Hollywood Stock Exchange, Intrade
va
HedgeStreet
(
endi
Nadex
) kabi markazlashtirilgan bashorat bozorlari tashkil qilishga urinishlar ham
bo‘lgan, lekin ularning katta qismi yopilib ketgan yoki yuridik va tartibga solish
bilan bog‘liq muammolar tufayli umuman ishga tushirilmagan.Blokcheyn
texnologiyasidan foydalanish bunday tizimni nisbatan chidamli, aniqroq, xatlar,
majburlashlar va likvidlik muammosiga nisbatan barqaror qiladi.
Augur
platformasida hakamlar «
referi
» deb ataladi, ularning qonuniyligi esa ularning
nufuzi bilan belgilanadi. «
To‘g‘ri xulq-atvor uchun
» - ya’ni ro‘y bergan voqea,
saylov yoki o‘yin natijasi uchun – ko‘proq nufuz ochkosi yoziladi. Tizimda
axloqiy me’yorlarga rioya qilish boshqa moddiy foydaga ham olib keladi:
foydalanuvchida qanchalik ko‘p nufuz ochkosi bo‘lsa, u shunchalik ko‘p bozorlar
tashkil qilishi va ko‘proq pul ishlab topishi mumkin.
Augur
ta’kidlashicha,
«bizning bashorat bozorlarimiz boshqa tomon bilan, markazlashtirilgan serverlar
bilan bog‘liq risklarni bartaraf qiladi hamda kriptovalyutalar, jumladan, blokcheyn,
ether va barqaror kriptovalyutalarni qo‘llagan holda global bozorni shakllantiradi.
Barcha mablag‘lar smart-shartnomalarda saqlanadi, pullarni o‘g‘irlab bo‘lmaydi».
Augur
huquq buzarliklarga nisbatan nolga teng bo‘lgan sabr-toqatni joriy qilib,
noaxloqiy shartnomalar muammosini ham hal qiladi. Bashorat bozorlari yakuniy
hodisalarga stavkalardan manfaatdor bo‘lgan investorlar uchun foydali, masalan:
«
IBM daromadi bu chorak hech bo‘lmasa 10 sentga o‘sadimi
?» Hozir korporativ
foydaning dastlabki bahosi – bir nechta ekspert tahlilchilar bashoratlarining
o‘rtacha yoki mediana qiymati, xolos. «
Omma donishmandligi
»dan foydalanib, biz
kelajak uchun realistik bashorat qilamiz, bu esa bozorlarni yanada samarali qiladi.
Bashorat bozorlarianomal hodisalar va global noaniqlikka qarshi xedjirlash uchun
hizmat qilishi ham mumkin. Bashorat bozorlari butun dunyo bo‘ylab investorlarni
ertaroq xabardor qilish tizimi sifatida xolisona ishlashi ham mumkin.Bashorat
qilish bozorlari moliya tizimining ko‘plab jihatlarini to‘ldirishi va oxir-oqibat
o‘zgartirishi mumkin. Xaridlar, rahbariyatning almushinuvi haqida hisobotlar
bo‘yicha bashorat bozorlarini tasavvur qilib ko‘ring. Bashorat bozorlari axborotlari
118
asosida bozorni xedjirlash va qadriyatlarni sug‘urtalash amalga oshirilishi mumkin
va istiqbolda ular hatto optsionlar, foiz stavkasi svoplari va kredit defolti svoplari
kabi mistik moliyaviy vositalarni siqib chiqaradi. Albatta, bashorat bozori hamma
joyda ham kerak emas, albatta. U yetarli miqdorda odamlar qiziqib qolmagunga
qadar e’tiborni jalb qilish qilish uchun kerakli darajada likvidli bo‘lmaydi. Lekin
baribir uning salohiyati ulkan va hamma uchun ochiq hisoblanadi. Blokcheyn
texnologiyalarimoliya hizmatlari bozorining chakana banking va kapital bozoridan
tortib buxgalteriya hisobi va tartibga solishgacha bo‘lgan barcha turlari va
funksiyalariga ta’sir etadi. Shuningdek, ular banklar va moliyaviy institutlarning
jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Agar eski dunyo qattiq
ierarxiyaga ega, sust, yopiq va shaffof emas bo‘lsa, o‘zgarishlarga qarshilik
ko‘rsatsa va kuchli vositachilar tomonidan nazorat qilinsa, yangi dunyo tekisroq,
piring qarorlari taklif qiladigan va ishonchli, shaffof, funktsiyalari bir-biriga
kiritilgan va innovatsion bo‘ladi. Albatta, o‘zgarishlar normal faoliyat
ko‘ratishning buzilishi va beqarorlikka olib keladi, lekin tarmoq yetakchilari
bugunning o‘zidayoq bu borada qandaydir choralar ko‘rish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar. Moliyaviy hizmatlar sohasini yaqin yillarda qisqarish ham, o‘sish ham
kutib turibdi: kamroq sonli vositachilar ancha kichik harajatlar bilan ko‘p sonli
kishilarga
ko‘proq
mahsulot va hizmatlar taklif qilishlari mumkin.
Nomarkazlashgan dunyoda ochiq va yopiq blokcheynlar o‘ziga joy topa oladimi,
yo‘qmi – bu tortishuvli masala. O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasining bartaraf
qilib bo‘lmaydigan kuchi hozirgi kunda zamonaviy moliyaning mustahkam
o‘rnashib olgan, tartibga solib tashlangan va rivojlanishdan to‘xtagan
infratuzilmasiga hujum qilmoqda. Ularning to‘qnashuvi moliya tizimi landshaftini
o‘n yilliklarga o‘zgartirib yuboradi. Umid qilamizki, u nihoyat industrial davrning
pul mashinasidan platformasiga aylanadi. Potensial foyda olish taklifi bilan jalb
qilinganbir nechta kompaniya blokcheynlar uchun qidiruv dasturlari yaratish
muammosi ustida ishlamoqda.
Google
dunyodagi barcha axborotlarni yig’ish va
tashkil qilish missiyasini o‘z zimmasiga olgan va bu masalani tadqiq etishga
kompaniya juda ko‘p mablag’ va inson resurslarini sarflaganiga ajablanmasa ham
119
bo‘ladi.Internetda qidirish va blokcheynda qidirish o‘rtasida uchta asosiy farq bor.
Birinchidan, bu foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi. Shu bilan bir
vaqtda tranzaksiyalar shaffof, har biri o‘zining shaxsiy ma’lumotlari egasi bo‘lib,
ular bilan qanday muomala qilishni o‘zlari hal qiladilar. Jarayonda nomini ma’lum
qilmagan holda yoki taxallus ostida (
o‘ylab topilgan nom ostida - anonim
) yoki
soxta-anonim (
qisman anonim
) ravishda ishtirok etishi mumkin. Ko‘plab
kompaniyalar personal yollash jarayonini qayta ko‘rib chiqishi va qayta tashkil
qilishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, kadrlar bo‘yicha mutaxassis blokcheynga yopiq
savollar (
ha/yo‘q
) berishni o‘rganishi lozim:
«Siz odammisiz?», «Amaliy
matematika sohasida oliy ma’lumotingiz bormi?», «Scrypt, Python, Java, C++
dasturlarida dasturlashtirishni bilasizmi?»
Do'stlaringiz bilan baham: |