3.2. Kriptovalyutalar – raqamli iqtisodiyotning aktivi sifatida
Yangi raqamli iqtisodiyotda bir qancha turdagi moliyaviy aktivlar bo’lib,
ular jumlasiga kriptovalyutalar ham kiradi. Hozirgi paytda turli xil kompaniyalar
tomonidan ishlab chiqilgan mingdan ortiq kriptovalyutalar mavjud va ularning har
bir kriptoiqtisodiyot sohasida bir qancha muhim funktsiyalarni bajaradilar.
Shulardan biri –
ICO
(
Initial coin offering
) bo’lib, uning yordamida biror bir
loyiha uchun jamoaviy mablag’ yig’ish jarayonini uyushturish mumkin. Bunday
usulda jamoaviy moliyaviy mablag’lar to’plash mexanizmining nomi kraudfunding
usuli vositasida innovatsion moliyaviy mablag’lar topish deb ataladi. Bunday usul
yordamida mablag’ to’plash uchun original usul taklif etiladi: kriptovalyutada
kafolat shartnomalari, ya’ni, blokcheynga asoslangan ommaviy kraudfanding
modeli versiyasi tashkil qilinadi – unda tashkilotchilar qatnashchilarning pul
o’tkazmalari kattaligi belgilangan kattalikda bo’lishi aniqlangach, ular investitsion
145
hamyonga oldindankelishibolinganmiqdordagipul o’tkazmalari o’tkazishadi. Pul
mablag’lari o’tkazuvchilarni «
ovlash
» va to‘plangan mablarni himoya qilish uchun
shartli depozit schetlar yaratish o‘rniga blokcheyn va u bilan bog‘liq dasturiy
ta’minot bu ishni avtomatik ravishda barchaga ko’rinib turgan tarzda bajaradi.
Maxsus ajratilgan va buzib kirishdan himoya qilingan, faqat dasturiy nazorat ostida
bo‘ladigan elektron hamyonda zarur miqdordagi mablag‘lar to‘plangach, u
tashkilotning zaxira qilingan mablag‘lari saqlanadigan boshqa hamyon bilan
birlashtiradi. Agar maqsadli investitsion summani to‘plashning uddasidan
chiqilmasa, pul mablag’lari avtomatik ravishda ortga, pul hadya qilganlarning
elektron hamyonlariga qaytarib yuboriladi. Shunday qilib, mablag‘lar to‘plash, uni
himoyalash, saqlash va qaytarish muammosi hal qilinadi. Endi raqamli
texnologiyalar yordamida mulk masalalarini boshqarish tizimini yaratish
muammosiga to’xtalamiz. Intellektual (smart) shartnomalar faqat moliya
sohasidagina ishlash bilan chegaralanmaydi. Agar ularni intellektual mulk bilan
birlashtiradigan bo‘lsak – bunda mulk huquqi hujjatlari va egalik qilishni
tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar kompyuter dasturlari foydalanishi uchun raqamli
shaklga o‘tkaziladi – bu moddiy (
masalan, uy yoki avtomobil
) yoki nomoddiy
(
masalan, patentlar
) aktivlarga mulkchilik huquqini avtomatik ravishda
o‘tkazishni ta’minlaydi. Xuddi shu tarzda kompyuter dasturi mos keluvchi
shartnoma shartlariga rioya qilinishi tasdiqlangan hollardagina aktivlar
almashinishga ruxsat berishi mumkin. Hozir kompaniyalar deyarli har bir elektron
qurilma yoki tovar birligiga shtrix kodlar, QR-kodlar, mikrochiplar, bluetooth-
uzatgichlarni faollik bilan joriy qilmoqdalar, buning natijasida istalgan moddiy
boyliklarga mulchilik huquqini aynan shu tarzda berish mumkin bo‘lgan
«buyumlar interneti» yaratiladi. Blockchain asosidagi yechimlarning keng
tarqalishi texnik, huquqiy, moliyaviy va madaniy xarakterdagi katta to‘siqlarga
duch kelmoqda. Hozirgi paytda yuzlab bunday yechimlar mavjud, lekin ularning
ko‘pchiligi oxirigacha ishlab chiqilmagan va qachonlardir amalga oshirilish
imkoniyatiga ega bo‘lishi ehtimoli ancha past hisoblanadi. Biroq ularga katta
energiya va innovatsion intellektual salohiyati sarflangan bo‘lib, bu bir qator jiddiy
146
loyihalar va startaplar yaratishda namoyon bo‘ldi. Bunday loyihalarning birinchisi
2012 yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |