinfdan boshlanadi. “Bizning uy” mavzusini o’rganishda o’qituvchi bolalarni kun tartibi, shaxsiy gigiena qoidalari, eyish tartibi, uy va xona tozaligi xaqida suҳbat olib boradi. 2-sinfda bu bilimlar kengayib, chuqurlashadi. 3-sinfda o’quvchilar tana qismlarini va sog`liqni saqlash bilan tanishadilar. 4-sinfda bolalar sog`liqni muҳofaza qilish bilan “Odam va tabiat”, “Tabiatni turli xilligi” mavzular orqali tanishadilar.
Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik, munosabatini, vatanparvarlikni va go’zallikni tushunishini tarbiyalash kerak.
O’lka tabiati, daryolar, o’rmon massivlari to’g`risidagi matnlarni o’rgata borib o’qituvchi jumxuriyatning xalq xo’jaligi uchun ularning axamiyatini ta’kidlab o’tadi. Bu vatanparvarlik ҳissini tarbiyalaydi.
Shuning bilan birgalikda tabiatshunoslik darslari-mexnat tarbiyasi maktabi xamdir. Odam mexnati-uning jismoniy va ma’naviy sixatligining manbai ekanligiga ishontirib, o’qituvchi mexnatiga muxabbatni, astoydil meҳnat kilishi istagini, meҳnat axliga xurmatini tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda "Maktab xodimlari mexnatiga ҳurmat", "Maktab oldi uchastkasidagi ishlarda katnashish", "Ishlab chiqarishda band odamlarning kasblari". 2-sinfda "Kun tartibidagi meҳnatning turlari", "Maktab mulkiga eҳtiyotlik munosabati", "Xona o’simliklarini parvarish qilish", "Qurilishda ishlovchi odamlarning kasblari", "Mavsumlar buyicha maktab oldi uchastkasidagi ishlar". 3-sinfda "Tabiatdan foydalanish va uni muxofaza kilish buyicha odamlar meҳnati", "Meҳnat va dam olish rejimi"/tartibi/" "Dalada, bog`da, polizda odamlar meҳnati", "Maktab oldi uchastkasida odamlar meҳnati", "Foydali qazilmalarni olish". 4-sinfda "Cho’llarda, dashtlarda, o’rmonda, tog`larda, tundrada odamlar mexnati", "Er osti boyliklari suv, xavo, o’simliklar, xayvonlar muxofazasi buyicha odamlar meҳnati" mavzularidir. Meҳnat tarbiyasi o’quvchilarning kompleks tarbiyasida katta o’rin egallaydi.
Tabiatshunoslikni o’qitish o’qituvchiga o’quvchilar tafakkurini, ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi.
Tabiatshunoslik buyicha mashgulotlarni sinfdan va maktabdan tashkari tadbirlar ochiq xavodagi uyinlar, o’lkashunoslik ekskursiyalar bilan chambarchas bog`lamoq zarur. Bu o’quvchilarning yaxshi bilim olishgagina emas, shaxsni shakllanishiga ta’sir kursatadi. Boshlang`ich sinfda tabiatshunoslikni o’qitishning maqsadi botanika, zoologiya, ekologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiena, jugrofiya fanlarining elementar asoslarini berishdir.
Tabiatshunoslikni o’rgana boshlashdanoq o’quvchilarda o’simlik va ҳayvonot dunyosi to’g`risida moddiy tushunchalarni shakillantirib borish, amaliy ishlarni bajarish, tajribalar, kuzatishlar, ekskursiyalar o’tkazish jarayonida olingan tushunchalar ilmiy nuqtai nazaridan tasdiqini berish kerak.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari uchun eng aniq, kuzga tashlanadigan aloqalargina tushunarli bo’ladi. Shuning uchun 1-2 sinf o’quvchilari tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatib, kuzdagi va qishdagi xodisalar sovish, baҳordagilar esa ilish bilan bog`liqligini payqaydilar. 3-4 sinflarda kuzatishlar natijasida endi tabiatning ayrim elementlari o’rtasida oddiy bog`lanishlar borligini aniqlaydilar. Nima uchun xavo ҳaroratining o’zgarishini, nima uchun kun bilan tun almashishini va ҳokazolarni bilib oladilar.
Tabiatni muxofaza qilish va uning boyliklaridan tejab-tergab foydalanish aloxida axamiyat kasb etadi. Bu masalani muxokama qilishda iqtisodiy va ilmiy-texnik omillar bilan birga uning aҳloqiy tarbiyaviy tomonlari ҳam muxim aҳamiyatga egadir.
Olti yoshli o’quvchildarni jonajon o’lka tabiati namunasida axloqiy tarbiyalashda "Atrof tabiat bilan tanishtirish" predmetining imkoniyatlari juda kattadir. Dars mashg`ulotlari orqali bolalarni axloqiy tarbiyalashda quydagilar asosiy vazifa qilib qo’yiladi: 1.Jonajon o’lka tabiati bilan tanishtirish orqali o’quvchilarda unga nisbatan muxabbat va faxrlanish xissini uyg`otish. 2.Tabiat boyliklarini saqlash, ko’paytirishga o’rgatish asosida ijtimoiy mulkni tejab asrash malakasini xosil qilish. 3.Tabiatga nisbatan mexr-muxabbat o’yg`otib, ijobiy munosabatlarda bo’lishga odatlantirish, shu yo’l bilan o’quvchilarda insoniylik, o’zaro xurmat xissini o’stirish. Jonajon o’lka tabiatini 2-mashulot "Maktab er uchastkasiga ekskursiya"dan boshlash. Mashg`ulotda o’quvchilarni maktaboldi uchastkasi va unda o’sayotgan o’simliklar bilan tanishtirish, tabiatga nisbatan muxabbatni tarbiyalash, uni avaylab asrashga o’rgatish asosiy maqsad qilib qo’yiladi. Amaliy ishlarni maktab er uchastkasida olib boriladi. Dastlab o’quvchilarni maktab er uchastkasi, undagi o’simliklar, poliz ekinlari, tashqi ko’rinishlari bilan tanishtiradi. Mevali va manzarali daraxtlar, rang-barang ochilib turgan gullar, etilib pishgan poliz ekinlari kishilar meҳnatining natijasi ekanligi bolalarga tushuntiriladi. 2. Paxtachilik bilan tanishtirish orqali bolalarga uz respublikasiga, uning meҳnatkash xalqiga nisbatan ҳurmat xissi tarbiyalanadi. Shu maqsadda mashg`ulot davomida o’quvchilar er uchastkasidagi paxtazorlarga olib borilib, ular bilan suҳbat o’tkaziladi.
O’quvchi yoshlarga ekologik bilimlar berish davr talabidir. Ekologik bilimlar yuzasida bolalarga puxta bilim, o’quv va malakalar xosil qilishlari va o’quvchildarda mustaqillik ko’nikmalari o’stirishga yordam beradi. Ekologik bilim va tarbiyaning asosiy yo’nalishlari qo’yidagi natijalarni beradi: birinchidan o’quvchilarga zamonaviy ekologik tafakkur shakllanadi; ikkinchidan, bolalarda mamlakatning xaqiyqiy egallari qilish xissini tarbiyalab, yuksak ekologik madaniyatni tarkib toptiradi; uchinchidan, yoshlarda psixologik, axloqiy sifatlarni o’stirib, ularni intizomlilikka va tejamkorlikka o’rgatadi.
Shu o’rinda o’quvchilar bilan go’zal tabiat ҳaqida suҳbatlar tashkil etish, uni asrash yuzasidan olib boriladigan ulkan nashrlar xususida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.
O’quvchilarga yashil tabiat quchog`idagi borliqni sistemali ravishda o’rgatib borish jarayonida ekologik bilim va tarbiyaning o’ziga ҳos tomonlari singdiriladi; insonning meҳnat faoliyati bilan tabiat o’rtasidagi aloqalar tushuntirilib, tasavvur xosil qilinadi. Boshlangich ekologik bilim va ko’nikmalarni shakllantirish orqali o’quvchilarning bilish qobiliyatlari o’stirilib ularda mustaqil fikrlash ko’nikmasi rivojlantiriladi. Shu kabi o’qish ko’nikma va malakani singdirish uchun o’qituvchi o’qitishning turli metod ҳamda metodik usullaridan foydalanadi. Atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik dasturlarining mazmuniga didaktik tamoyilari kiritilgan. Didaktik prinstiplar o’qituvchining faoliyati bilan o’quvchilarning bilish faoliyatini xarakteri bilan belgilanadi. Tabiatshunoslikni o’qitishda quyidagi prinstiplardan foydalaniladi:
1.O’qitishda muntazamlilik va izchillilik. 2. O’quv materialini ilmiy va tushunarli bo’lish qoidasi. 3. Nazariyani amaliyot bilan bog`lash. 4. Tabiatshunoslikni o’qitishda o’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi qoidasi. 5.O’qitishning ko’rgazmalilik qoidasi. 6. Bilimlarni puxta o’zlashtirish qoidasi. 7. O’qitishni individuallashtirish qoidalari.
Tabiatshunoslik kursi metodik tanglangan muntazamlashtirilgan unsurlardir. Materialni bunday berilishi bolalarning tabiat to’g`risidagi fan asoslarini, atrof olamning jism va xodisalarini aks ettiruvchi, ular o’rtasidagi bog`lanishlarni ochib beruvchi obektlar bilan, keyin murakkablirog`i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Shu bilan tabiatshunoslikni o’qitishda muntazamlilik tamoyili amalga oshiriladi.
O’qitishning tizimliligi bilimni bayon qilishda muntazamlilikka amal qilishdan tashqari amalyot bilan boglashning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini, tabiatshunoslik bilimlarini kuzatishlar va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o’yinlar bilan atrofdan ҳayot va qurilish amaliyoti bilan, meҳnat ta’limi va ijtimoiy-foydali meҳnat bilan, maktaboldi uchastkasidagi ish va unimli meҳnat bilan bog`lanishini nazarda tutadi.
O’quv materialini ilmiy va tushunarli bo’lish qoidasi XIX asrning 60-yillarigacha tabiatshunoslik predmet emas, tabiat nomi bilan saqlanib kelgan bo’lsa endi mustaqil predmet sifatida o’qitilmoqda. Maktab tabiatshunoslik kursining mazmuni fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Dasturi esa o’lkashunoslik xusussiyatlarini ҳisobga olgan xolda tuzilgan, boshlanich maktabdagi tabiatshunoslik ta’limining mazmuni botanika, zoologiya, ekologiya, odam anotomiyasi va fiziologiyasi taraqqiyotiga muvofik, keladi. Ilmiylilik qoidasi xozirgi zamon fanida qaror topgan qoidalarni o’quvchilarga o’zlashtirish uchun taklif qilinishini nazarda tutadi. Ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta’minlash uchun maktab o’quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini ҳisobga olib eng muxim ilmiy ma’lumotlarni tanglab olish kerak. O’quvchilarning idrok qilish imkoniyatlari o’quv mavzulari va amaliy masalalarni izchilik bilan murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi. Bu ilmiy bilimlarni chuqurroq egallashga imkon yaratadi.
Nazariyani amaliyot bilan bog`lash prinstipi meҳnat ta’limi va o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini tushunishiga olib keladi va o’zlashtirish sifatini orttiradi. Bu prinstip xarakteri o’quv predmetining mazmuni bilan taqozo qilinadi. Tabiatshunoslikni o’qitishda nazariy bilimlar tabiatning xodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida o’zlashtirib oladi. Amalyot nazariyadan oldiniroq kelishi maqul, chunki nazariyani o’zlashtirishga qiziqish uyg`otadi.
Tabiatshunoslikni o’qitishda o’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi qoidasi: 1 .O’quvchilarning o’qishga ongli va ijodiy munosabatda bo’lishlarini. 2. O’rganilayotgan materiallarni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini. 3. O’qish meҳnatini ijodiy xarakterda bo’lishini. 5. Bilimlardan amaliyotda ongli qo’llanishi va ularni ishonishga aynalishini o’z ichiga oladi.
O’qitishning ko’rgazmalilik qoidalarini foydalanyshning asosiy vazifasi o’quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirish. Ko’rgazmalilik prinstipi atrof olamni qabul qilib olishda o’qitishni nazarda tutadi. Bu prinstipga rioya qilish tabiatni o’rganishning dastlabgi bosqichlarida zarur, sababi kichik yoshdagi maktab o’quvchilari ko’rganlarida xosil qilgan ta’surotlari asosida to’g`ri tushuncha va xulosalar xosil bo’lishga yordam beruvchi bilimlarga ega bo’ladi. Tabiatshunoslikni o’qitishdagi ko’rgazmalilikni mashg`ulotlar jarayonida qo’ydagicha ajratiladi: 1. Tabiy jismlar tirik tabiat burchagidagi, (zooparkdagi, o’simliklar, xayvonlar). Gerbariylar, kollkstiyalar. 2. Tajriba ko’rinishidagi xodisalarni eslatuvchi surat, tablista, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalar.
O’qitishni individuallashtirish qoidalari o’quvchilarning individual xusussiyatlarini o’rganishda katta aҳamiyatga ega. Bolalar taraqqiyotida to’g`ri keladigan umumiylik rivojlanish darajasi: bilimi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvorlar singari o’xshashliklar bo’lishi bilan bir qatorda faol bir o’quvchi uchun uning individual xusussiyatlari bo’ladi:
1. Diqqatning rivojlanishi.
2. Darsdagi xulq atvorning xarakteri.
3. Predmetga munosabati.
4 .Ko’rgazmali va og`zaki materialni qabul qilishning tezligi va aniqligi.
5. O’quv materialini tushunib olishi va xarakteri.
6.Tabiat to’g`risidagi bilimlarining sifati va og`zaki ҳamda yozma nutqlarining rivojlanish darajasi.
O’lkashunoslik qoidalari nazariy tabiatshunoslik kursni o’quvchilarni o’z o’lkasi tabiati bilan yaqindan munosabati orqali olingan bilimlari bilan muntazam bog`lilikni nazarda tutadi. O’lkashunoslik tamoyilari tabiat bilan tanishtirishda ko’p didaktik tamoyilarini qo’llashga imkon beradi.
Tabiatshunoslik darslarining boshlang`ich sinflardagi turli fanlar bilan aloqadorligi o’qituvchiga o’quvchilarda tabiatshunoslik tushunchalarni nafaqat tabiat darslarida, balki meҳnat, tasviriy san’at, o’qish, ona tili darslarida shakllantirishga katta imkoniyat beradi.
Tabiatshunoslik qishloq-ҳujalik va texnik meҳnat bilan chambarchas bog`liq. Tabiatdagi ҳodisalarni kuzatishlar nutq o’stirish darslarining og`zaki va yozma nutqini o’stirishga keng material beradi.
Tabiatshunoslik darslaridashe’riy asarlardan foydalanish, shuningdek tasviriy san’at asarlari (mavsumiy o’zgarishlarga, tabiat go’zalligiga qaratilgan) tabiatni nafaqat emostional qabul qilish, balki ijodkorlik faoliyatga qiziqish uyg`otishi mumkin.
Tabiatni go’zalligini o’rganayotganda o’quvchilar daftarlariga tabiiy ob’ektlardan namunaviy tasvirini chizadilar, buning uchun rasm darslarida olingan o’quv va ko’nikmalardan foydalanadilar.
Tabiatdagi kuzatish va amaliy ishlar matematika darslari bilan bog`liq. Kundalik kuzatish daftari, yoki ijodiy daftardagi xisoblanadigan tabiat belgilari (xavo xarorati) matematikada olingan nazariy bilimlardan amalda foydalanishga imkon beradi.
Shuningdek Tabiatshunoslik darslaridagi bilim va kunikmalar jismoniy tarbiya darslarida sportning odam sog`ligi uchun axamiyatini, sportning turlariga qiziqish o’g`otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |