Mavzudagi asosiy tushunchalar:
Moliya - pul resurslari bilan bog’langan bo’lib, bunday resurslarni xosil qilish, taqsimlash va ishlatish jarayonlari hamda shakllanishi tushunchalarini bildiradi.
Moliya munosabatlari ob’ekti - pul mablag’lari, sub’ekti esa moliyaviy resurlarni takil etishda va ishlatishda ishtirok etuvchilardir.
Davlat va nodavlat moliyasi - mavjud bo’lib umumjamiyat va xususiy moliyalarni tashkil etadi.
Moliya vazifalari - taqsimlash, rag’batlantirish, ijtimoiy himoya, moliyaviy axborotlar berish kiradi.
Davlat moliyasining asosi - davlat byudjetidir.
Davlat byudjeti daromadlari - Soliqlar, davlat zayomlari, emissiya va uning iqtisodiy faoliyatidan keladigan tushumlardan shakllanadi.
Davlat byudjeti harajatlari - investitsiya, ijtimoiy-madaniy, boshqaruv va Harbiy harajatlarga sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |