O’zbekiston Respublikasi davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan o’zining mustaqil taraqqiyot yo’liga asoslangan holda to’la ishonch bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tib bormoqda


Aholi daromadlari va turmush sifatini oshirish yo’llari



Download 1,82 Mb.
bet136/158
Sana25.06.2022
Hajmi1,82 Mb.
#702223
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   158
Bog'liq
in

Aholi daromadlari va turmush sifatini oshirish yo’llari
Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga yo’naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o’sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda.
Aholi real daromadlarining oshishida asosiy omil bo’lib, makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, iqtisodiy o’sishning tez sur’atlarda oshishi, inflyatsiyaning sezilarli darajada pasayganligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchayganligi hisoblanadi.

Aholi daromadlari asosan pul daromadlari va natural shakldagi daromadlardan tashkil topadi. Bozor munosabatlari rivojlanib borgan sari aholi pul daromadlarining salmog’i sezilarli darajada oshib, uning tarkibiy tuzilishi ham takomillashib boradi Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominalva real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.

Aholi pul daromadlari – ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishidan kelib tushadigan daromadlar.
Natural daromad – mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlari.
Nominal daromadaholi tomonidan ma’lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarining pul ko’rinishidagi miqdori.
Real daromadnarx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan daromadga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori bo’lib, real daromad aholining ixtiyorida bo’lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi.

Aholining o’sib borayotgan to’lov qobiliyati bilan mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari hajmi o’rtasida ichki bozorda mutanosiblikni ta’minlash, bunday mahsulotlar turini kengaytirish, bozorlarimizni ular bilan ishonchli tarzda to’ldirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, aholining turmush farovonligi ko’p jihatdan uning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Mazkur masalani hal etishda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish, dehqon va fermer xo’jaliklari faoliyatlaridan yanada samarali foydalanish zarur bo’ladi.
Aholi turmush darajasiga uning pul sarf-xarajatlari va jamg’armalari tarkibi hamda ular o’rtasidagi nisbat ham sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Umumiy holda aholi pul sarf-xarajatlari va jamg’armalari tarkibi tovar sotib olish va xizmatlarga to’lovlar, majburiy to’lov va badallar, omonatlar, qimmatli qog’ozlar, qat’iy valyuta xarid qilish va boshqa sarf-xarajatlardan iborat bo’ladi

Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish jarayoni aholi hayot faoliyati uchun sharoitlar yaratadi. Bu sharoitlar «turmush sifati» tushunchasi bilan tavsiflanadi. Turmush sifati – jamiyat farovonligi darajasini namoyon etuvchi va mohiyatiga ko’ra uning o’lchovi hisoblanuvchi tushuncha.

Aholi turmush darajasini yaxshilash va ularga qulayliklar yaratish jarayonida xonadonlarni gazlashtirish va aholi uchun etkazib beriladigan tabiiy gaz narxini belgilash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizga etkazib berilayotgan tabiiy gaz qo’shni davlatlarga nisbatan arzon narxlarda etkazib beriladi. Masalan, aholiga 1 ming m3 hajmdagi tabiiy gazni sotish uchun Qirg’izistonda 309 dollar, Tojikistonda 303,5 dollar, Qozog’istonda 100-140 dollar, O’zbekistonda esa 30 dollar narx belgilangan.


Shuningdek, mamlakatimizda mustaqillikka erishilgach aholi uy-joy va xonadonlarini gazlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda . Ayniqsa, bu borada shahar va qishloqlarni gaz bilan ta’minlanganlik darajasi o’rtasida tafovutni keskin qisqartirishga ahamiyat berilmoqda.
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o’rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo’ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorents egri chizig’idan foydalaniladi. Nazariy jihatdan daromadlarning mutlaq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo’luvchi) 0E chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko’rsatadi. Ya’ni aholining 20% barcha daromadlarning 20%ni, aholining 40% daromadlarning 40%ni, aholining 60% daromadlarning 60%ni olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig’i daromadlarning taqsimlanishidagi mutlaq tenglikni ifodalaydi.
Shuningdek, nazariy jihatdan mutlaq tengsizlikni ham ajratib ko’rsatish mumkin. Bunda aholining ma’lum guruhlari (20%, 40 yoki 60% va h.k.) hech qanday daromadga ega bo’lmay, faqat bir foizi barcha 100% daromadga ega bo’ladi. Chizmadagi 0FE siniq chizig’i mutloq tengsizlikni ifodalaydi.
Real hayotda mutlaq tenglik va mutlaq tengsizlik holatlari mavjud bo’lmaydi. Balki aholining ma’lum guruhlari o’rtasida daromadlarning taqsimlanishi notekis ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorents egri chizig’i deb nomlanuvchi 0E egri chizig’i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan ko’rinadiki, aholining dastlabki 20%ga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4%gacha) qismi to’g’ri keladi. Keyingi guruhlarga to’g’ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta qismi (deyarli 60%) aholining so’nggi 20%ga to’g’ri keladi. Bu guruh chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10% taxminan 20% daromadga ega bo’lsa, keyingi 10%ga daromadning deyarli 40% to’g’ri keladi va h.k.
Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko’proq qo’llaniladigan ko’rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 10% eng yuqori ta’minlangan aholi o’rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o’rtacha daromadi o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, Shvetsiyada esa 5,5:1ga teng.
Yalpi daromadning aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti) ko’rsatkichi qo’llaniladi. Djini koeffitsienti chizmadagi Lorents egri chizig’i bilan mutlaq tenglik chizig’i o’rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko’rsatkich qanchalik katta bo’lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo’ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko’rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQShda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar mavjud. Bularning asosiylari quyidagilar:

  • kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;

  • ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o’rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.

Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish