Oldingi tahrirga qarang.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
yer osti suvlari qismi bo‘yicha suvdan maxsus va ehtiyoj yuzasidan foydalanish uchun ruxsatnoma belgilangan tartibda Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy gidrogeologik stansiyalari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladi;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar belgilangan tartibda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan “Litsenziya” axborot tizimi orqali beriladi;
yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladigan konchilik ishlarini rivojlantirish rejalarini belgilangan tartibda kelishish, shuningdek, ularni qazib olish hajmlari to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni qabul qilish va ularni keyinchalik Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondiga yuborish:
noruda foydali qazilmalar bo‘yicha — Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari;
rudali foydali qazilmalar va uglevodorodlar bo‘yicha Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ruxsatnomalarni olish uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berilishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
6. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
birinchi — yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ikkinchi — respublikaning mineral-xomashyo bazasini jadal rivojlantirish, birinchi navbatda, yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranni, yangi turdagi mineral xomashyoni va ularning konlarini tezkor qidirish;
uchinchi — geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, joylarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni hisobga olgan holda foydali qazilmalar zaxiralari ko‘paytirishni hamda iqtisodiyot sohalarining mineral xomashyo bazasini qayta to‘ldirishni ta’minlash;
to‘rtinchi — foydali qazilma konlarini geologik o‘rganish va sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish sohasida faol investitsiya siyosatini yuritish va qulay investitsiyaviy muhitni yaratish;
beshinchi — raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun birinchi navbatda, respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan sanoat sohalarining xomashyo manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
oltinchi — mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish uzoq muddatli, o‘rta muddatli va yillik davlat dasturlarining amalga oshirilishi monitoringini olib borilishini va nazorat qilinishini ta’minlash, yer qa’rini geologik o‘rganish metodikasi, hajmi, sifati va natijalarining ishonchliligini xolis baholash;
yettinchi — yer qa’rini geologik o‘rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib olishda, mineral-xomashyoni qayta ishlashda muhofaza qilish, shuningdek, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik bilan ta’minlash sohasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratni amalga oshirish;
sakkizinchi — zamonaviy yuqori unumli geologiya-qidiruv uskunalarini jadal sur’atlarda joriy qilish, ilg‘or texnika va innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlash hisobiga geologiya sohasini modernizatsiya qilishga doir chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish;
to‘qqizinchi — geologiya sohasi uchun yuqori malakali oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlarni tayyorlash, geologiya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, mehnatini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
7. Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparatida quyidagi bo‘linmalar tashkil etilsin:
Mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish bosh boshqarmasi;
geologiya sohasida davlat xizmatlari boshqarmasi;
fan va innovatsiyalar boshqarmasi;
texnika siyosati boshqarmasi;
foydali qazilmalar zaxiralari bo‘limi;
nazorat va ijro intizomi bo‘limi;
murojaatlar bilan ishlash bo‘limi;
jamoatchilik va ommaviy-axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilotlarni qayta tashkil etish va asosiy vazifalari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish va asosiy vazifalari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruh 3-ilovaga muvofiq tashkil qilinsin.
Ishchi guruh (A.S. Sultanov) O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish va asosiy vazifalari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini 2018-yil 1-avgustgacha ta’minlasin.
10. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Do'stlaringiz bilan baham: |