Davlatning byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o’zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag’larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo’jalik sub’eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikga ta’sir ko’rsatishda xam keng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to’lashda berilgan imtiyozlarga bog’liq bo’ladi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham foydalanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol o’ynaydi. U hozirgi sharoitda jamg’arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni rag’batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy tsikli va bandlikka ta’sir ko’rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo’yilmalari muhim rol o’ynaydi. Jumladan, bozor kon’yunkturasi yomonlashgan, turg’unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy kapital qo’yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o’sadi. Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o’sishiga qarshi turishga harakat qiladi.
Shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bir qator shakllarini ham ajratib ko’rsatish mumkin:
davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;
ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni davlat tomonidan rag’batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlarni ta’minlash;
investitsiya jarayoni va iqtisodiy o’sishni davlat tomonidan tartibga solish;
ishchi kuchi bozorga davlat tomonidan ta’sir ko’rsatish;
qishloq xo’jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning oliy shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat.
Iqtisodiy dasturlar o’rta muddatli, favquloddagi va maqsadli bo’lishi mumkin. O’rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favquloddagi dasturlar tig’iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyatsiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo’ladi. Bunday maqsadli dasturlarning ob’ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil yyo’nalishlari bo’lishi mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullaryordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo’jalik aloqalariga bevosita ta’sir ko’rsatiladi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to’liq xalos bo’la olmaymiz.
2018 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga asosiy e’tiborni qaratish zarur.
Valyuta bozorini isloh qilishga qarshi bo’lgan ayrim “ekspertlar”ning ikkilanishi va “maslahat”lariga qaramasdan, biz qisqa muddatda xalqaro standartlar asosida valyutani liberallashtirish jarayonini boshladik. Lekin biz yaxshi tushunamizki, bu ish ushbu sohadagi islohotlarning boshlanishi, xolos.
Valyuta siyosati biznes va iqtisodiyotni rivojlantirish manfaatlariga to’liq xizmat qilishi, investitsiya faoliyatiga ijobiy turtki berishi lozim.
2018 yilda soliq siyosatini amalga oshirishda keskin chora-tadbirlardan voz kechamiz. Chunki islohotlar davrida davlat tizimining uzluksiz faoliyat ko’rsatishi uchun byudjet barqarorligi suv bilan havodek zarur.
O’zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish niyatida bo’lgan investorlar uchun mamlakatimizni jozibali qilish maqsadida soliq tizimini takomillashtirish bo’yicha hali ko’p ish qilishimiz kerak.
Barcha biznes toifalari uchun soliq yukini kamaytirish va qulaylashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish zarur.
O’z ehtiyoji uchun ob’ektlar qurayotgan, yangi tashkil etilgan kichik va o’rta tadbirkorlik sub’ektlariga yagona soliq to’lovini ma’lum muddatga kechiktirish huquqini berish darkor. Shuningdek, kichik korxonalar uchun qo’shimcha qiymat solig’i to’lashga o’tishni rag’batlantirish shart.
Shu bilan birga, tez rivojlanayotgan, yiriklashib borayotgan korxonalarni rag’batlantirish siyosatiga o’tish lozim.
Soliq imtiyozlari berishda individual yondashuvlardan voz kechib, ularni faqat iqtisodiyotning ma’lum tarmoqlari uchun qo’llash amaliyotiga o’tishni taklif etaman.
Eng muhimi, investorlar nazari bilan qaraganda, soliq tizimi uzoq muddat davomida aniq va tushunarli bo’lishi kerak. Shuning uchun soliq tizimida puxta o’ylangan, uzoq muddatga mo’ljallangan siyosatni amalga oshirish lozim.
Biz mamlakatimiz byudjet tizimini qayta ko’rib chiqishimiz, byudjet daromadlari va xarajatlari xalqimiz uchun ochiq va oshkora bo’lishini ta’minlashimiz zarur.
Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, kuni kecha bo’lib o’tgan Senat majlisida O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi davlat byudjeti hamda soliq tizimini takomillashtirish bilan bog’liq muhim qonunlar ma’qullandi. Ushbu qonunlarga imzo qo’yishda men ularda xalqimiz manfaatlarini to’la aks ettirish, tadbirkorlar va investorlar uchun yanada qulay sharoit yaratish, hududlarimizni rivojlantirish bo’yicha aniq choralar nazarda tutilganmi, yo’qmi – shunga alohida e’tibor qarataman. Kerak bo’lsa, bu qonunlarni oddiy odamlarimiz va tadbirkorlarimiz manfaati nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqishga ham tayyorman.
Shunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |