O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi



Download 207,92 Kb.
bet3/5
Sana09.04.2022
Hajmi207,92 Kb.
#539655
1   2   3   4   5
Bog'liq
21 O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi

Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 07/19/4522/4031-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Davlat geologiya qo‘mitasi raisiga, zarurat bo‘lganda, Davlat geologiya qo‘mitasi va uning tasarrufidagi tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan shtatdagi soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat geologiya qo‘mitasi va uning tasarrufidagi tashkilotlar boshqaruv xodimlarining shtatdagi cheklangan soni 391 nafar, shu jumladan, markaziy apparatda 107 nafardan iborat bo‘lishi belgilansin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 07/19/4522/4031-son)
12. Belgilab qo‘yilsinki:
Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati ta’minoti uning tasarrufidagi tashkilotlarning ajratmalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Davlat geologiya qo‘mitasi raisi Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida maslahatchi sifatida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, zarur bo‘lgan holatlarda xalqaro tashkilotlardan, chet el kompaniyalaridan ekspert-maslahatchilarni va tajribali mutaxassis-amaliyotchilarni jalb qilish huquqiga ega.
13. Davlat geologiya qo‘mitasi Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati va uning tasarrufidagi tashkilotlarni zarur nazariy bilim va amaliyot ko‘nikmalariga, qo‘mitaga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini ta’minlaydigan darajada yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ikki oy muddatda ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda tasdiqlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda ma’lumotlar bilan almashish, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish sohasidagi ruxsat beruvchi hujjatlar berilishi jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasining ma’lumotlar bazasini vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlar tizimi bilan yagona idoralararo elektron aloqa tizimiga birlashtirsinlar.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Davlat geologiya qo‘mitasining ma’lumotlar bazasini birlashtirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
16. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab:
Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlariga uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun qo‘shimcha to‘lovlar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda to‘lanadi;
Davlat geologiya qo‘mitasining respublikaning tegishli hududlarida joylashgan idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari uchun ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-apreldagi 232-son qaroriga muvofiq “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlari ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlarini to‘lashning cheklangan miqdori O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2,11 baravarini tashkil etadi;
(16-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlari ish haqiga koeffitsiyent belgilanishi bilan bog‘liq xarajatlar Mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish yillik davlat dasturlari doirasida bajarilayotgan ishlar tannarxiga kiradi.
17. Belgilab qo‘yilsinki, Davlat geologiya qo‘mitasi va uning tasarrufidagi tashkilotlari tomonidan Mineral-xomashyo bazani rivojlantirish takror ishlab chiqarilishi yillik davlat dasturlari doirasida olib boriladigan geologiya ishlari (xizmatlari) 2018-yil 1-apreldan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi:
a) ikki hafta muddatda Davlat geologiya qo‘mitasi va uning tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasiga va shtat jadvallariga ushbu qarorga muvofiq o‘zgartirishlar kiritsin;
b) uch oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
“O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash”, “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini;
yer qa’ridan foydalanish sohasida, shuningdek, ushbu sohada faol investitsiyaviy siyosatni olib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda Davlat geologiya qo‘mitasi, uning tasarrufidagi tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining roli va mas’uliyatini oshirishni hisobga olgan holda “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida takliflarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
v) ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 16-bandi ikkinchi xatboshidagi talablardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi yangilangan Nizomni tasdiqlash va geologiya sohasi xodimlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-iyuldagi 494-son qaroriga 1-ilovaning 5-bo‘limiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar kiritsin;
g) 2018-yil 1-maygacha bo‘lgan muddatda o‘zi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qa’rini geologik o‘rganish sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 13-sentabrdagi PQ-2589-son qarori 4-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish har yillik davlat dasturlari doirasida Davlat geologiya qo‘mitasiga yo‘naltiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, xo‘jalik faoliyatidan tushumlar, xalqaro tashkilotlar grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar X.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutini moliyalashtirish manbai hisoblanadi”.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 7-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
21. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islomov zimmasiga yuklansin.
O
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-sonli qaroriga
1-ILOVA

Download 207,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish