Ishsizlik darajasi iqtisodiyotda ishchi kuchlaridan foydalanish darajasini ifodalab, quyidagicha aniqlanadi:
ishsizlar soni 0.6
ishsizlik darajasi= ---------------------x100 % yoki --------- x 100=5%, ishchi kuchi 12
Friksion ishsizlik ish qidirish yoki kutish bilan bog’liq bulib, bunda xodimlar ish axtaradilar yoki yaqin orada ish bilan band bo’lmaslik bo’lib, ish va turar joyini o’zgarishi natijasida, shuningdek, o’quv yurtlarini yoki mavsumiy ishlarni tugallanishi sababli yuzaga keladi. U doimo mavjud bo’lib, ma’lum bir darajada kerakli deb hisoblanadi. Chunki ko’pchilik ishchilar keyinroq yanada daromadli va unumli yumushni topadi. Boshqacha aytganda, friksion ishsizlik ishchi kuchlarini samarali taqsimlanishiga va shu yo’l bilan iqtisodiy o’sishga ko’maklashgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |