O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


-Mavzu : Kredit va Bank tizimi



Download 1,9 Mb.
bet200/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

35-Mavzu : Kredit va Bank tizimi.

(2 soat ma’ruza)

Reja:

1. Kreditning moxiyati va manbalari.

2. Kreditning tuzilishi, vazifalari.

3. Banklar va ularning turlari. Markaziy bank va uning pul siyosati.

4. Banklarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli.
Tayanch so’z va iboralar:

Kreditning mohiyati va vazifalari. Kreditning turlari. Bank tizimini, Markaziy va tijorat banklari hamda ularning vazifalari.
Kredit lotincha so'zdan olingan bo'lib, “qarz” ma'nosini bildiradi. Bozor iqtisodiyotida ayrim bozor sub'ektlari (firmalar, korporatsiyalar va boshqalar) mavjud sharoitdagi mablag’lariga nisbatan qo’ishimcha pul resurslariga extiyoj sezadilar. Sababi, bozor sub'ekti kapitalning doiraviy aylanishini to’la amalga oshirish muayyan firmaning ma’lum miqdordagi pul resurslariga extiyojlarini keltirib chiqaradi. Ayni vaqtda boshqa firmalar, korporatsiyalar va shaxslarning vaqtincha bo’sh mablag’lari mavjud bo’ladi. Bu xolat pulga bo'lgan extiyojni kredit asosida xal etishga imkoniyat yaratadi.

Bozor iqtisodiyotida ssuda kapitali mavjud bo'lib, pul shaklidagi kapitalni qaytarib berish, foiz ko'rinishda xaq to'lash sharti bilan foydalanishga qarzga beriladi.

Kredit manbai quyidagilardan tashkil topadi:

1. Korxonalarning ish haqi berilgunucha tovar realizatsiyasi bilan bog’liq vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’lari.

2. Asosiy kapitalni (asosiy fondni) tiklash uchun ajratilgan amortizatsiya ajratmalari.

3. Korxonalarning texnik darajasi bilan bog’liq kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning ma’lum xajmi sharoitida jamg’arilgan mablag’lar.

4. Aholi ayrim qismining pul jamg’armalari.

5. Kelgusi ishlab chiqarish jarayonigacha bo’lgan davrda vaqtincha bo’sh turgan aylanma mablag’larning bir qismi sifatidagi korxona pul resurlari.

6. Davlatning jamg’arilgan pul resurslari.

7. CHet mamlakat davlat va boshqa sub’ektlarining pul resurslari.

Kredit berishda ma’lum qoida - tamoyillarga amal qilinadi.

CHunonchi, avvalo kredit, albatta o’z egasiga qaytarilishi shart.

Ikkinchidan, kredit ma’lum bir maqsad uchun beriladi.

Uchinchidan, kredit moddiy boylik bilan foiz ko’rinishida boyitilgan bo’ladi.

To’rtinchidan, kredit ma’lum muddatga beriladi.

Bozor iqtisodiyotida kreditning turli shakllari mavjud bo’lib, asosan, ikki shakldagi kredit muxim o’rin to’tadi. Bank krediti va tijorat krediti. Bank krediti banklar, yirik pul egalari, maxsus kredit tashkilotlari tomonidan pul shaklida qarz so’rovchilarga beriladi. Qarz so’rovchi sifatida tadbirkor, davlat va boshqalar bo’lishi mumkin.

Bank krediti - ob’ekti pul kapitalidir. Bank krediti o’zining muddati, maqsadli berilishi va boshqa qoida-imtiyozlari asosida tijorat kreditidan farq qiladi. Bank krediti kapital jamg’arish, aholi va firmalar pul mablag’larini kapitalga aylantirish kabi bir qator vazifalarni bajaradi.

Tijorat krediti - bir korxonaning ikkinchi korxonaga sotilgan tovar uchun muddati kechiktirilgan to’lov kurinishida amalga oshadi. Tijorat kreditining muxim vositasi vekseldir. Tijorat kreditining maqsadi tovarlar savdo - sotiqni tezlashtirish asosida ulardan keladigan foydani o’zlashtirishdir. Tovar baxosiga va veksel summasiga o’rnatilayotgan foiz har doim bank foizidan kam bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining taraqqiysi ko’p mamlakatlarda bank va tijorat kreditlarining bir-birlariga qo’shilib ketayotganligini ko’rsatmoqda.

Xozirgi paytda ko’p mamlakatlarda iste’mol krediti mavjud. Kreditning yana bir shakli - davlat kreditidir. Bunda qarz oluvchi davlat yoki maxalliy xokimiyat tashkilotlari xisoblanadi. Ular qimmatli qog’ozlar bozorida moliya-kredit tashkilotlari orqali zayomlar chiqarib, pul mablag’larini to’plashni bajaradi, safarbar qiladi.

Kreditning yana bir ko’rinishi - halqaro kreditlar. Halqaro kredit mamlakatlar o’rtasidagi pul kaptalining harakatida namoyon bo’ladi. Halqaro Valyuta Fondi, Halqaro Taraqqiyot va Tiklanish Banki, Jaxon Banki turli mamlakatlarga kredit berishning markazlari xisoblanadilar.

Kredit iqtisodiyotda bir qator vazifalarni bajaradi. Birinchidan, pul mablag’larini qayta taqsimlash vazifasi. Aholi, korxonalar, davlatning vaqtincha bo’sh pul resurslari ssuda kapitali tarzida iqtisodiyotning muayyan vaqtda rivojlanishi ko’zda tutilgan tarmoqlari, korxonalariga qayta taqsimlanadi.

Kreditning ikkinchi vazifasi - kapital yig’ilishini va markazlashuvini tezlatishdir. Kredit yakka ishlab chiqaruvchilarni xissadorlik jamiyatlariga, yangi firmalarga va ularni xatto halqaro korporatsiyalarga birlashtirib, kapital markazlashuviga, to’planishiga olib keladi.

Uchinchidan, kredit muomala harajatlarini tejash vazifasini bajarib, pul banknotalari o’rniga veksel, chek , banknot kabi xisob- kitob hamda pul o’tkazish shaklidagi muomala bilan pul muomalasini tezlashtiradi.

Nixoyat, to’rtinchidan, kreditdan iqtisodiyotni tartibga solishda foydalaniladi. Tabaqalashgan foizlar, imtiyozlar va kafolatlar asosida davlat jamiyat uchun muxim soxalarning taraqqiyoti uchun tadbirkorlar faoliyatini tartibga soladi. Natijada, iqtisodiyotning eng dolzarb, umumdavlat soxalari taraqqiyotini jadallashtirish imkoniyatlari yuzaga keladi.

Tovarning pul ho’jaligida ssuda fondi (kapital) mavjud bo’lib, jamiyatning juda ko’p extiyojlarini qondirishda qarz tariqasida shu fonddan foydalanadi.

Bu fond pul vositalarining jamg’armasi sifatida xo’jaliklar va aholining extiyojlarini moliyaviy shart-sharoitlar orqali qaytarish sharti bilan qondirishga qaratilgan.

Ssuda fondi resurslar tarkibi quyidagicha:

- Pul mablag’larining aylanma jarayonida korxonalar va tashkilotlarning vaqtinchalik bo’lmagan pul rezervlaridir. Ular maxsus fondlar, masalan, investitsiya uchun ishlovchilardan amortizatsiya harajatlari fondi va boshqalar;

- Davlat pul zaxiralari.

- Uzoq muddatli kredit berish uchun maxsus ajratilgan mablag’ jamg’armaliri;

- maxsus fondlarning erkin vositalari (pensiya , sug’urta) ;

- aholining shaxsiy jamg’armalari;

- Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul belgilari va to’lov vositalarining emissiyasi.

SHunday qilib qarzga beriladigan pul ssuda deyiladi. Agar qarzga berilgan pul ishga solinib, yangidan pul topish daromad topish, daromad olish uchun ishlatilsa, u ssuda qarz kapitali shaklini oladi. Agar qarz shaxsiy iste’molni qondirishga xizmat qilsa, odatdagi pul qarzi bo’ladi xolos.

Qarz kapitali uchun beriladigan foiz moxiyatan uni ishlatish tufayli yaratilgan qo’ishimcha maxsulotning, aniqrog’i qarz oluvchi uni ishlatib topgan daromadining bir qismidir.

Har qanday olingan pul oldindan foiz xisobiga qancha qilib qaytarilishi belgilab qo’yiladi.

Foiz miqdori yoki darajasi oldindan belgilanadi. Foiz darajasi (PD) qarz foizining (KP) berilgan qarz miqdoriga (KM) bo’lgan, foizlarda ifodalangan nisbatidir:

KP

PD = ----- x 100



KM

Agar 120 mln. dollarga teng qarzga 6 mln. dollar foiz to’lansa, quyidagicha bo’ladi.

6 mln.

PD = ------------ x 100 = 5 %



120 mln.

Foiz darajasiga ta’sir etuvchi omillar harakati tufayli o’zgarib turadi.

Ulardan assosiylari quyidagilar:

1. Pul bozordagi talab va taklifning nisbati ya’ni bozorda qanday miqdorda qarz pulga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa foiz ortadi, taklif ortsa u kamayadi.

2. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan olindigan naf, aniqrog’i shu pulning iste’mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun ko’p foyda keltirilsa yoki iste’molchi extiyojini to’laroq qondirsa foiz yuqori bo’ladi, aks xolda u pasayib ketadi. Bunda xozir ishlatishdan va kelajakda ishlatishdan tegadigan naf taqqoslanadi. Agar xozir pulni 8 % xisobidan qarz olib kelajakda 20 % xisobidan foyda ko’rilsa, qarz oluvchiga shu foiz ma’qul bo’ladi. Agar kutilgan foyda 7 % yoki 10 % bo’lsa foiz mutloqo to’g’ri bo’lmaydi.

3. Qarzni to’lash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni asta sekin kichik - kichik qismlarga bo’lib berilsa, bemalol qaytarish mumkin bo’lsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo’ladi. Agar qarz qisqa vaqtga berilsa va uni bir yo’la to’lash shart bo’lsa, qarzdor past foizni ma’qul ko’radi. Gap shundaki, qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib daromad ko’rish va shu xisobda foiz to’lash yengil bo’ladi.

4. Qarzni qanday pul bilan berilishi. Agar qarz erkin konvertirlangan valyutalarda berilsa, foiz yuqori belgilanadi. Agar u oddiy valyutada berilsa foiz nisbatan past o’rnatiladi. Konvertirlangan pul obro’-e’tiborli bo’lganidan uni ishlatish oson, undan tezda yaxshi daromad ko’rish mumkin.

5. Inflyatsiya darajasi. Inflyatsiya yuz bersa, qarzga berilgan pul egasiga qaytib kelguncha o’z qadrini qisman yo’qotadi. Bunday pul egasi yutqazadi. SHu sababli foiz inflyatsiyani xisobga olib o’rnatiladi. Agar odatda foiz 8 % qilib belgilansa, inflyatsiyani xisobga olib, banklar uni 15 % belgilaydilar. Bunda odatda 7 % inflyatsiya beradigan zararni qoplash kerak. Foiz inflyatsiya muddatiga to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi.

6. Pulni qarz berishdan ko’ra boshqa yo’sinda ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal ko’rish printsipini amal qiladi. Agar aktsiya dividendi yuqori bo’lsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aktsiyaga 15 % dividend berilsa, foiz undan yuqori bo’lishi shart. Aks xolda pul egasi uni qarzga bermay, aktsiya sotib olshni afzal ko’radi.

7. Qarz berish xatari darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa , foiz past, agar bu xatarli bo’lib, qarz qaytishi shubxali bo’lsa, foiz yuqori bo’ladi. Odatda moliyaviy baquvvat va nufuzli firmalar uchun foizi past belgilanadi va aksincha, moliyaviy axvoli beqaror mijozlar uchun yuqori foiz tayinlanadi.

Yuqori va past foiz o’rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz berish xatarini kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq bo’lishi bilan qoplanadi.

Banklar jamg’arma sifatida topshirilgan mablag’lar xisobiga sanoat, savdo korxonalariga va boshqa turli tadbirkorlarga pul bilan kredit beruvchi hamda boshqa pul bilan bog’liq munosabatlarni amalga oshiruvchi tashkilotlardir, korxonalardir. Xozirgi zamonaviy banklarning tarixiy rivojlanishi va tarkib topishi haqida ikki xil muloxaza mavjud. Birinchi muloxazaga binoan, banklarning vujudga kelishi pulning oltin va kumush shakllari zarb etilgan davrdan boshlandi. O’sha davr tadbirkorlari o’z amaliy faoliyatlarida oltinni zargarlarga tilxat asosida topshirib, olingan tilxatlarni dastabki qog’oz pullar shaklida ishlata boshladilar. Zargarlar tilxat berib, oltinni o’zlarida olib qolish asosida asta-sekin bankirlarga aylana boshladilar. Dastlabki vaqtlarda zagarlar tilxatni to’laligicha oltinga almashtiradilar. Vaqt o’tishi bilan zargarlar o’zlarida jamlanayotgan mablag’lar ko’pligini payqashib, ma’lum ortiqcha oltinni endi boshqa shaxslarga muayyan evaz xisobiga topshira boshlaydilar. Bu xolat xususiy pul zaxiralari asosida bank tizimining shakillanishiga olib keladi.

Ikkinchi muloxazaga asosan kishilik jamiyati tarixida xozirgi banklar faoliyatining dastlabki ko’rinishlari qadimgi Bobil, Misr, Gretsiya va Rim imperiyasi davlalarida shakllanadi. Dastlabki bank XVI asr o’rtalarida Italiyada tashkil topib, ular turli mamlakatlar va shaharlarning pullarini almashtirish vazifasini bajardilar. Mazkur banklarning bosh vazifasi pul mablag’larini qabul qilish va naqd pulsiz xisob-kitoblarni boshqarish bo’ldi. Muayyan turdagi banklar asta-sekin Gollandiya va Germaniyada XVII asr boshlarida tashkil topdi. Banklar, asosan, savdo va uning xisob-kitoblari bilan shug’ullanganlar. O’sha paytlarda banklar sanoat kapitaliga xizmat qilmas va pul zarb etish (emissiya) bilan shug’ullanmas edilar.

Banklar vujudga kelishining dastlabki asoslari pul qarz berish va pul almashtirish shaxobchalari bo’lib, ular asta-sekin kelajakda sudxo’rlik va keyinroq ssuda kapitalini shakllantirdilar. Mazkur ob’ektlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi banklarning vujudga kelishiga olib keladi. SHunday qilib, banklarning vujudga kelishi, avvalo tovar-pul munosabatlarining taraqqiyoti maxsulidir. Ikkinchidan, banklarni barpo etishdan maqsad - ishlab chiqarish jarayonini oxirigacha yetkazishda, bir ishlab chiqarish tsiklidan ikkinchisiga bemalol o’tish uchun mablag’ bilan ta’minlashdir. Bir so’z bilan aytganda sanoat kapitaliga xizmat qilish natijasida foiz keltiruvchi kapital va uning harakat shakli - kredit tizimi vujudga keldi.

O’zbekistonning bank tizimi ikki pog’onadan iborat:

Birinchi pog’ona - Markaziy bank;

Ikkinchi pog’ona - tijorat, xususiy, sanoat va boshqa banklar. O’zbekistonda xozirgi sharoitda 30ta tijorat banklar, jumladan, xususiy banklar, TIF milliy bank, paxta bank, sanoat-qurilish banki, ipoteka bank, turon bank, mikrokredit bank, kredit-standart bank, savdogarbank va boshqa turdagi banklar faoliyat ko’rsatmoqdalar. SHuningdek, chet el banklarining vakolatxonalari ishlamoqda. Iqtisodiyotning eng muxim masalalaridan biri - bu pul muomalasidir. Pul muomalasi - pulning to’xtovsiz harakati bo’lib, tovarlar va xizmatlar doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi muomala vositasi va to’lov vazifasini bajarishidir.

Pul bozori - pulga talab va taklif asosida pulning “baxosi”, ya’ni foiz darajasini aniqlovchi bozordir. SHuni e’tiborda tutish lozimki, pul boshqa tovarlar singari sotilmaydi va sotib olinmaydi. Pul bozoridagi oldi-sotdi jarayonida pul boshqa to’lovga qobil aktivlarga o’z qiymatiga monand yoki o’zining nominal qiymatidan o’zgargan baxoda almashtiriladi.

Pulga bo’lgan talab quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi:

1) pulning aylanish tezligiga;

2) baxolarning mutloq darajasiga;

3) ishlab chiqarishning real xajmiga .

J.M. Keyns pulga bo’lgan talab nominal daromad va ssuda foizining me’yoriga bog’liqligini ta’kidlaydi.

Pul muomalasini amalda davlat va nodavlat tashkilotlar yuritadi. Zamonaviy pul muomalasi naqd pulli va naqd pulsiz shaklda pul mablag’larining yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Naqd pul o’zining xajmiga ko’ra barcha pul mablag’lari, ya’ni bank xisob-kitob raqamlaridagi umumiy pulning 10 % ni tashkil etadi .

Pul massasi - bu muomala vositasi, to’lov va jamg’arish (investitsiya) vazifasini bajaruvchi muomaladagi naqd va naqd pulsiz shakldagi pul mablag’larining yig’indisidir.

Pul o’zining to’lovga qobillik darajasiga ko’ra quyidagi shakllardagi pul mablag’laridan iborat:

1) banknotlar, muomaladagi tangalar, joriy xisoblardagi pul mablag’lari;

2) omonat va tez fursatda qaytib olish ko’zda tutilgan jamg’armalar;

3) maxsus tashkilotlardagi jamg’armalar, (jamg’arish) investitsiyaning maxsus ko’rinishlari.

Markaziy bank turli mamlakatlarda mazkur davlatning pul siyosatini yuritadi. Bu faoliyat muayyan davlatdagi iqtisodiy boshqaruv tizimiga, iqtisodiy sharoitiga bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki davlatning pul-kredit siyosatini yuritar ekan, xozirgi kunda yetuk tajribaga ega emas, sababi, mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlari endi shakllanmoqda. Meros bo’lib qolgan eski bank tartiboti xanuzgacha yangi sharoitga to’laligicha moslashgani yo’q, bu borada yetarlicha tajriba ham yetarlicha emas. SHu kabi bir qator muammolar O’zbekistondagi Markaziy Bankning pul-kredit siyosatini to’la ravishda namoyon eta olmasligiga sabab bo’lmoqda.

Markaziy Bank boshqa tijorat banklarga ssudalar beradi. Markaziy bank juda past darajadagi foizlarda banklarga ssudalar beradi. Bu banklardagi zaxira pullarning miqdorini ko’paytirib yuboradi. Pul-kredit tizimida va mamlakat pul miqdori xajmida ko’payish vujudga kelib, foiz stavkalari pasayadi, investitsiya xajmi o’sadi.

Markaziy Bank pul taklifini bajaradi. Davlat Markaziy Bank bilan pul-kredit tizimidagi zaxiralar miqdorini o’zgartirish bilan ham pulning taklif va talabiga ta’sir etadi. Zaxiralar miqdori o’sishi pul taklifini qisqartiradi, aksincha, banklarning zaxiralardagi pul miqdorini kamaytirish siyosati pul taklifining o’sishiga sabab bo’ladi.

SHunday qilib, har bir davlat turli yo’llar bilan o’zining ichki va tashqi siyosatida pul-kredit tizimiga ta’sir etib, yoki boshqa tadbirlar bilan milliy valyuta barqarorligini ta’minlashga harakat qiladi.

O’zbekiston xukumati milliy valyutani mustaxkamlash uchun to’rtta aloxida dasturlar to’plamini ishlab chiqdi va uni amalga oshirish uchun harakat qilmoqda:

Birinchi tadbir - o’zbek valyutasi barqarorligini tovar bilan ta’minlashdir. Bu yo’l bozorni tovarlar bilan to’ldirish uchun iste’molchilarga ko’plab milliy va xorijiy tovarlarni taklif etish. Buning uchun investitsiya ajratish, kredit berish, birinchi navbatda xalq iste’moli tovarlari yaratayotgan tadbirkorlarga berilmoqda. Xozirgacha O’zbekiston bozori respublikada ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to’la-to’kis to’ldirilgani yo’q. Endilikda, milliy maxsulotni sifatli yaratib, bozorga taklif etish masalasi muximdir.

Ikkinchi tadbir - valyutaning yetarli zaxirasiga ega bo’lishdir. Bu yo’l eksport imkoniyatimizni kengaytirish, jaxon bazorida O’zbekistonning mustaxkam mavqeini qo’lga kiritishdir. Jaxon bozoriga maxsulot olib chiquvchi barcha korxonalarga rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish darkor.

Uchinchi tadbir - milliy valyuta qadrini oshirish. Har bir korxona, Har bir kishi ishlab topgan so’mni qadrlashni o’rgangan taqdirdagina milliy valyuta real to’lov vositasiga aylanadi. Har bir tadbirkor davlatdan o’zi olayotgan mablag’lar, kreditlar in’om emasligini aniq anglashlari, jamiyat oldida faqat bir tadbirkor sifatida emas, balki xalqning sarflanayotgan har bir sumi salmoqli foyda bilan qaytishi, respublikaning ertangi kuniga, istiqboliga xizmat qilishi zarurligini bilishlari lozim.

To’rtinchi tadbir - inflyatsiyaga qarshi eng muxim, baquvvat, puxta o’ylangan siyosatni yuritishdir. Inflyatsiya darajasini kamaytirish o’zbek so’mining quvvatli va yashovchan bo’lishining asosiy garovidir.





Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish