O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida


Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV



Download 33,59 Kb.
bet3/6
Sana13.06.2022
Hajmi33,59 Kb.
#660885
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17.02 ga

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 11-aprel,
143-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
11-apreldagi 143-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risida
NIZOM
1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — FVV) fuqaro muhofazasi, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi ishlarga rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirib borish ishlarini amalga oshiruvchi markaziy davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga va Oliy Majlisning boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taalluqli masalalarga doir xalqaro shartnomalariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, tabiatni muhofaza qilish va maxsus vakolatli davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
4. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, shuningdek, tinchlik va urush vaqtida favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi xatti-harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va faoliyatini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini, mamlakat hududini, respublikaning milliy boyligi bo‘lgan obyektlarni muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishni tashkil qilish hamda amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining aholini va milliy boyliklarni muhofaza qilish, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib borish shuningdek, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa obyektlarning barqaror ishlashini, terrorchilik harakatlari oqibatlarining tugatilishini;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-martdagi 107-sonli qarori tahririda)
yirik favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish, ushbu maqsad uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalarni tashkil etish va ularning tayyorligini ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga, aholini, mamlakat hududini muhofaza qilishga hamda favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda xalq xo‘jaligi obyektlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish;
moliya, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarining davlat favqulodda zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarni muvofiqlashtirib borish;
aholini, FVDT mansabdor shaxslarini va tuzilmalarini favqulodda vaziyatlardagi harakatlarga tayyorlashni tashkil etish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni tashkil etish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni tashkil etadi;
FVDT faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejalari loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga belgilangan tartibda taqdim etadi;
Vazirlikning faoliyat sohasi masalalari bo‘yicha davlat maqsadli dasturlarining davlat buyurtmachisi vazifasini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning, shu jumladan, halokatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalariga oid normativ hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishini tashkil etadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha yo‘riqnomalar, normalar, qoidalar va boshqa normativ-uslubiy hujjatlarni tasdiqlaydi;
fuqarolar muhofazasi bo‘yicha belgilangan normativ talablarning bajarilishi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, boshqaruv organlarining, FVDT kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda qidiruv-qutqaruv, avariya-qutqaruv va boshqa dolzarb ishlarni bajarishga tayyorligining ahvoli ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
shaharsozlik hujjatlarining hamda obyektlarni qurish loyihalarining fuqaro muhofazasi talablariga rioya qilish va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga oid qismini davlat ekspertizasidan o‘tkazishda qatnashadi;
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning vujudga kelishi mumkinligini oldindan aniqlash, ularni modellashtirish, O‘zbekiston Respublikasi hududlarini xavfli ishlab chiqarishlar, obyektlar hamda tabiiy ofatlar xavfi mavjudligi bo‘yicha rayonlashtirish, xalq xo‘jaligi obyektlarida va hududlarda tavakkalchilik darajasining normativ ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hamda joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi va muvofiqlashtirib boradi;
zilzila, ko‘chki, sel, toshqin va boshqa tabiiy ofatlarni, shuningdek texnogen tusdagi avariya va halokatlarni kuzatish hamda oldindan aniqlash tizimining faoliyat ko‘rsatishini va rivojlanishini muvofiqlashtirib boradi;
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalar tarkibini, ularni joylashtirish va jihozlashni aniqlaydi, o‘quv va sog‘lomlashtirish markazlarini tashkil qiladi;
favqulodda vaziyatlarni tezkorlik bilan cheklash va bartaraf etishga doir ishlarni bajarish uchun doimiy tayyor bo‘lib turuvchi avariya-qutqaruv bo‘linmalarini tuzish, tayyorlash va ulardan foydalanishni tashkil qiladi;
aholini favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida xabardor qilishni tashkil etadi, xabardor qilishning tegishli hududiy va mahalliy tizimlarining tashkil etilishini va ishlashini nazorat qiladi;
fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqaruv organlari va bo‘linmalari tomonidan bajarilishiga bevosita rahbarlik qiladi, ularning safarbarlik tayyorgarligini rejalashtiradi va tashkil etadi;
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining odamlarni qidirish va qutqarish, avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazish, neft, neft mahsulotlari, zararli kimyoviy, radioaktiv va boshqa moddalarning to‘kilishini bartaraf etish, tabiiy ofatlar va halokatlar oqibatlarini tugatish bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirib boradi;
respublika rahbariyatining topshirig‘iga binoan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan aholini sel, toshqin, ko‘chki, suv bosishi xavfi bo‘lgan joylardan ko‘chirish, yangi turar joylarda ular uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, shuningdek, ushbu joylardan ko‘chirilgan fuqarolar uchun uy-joylar, ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasi obyektlari qurish bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishini nazorat qiladi;
jamoat birlashmalarini hamda tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lgan alohida fuqarolarni, shu jumladan, xorijiy fuqarolarni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini o‘tkazishga belgilangan tartibda jalb qilish ishlarini uyushtiradi;
ijro etuvchi hokimiyatning manfaatdor organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining va xorijiy mamlakatlarning favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholisiga muruvvat yordamini shakllantirish va yetkazib berishni belgilangan tartibda tashkil etadi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining, boshqa vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlar joylaridagi ishlarni bajarishga jalb etiladigan xodimlarining xavfsizligini, ofatlar ro‘y bergan joylarga Vazirlik kuchi bilan yetkazib beriladigan yuklarning, shu jumladan, muruvvat yordami yuklarining saqlanishini ta’minlaydi;
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda vujudga kelgan favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan moddiy va atrof-muhitga yetkazilgan zararni aniqlash usullarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning halokatlardan zarar ko‘rgan yoki ularning oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tibbiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni va uni muvofiqlashtirib borishni hamda ushbu sohadagi tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, avariya va halokatlar oqibatlarini tugatish, odamlar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar ro‘y bergan hollarda xalq xo‘jaligi obyektlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik, fuqarolar va ommaviy axborot vositalari bilan aloqani belgilangan tartibda amalga oshiradi;
fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qabul qilishni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli boshqaruv organlarining, avariya-qutqaruv va boshqa tuzilmalarning moliyaviy, moddiy va texnik ta’minotini tashkil etadi, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan belgilangan tartibda mablag‘ bilan ta’minlaydi, ajratilgan moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanishni nazorat qiladi;
belgilangan tartibda tasdiqlangan tanituvchi belgilar, maxsus signallar va aloqa vositalari bilan jihozlangan maxsus transport vositalariga ega bo‘ladi;
belgilangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlar va bo‘linmalarni, o‘quv yurtlarini belgilangan tartibda tashkil etadi va qayta tashkil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati va o‘ziga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini, avariya-qutqaruv va boshqa tuzilmalarning xodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Download 33,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish