Mehnat birjasi - bu ishchi, xizmatchi va korxona egasi o'rtasida ishchi kuchini sotish va sotib olish bo'yicha kelishuvini amalga oshirishda muntazam vositachi vazifasini o'taydigan maxsus muassasadir.
Mehnat birjasi ishsizlikni xisobga olib boradi. U xuddi savdo birjalari kabi ishchi kuchini pulga ayriboshlashda vositachilik qiladi, ya’ni ishchi kuchi egasi bilan unga extiyoj sezgan korxonalar o'rtasida.
Mehnat birjasida ish kuchiga talab va taklif bir-biri bilan bog'lanadi. Unda ishsizlarni aniqlash, ishga joylash, nafaqa to'lash, qayta kasbga tayyorlash, o'qitish kabi bir necha xizmatlar xal etiladi.
Keyingi yillarda mamlakatlarda kasbga yo'llash, qayta ixtisoslashtirish va ishga joylashtirish bo'yicha turli xizmatlar tashkil qilingan.
Mehnat birjalarining faoliyati ishsizlarga yo’llanma berish va nafaqa to’lash, mehnat bozorini tartibga solishning ilg’or siyosatini amalga oshirish, aholi va ishlab chiqaruvchilar bilan o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatishi, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmlaridan tashkil topgan. Mehnat birjalari mehnat mutaxassislarini mehnat resurslari bilan, ulardan foydalanish bo’yicha kelib chiqadigan turli nizolarni xal qilishda katta amaliy yordam beradi.
Mehnat birjasining faoliyati ishsizlarni ish bilan ta’minlash, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar strukturasidagi o’zgarishlar bilan bog’liq xolda o’zgarib turadigan mehnat bozori extiyojini qondirishdan iborat.
Tarixda 1922-25 yillarda sobiq ittifoqda 300 ga yaqin mehnat birjasi tashkil etilib, unda 10 milliondan ortiq kishiga xizmat ko’rsatilgan. MDX mamlakatlarida mehnat birjalari 1991 yillarda qayta tashkil qilina boshladi.
O’zbekistonda ishsizlik mavjudligi hamda uning soni yanada ko’payganligi yana rasmiy tan olindi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mamlakatimizda aholini ish bilan ta’minlashning yagona davlat xizmati tashkil etildi. Bu to’g’rida yangi qonun chiqqanligi davridan boshlab ishsizlik muammosi bilan shug’ullanish boshlandi. Mehnat birjalari Respublikamizning barcha viloyat, shaxar, tuman markazlarida faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning soni 200dan ortiq bo’lib, ularda mehnat mutaxassislari xizmat qilmoqda.
Endi ish topishga vositachilik qiluvchi mehnat birjalari qayta tashkil qilinib, ularda iqtisodchilar, sotsiologlar, vrachlar va xalq deputatlari yordamida ishsizlarga yordam puli va ashyolardan iborat nafaqalar berish, vaqtincha ish, yotoq bilan ta’minlash, yangi ishchi kasblarga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda boshqa tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xozirgi kunda mamlakatimizda jami aholi 2007 yil 1 yanvar xolatiga ko’ra 26,5 mln. kishidan ortiq bo’lib, 15 mingga yaqini mehnat resurslarini tashkil etadi. SHundan vaqtinchalik ishlarda band bo'lganlar soni salkam 300 ming nafar, 560 mingdan ziyod kishi yoki mehnatga layoqatli aholining qariyb 5 % i ishga joylashishga muhtoj.
SHunday qilib, mehnat resurslaridan foydalanishda mehnat birjalarining o’rni milliy iqtisodiyotda sezilarli ekanligini ko’rish mumkin. Demak, mehnat birjalari nafaqat ishsizlarni ish bilan ta’minlash, balki ularni moddiy va ma’naviy hamda iqtisodiy va ijtimoiy jixatdan himoya qilishda ham muxim ahamiyatga ega.
Mehnat birjasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• mehnat bozoridagi xolatni taxlil qiladi, hamda taxmin qiladi va tegishli axborot tarqalishini ta’minlaydi;
• bo’sh ish joylarini va ishga joylashtirish masalasida murojaat qilgan fuqarolarning xisobini yuritadi;
• ish bilan ta’minlash xizmatiga murojaat qilgan fuqarolarga va ish beruvchilarga ish topish va ishchi kuchi bilan ta’minlash imkoniyatlari to’g’risida va boshqa masalalar to’g’risida maslaxatlar beradi;
• fuqarolarga maqbul keladigan ishini tanlashda va ish beruvchilarga ega zarur xodimlarni tanlashda yordam ko’rsatadi;
• ishlamayotgan fuqarolarni kasb o’rganish, qayta o’qitish va malakasini oshirishini tashkil etish to’g’risida o’quv yurtlari, muassasalar tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzadi;
• ishsizlarni ro’yxatga olishni ta’minlaydi va ularga yordam ko’rsatadi, shu jumladan nafaqalar belgilanishiga va bu nafaqalarni olish uchun chek bo’lishiga ko’maklashadi;
• Respublika, viloyat, shaxar va noxiya ish bilan ta’minlash dasturlari aholini ijtimoiy muxofaza qilish tadbirlarini ko’zda tutgan xolda ishlab chiqilishini tashkil etadi. Xozirgi kunda rivojlangan mamlakatlardan AQSHda 2500 dan ko’proq mehnat birjalari ishlab turibdi va ularda ishga joylashtirish xizmati, ishsizlarni ro’yxatga olish bilan shug’ullanmoqda. Ular bo’sh ish joylarini topishga xarakat qiladi, malakasini aniqlash maqsadida ishga da’vogarlarni test sinovidan o’tkazishadi va boshqa shunga aloqador vazifalar bilan shug’ullanishadi.
O’zbekiston xukumati imkoni bo’lgan barcha xuquqiy xixatdan asoslangan dasturlar yordamida Respublikadagi mehnat bozori siyosatini olib bormoqda. Mehnat birjalari faoliyatining xuquqiy asoslarini 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida" gi qonuni va "O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi" tashkil etadi.
"Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida" gi qonun - bozor iqtisodiyoti va mulkchilikning turli shakllari teng xuquqliligi sharoitida insonning ishli bo’lish xuquqlarini va ijtimoiy, iqtisodiy kafolatlarini belgilab beradi. Qonun O’zbekiston Respublikasi qoidalarini va xalqaro qoidalarini xisobga olgan xolda aholini ish bilan ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgandir. Qonun 5 bo’limdan iborat bo’lib, unda quyidagilar ifodalangan:
1-bo’lim. Ish bilan bandlik, ishsizlar tarkibi, maqbul keladigan ish, ish bilan ta’minlash davlat siyosatining asosiy qoidalari, davlat kafolatlari yoritilgan.
2- bo’lim. O’zbekiston Respublikasi aholisini ish bilan ta’minlash xuquqlari - unda ishga joylashish xuquqi, konrakt tuzish, chet ellarda ishlash, mehnat xodimlari ustidan shikoyat qilish xuquqi belgilangan.
3- bo’lim. Aholini ish bilan ta’minlashni tartibga solish va tashkil etishdan iborat. Bu bo’limda ayniqsa mehnat birjalari ishini tashkil etishning aniq qoidalari berilgan. Unda ishga joylashish qoidalari, tayyolash qoidalari va ish bilan ta’minlashga ko’maklashish respublika jamg’armasini to’plash qoidalari berilgan.
4- bo’lim. Ishdan maxrum bo’lgan chog’dagi ijtimoiy kafolatlar berishdan iborat. Unda moddiy madad kafolatlari, ishdan bo’shaganlarga kafolatlar, qayta tayyorgarlikdan o’tayotganlarga stipendiyalarning miqdori, ishsizlik nafaqalarini to’lash shatlari va muddatlari, miqdorlarini aniqlash tartibi, ishsizlik nafaqasini to’xtatish tartibi, xomilador ayollarni ijtimiy muxofaza qilish qoidalari ifodalangan.
5- bo’lim. Aholini ish bilan ta’minlashga doir qonunlarni buzganligini nazorat qilish va javobgarlikdan iborat. Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risidagi qonunlarning bajarilishini nazorat qqiluvchi idoralar - Davlat xokimiyati va boshqaruv maxalliy organlari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligi, prokuratura va kasaba uyushmalari amalga oshiradi.
Mehnat birjasini axborotlar bilan jixozlashda - birjaning e’lonlar taxtasida, devorida, stendlarida mijozlar uzluksiz yangilanib turadigan axborotlar bilan erkin tanishishlari uchun zarur bo’lgan quyidagi ma’lumotlar joylashadi:
• mehnat birjasida xisobda bo’lgan bo’sh ish o’rinlari va lavozimlarini to’liq ro’yxati;
• to’ldirish lozim bo’lgan xujjatlar namunalari;
• ishsizlik maqomini berish va ishsizlik nafaqasini ta’minlash, ishni izlab topish maqsadida ro’yxatdan o’tish uchun zarur bo’lgan xujjatlar ro’yxati;
• ishsizlik xuquqlari to’g’risidagi to’liq axborotlar;
• Shikoyat qilishlari uchun murojaat qilishi mumkin bo’lgan raxbarlar, muassasalar manzillari;
• Shaxar, tuman, mintaqa manzillari;
• kasbga o’qitish imkoniyatlari to’g’risidagi axborot;
• ish beruvchilar to’g’risidagi axborot.
Bundan tashqari mehnat birjasi bo’limlari va mutaxassislari haqidagi ma’lumotnomalar ham bo’lishi zarur.
Mehnat birjasining maqsadi - mijozning ishga joylashtirishga imkoni boricha yordam berish yoki ish beruvchining extiyojlariga mos xolda qayta o’qitish va yangi kasbga o’rgatishdan iborat.
Mijozlarni mehnat birjasida qabul qilish jarayonining bosqichlari quyidagilardan iborat:
Dastlab - mijozlarni qabul qilishni ishga joylash bo’yicha mutaxassis amalga oshiradi. Mijoz mutaxassisga uchraydi. Mutaxassis mijozdan uning ish joyi ish topish ro’yxatidan o’tishga xoxishini va maqsadini so’raydi. Mutaxassis mijozni "murojaat qilganlarni ro’yxatga solish" maxsus daftariga ro’yxatga yozadi va o’zi bilan tegishli xujjatlar bo’lsa, "Shaxsiy xisobga olish daftarchasini" ochadi.
Mijoz - belgilangan kuni mehnat birjasiga kelishi kerak. Ishga joylashtirish bo’yicha mutaxassis kartotekadan mijozni qayd qilish varaqasini olib belgilangan kunda kelgan - kelmaganligini tekshiradi, o’z vaqtida kelgan bo’lsa, u bilan suxbat o’tkazadi, ya’ni yangi ish takliflarini beradi. Agar mijoz o’z vaqtida kelmay, sabab uzrsiz bo’lsa va kechikish muddati 1 oydan oshib ketgan bo’lsa, mehnat birjasi komissiyasi mijozlarni ro’yxatdan o’chirishga xaqlidir.
Mehnat birjasi komissiyasi birja direktori buyrug’i bilan tayinlanadi. Komissiya tarkibiga mehnat birjasi quyidagi xodimlarini kiritish tavsiya qilinadi:
• ishga joylash bo’yicha mutaxassis;
• aholini ijtimoiy muxofaza qilish bo’yicha mutaxassis;
• kasbga o’qitish va qayta o’qitish bo’yicha mutaxassis;
• xuquq inspektori;
• mehnat birjasi raxbari.
Rais - mehnat birjasi raxbari va kotib saylanadi. Mehnat birjasi komissiyasini vazifasi quyidagilardan iborat:
• ishsizlik maqomini berish;
• ishsizlik maqomidan chiqarish;
• nafaqa to’lash muddati va uni miqdoriga haqiqiy qaror chiqarish;
• moddiy yordam ko’rsatish haqida qaror chiqarish.
Ishsizlik nafaqasini to’lash - komissiyani ishsizlik maqomini berish to’g’risidagi qaror chiqarilgandan so’ng O’zbekiston Respublikasi aholini ish bilan ta’minlash to’g’risidagi 30-35 moddalarga asosan nafaqa to’lash muddatlari va miqdorlari belgilangan.
Ishsizlik maqomini olgan fuqarolarga ishsizlik nafaqasi eng kam ish haqidan kam bo’lmagan va o’rtacha ish haqidan ko’p bo’lmagan miqdorda belgilanadi. Fuqaro ishsizlik nafaqasi olib turgan davrda uni mehnat stajida uzilish bo’lmaydi. 16 yoshga to’lmagan bolalar va qaramog’ida boshqa kishilar bo’lgan ishsizlarga ishsizlik nafaqasi 10 foizdan oshirib beriladi. Ishsizlik nafaqa to’lash muddatlari - uzoq tanaffusdan keyin ish qidirayotgan fuqarolar uchun 26 kalendar xaftasidan, birinchi bor ish qidirayotgan fuqarolarga 13 kalendar xaftadan oshmasligi kerak.
Pensiya yoshiga etib qolgan shaxslar muddatidan oldin 2 yil oldin pensiyaga chiqishga xaqlidir. Ishsiz nafaqa olish davrida xar 2 xaftada mehnat birjasida 1 marta yuklamadan o’tib turishi kerak. Ishsizlik nafaqasini to’xtatish tartibi:
• ishsiz maqbul keladigan ishni ikki marta rad etsa;
• ishsiz nafaqasini olayotgan shaxs pensiya ishiga etgan taqdirda;
• ishsizlik nafaqasini olayotgan shaxs ozodlikdan maxrum etilganda;
• ishsiz shaxs davlat kursini o’tayotgan bo’lsa;
• ishsiz shaxs kasbga o’qitish yoki qayta qiyotgan bo’lsa;
• ishsiz shaxs mehnat birjasini xabardor silmay vaqtincha ishga joylashgan bo’lsa;
• ishsizlik nafaqasini aldov yo’li bilan olishga uringan bo’lsa - ishsizlik nafaqasini to’lash bekor qilinadi.
Uzrsiz sabablarga ko’ra, ko’rsatilgan muddatlarda mehnat birjasiga kelmasa, mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo’shatilgan bo’lsa, ishsizlik nafaqasini to’lash 3 oy muddatga to’xtatiladi yoki kamaytiriladi.
Moddiy yordam ishsizlarni ishsizlik nafaqasini to’lashni qonunda belgilangan muddati tugagani sababli ishsiz fuqarolarga quyidagi toifalarga ko’rsatiladi:
• ishsizni boqimandasidagi oila a’zolariga;
Moddiy yordam birinchi galda quyidagi ishsizlarni boqimandalariga beriladi:
• nogironlarga;
• balog’atga etmagan farzandlarni tarbiyalayotgan ko’p bolali va yolg’iz oilalarga.
Mehnat birjasi qoidalari ishsizlarga ularga faqat zarur kasb o’qitish tufayli mos keladigan ishni topish imkoni bo’lmaganligi uchun o’qitishga yuborilayotganligi yoki mijozning tajriba va bilimiga mos ishni yo’qligi tufayli kasbini o’zgartirish, qayta o’qish kerakligini tushuntirish lozim.
Kasbga o’qitish kurslar ko’rinishida ham yakka tartibda ham o’tkazilishi mumkin. Kurslar bo’yicha kamida 10 kishilik o’quv guruxlari tashkil qilinadi.
Yakka xolda ta’lim olishga jo’natilganlar o’quv yurti yoki korxonani o’zida o’qitilishi mumkin. Ishlab chiqarishda o’qish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1 - bosqichda - ishlab chiqarish o’qitish ustasi boshchiligida maxsus o’qish joylarida.
2 - bosqichda - korxonani ish joylarida ishchilarga kasbga o’qitish davri ko’pi bilan 6 oydan oshmasligi kerak. O’quv muddati mexnat birjalari va o’quv yurtlari korxonani o’quv bo’limlari orasidagi kelishuvlarga ko’ra belgilanadi.
Mijozni kasbga o’qitish va to’lanadigan stipendiyasi "ish bilan ta’minlanishga ko’maklashish jamg’armasi" xisobidan beriladi. Kasb o’rgatish, qayta o’qish va malaka oshirish xuquqiga birinchi navbatda ishsizlik nafaqasini olish muddati tugagan, ijtimoiy jixatdan zaif tabaqalarga kiruvchilar egadirlar. Kasbga jo’natish bo’yicha mutaxassis mijozga o’ish uchun yo’llanma beradi va butun shart - sharoitni tushuntiradi va ro’yxat varaqasiga o’qish boshlangan kunni qayd qiladi.
Quyidagi asoslarga ko’ra, fuqarolar yoshiga ko’ra pensiyaga chiqishi mumkin:
• 25 yillik stajga ega bo’lgan va 58 yoshga to’lgan erkaklar;
• 20 yillik stajga ega bo’lgan va 53 yoshga to’lgan ayollar.
Pensiya arafasida ishdan bo’shatilgan xodimlar ishdan bo’shatilgan kundan keyin 10 kun ichida mehnat birjasidan ro’yxatdan o’tishi kerak. Mehnat birjasi 3 oy ichida bularni ishga joylashishlariga yordam beradi, agar belgilangan 3 oy ichida ish bilan ta’minlanmasa, u ishsiz maqomini oladi.
Mehnat birjasi qoidalari ularga tavsiyanoma tayinlab 5 kun ichida uni ijtimoiy ta’minot bo’limining tegishli bo’limiga beradi. Mehnat birjasi tavsiyanomasi pensiyaga chiqarish uchun asos bo’ladi. Muddatidan oldin beriladigan pensiya ishlamaydigan fuqarolarga to’lanadi. Ular shu davrda ish topsa pensiya to’lanmaydi.
Mehnat birjalari va ijtimoiy ta’minot muassasalari yuqori tashkilotlarga pensiya tayinlanganlar soni va pensiya mablag’lari miqdori to’g’risidagi ma’lumotlarni davlat statistik xisobotlari bilan tasdiqlangan maxsus formalarda va muddatlarda yuborib turadi.
Noqonuniy yo’llar bilan pensiya olishni aniqlashdan maqsad:
• aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish jamg’armasi mablag’larini talon - taroj qilishdan saqlash;
• ishsizlar va mehnat birjalari xodimlarini davlat jamg’armalari xisobidan qonunni buzish yo’li bilan boyishlariga yo’l qo’ymaslik;
• qonunni buzgan fuqarolarni javobgarlikka tortish;
• shunday qonuniy xarakatlarni boshqa ishsizlar va mehnat birjasi xodimlari tomonidan yuz berishini oldini olish.
SHu maqsadlarda mehnat bo’yicha viloyat boshqarmasi boshlig’i mazkur vazifalarni bajarishga ularni tekshirishga ixtososlashgan mehnat bo’yicha inspektorni tayinlaydi. U barcha vazifalarni bajaradi.
Mehnat birjasida barcha xujjatlar nusxasi kompyuter bor – yo’qligidan qat’iy nazar qog’ozlarda yoki manbaalarda saqlanishi shart.
Quyidagi xollarda axborotlar qog’ozlarda saqlanadi:
1. Barcha ro’yxat varaqalari va mijozlar to’g’risidagi ma’lumotlar 1 joyda-markaziy saqlash joyida, ishga joylashish bo’yicha mutaxassis xonasida saqlanishi kerak.
2. Ro’yxat varaqalari, mijozlar familiyasi alifbo tarzda joylashishi kerak.
3. Ro’yxat varaqasini nafaqa berish uchun ijtimoiy to’lovlar bo’limiga jo’natish kerakligini yashil rangda, ish yana ko’rib chiqilishini qizil rang bilan belgilab qo’yiladi.
4. Xisobdan chiqarilgan mijozlar to’g’risidagi ma’lumotlar kartotekaning aloxida bo’limida saqlanishi kerak va ularni keyin arxivga o’tkazadi.
5. Agar ishsiz ma’lum muddatga nafaqadan maxrum qilinsa, uning ma’lumotlari kartotekaning aloxida bo’limida saqlanadi.
Mehnat birjasining ish beruvchilar bilan o’zaro hamkorligini o’rnatish bo’yicha asosiy ishlar 4 bosqichdan iborat:
1. Mehnat birjasiga ish beruvchining 1 - tashrifi.
2. Ish beruvchining mehnat birjasi bilan doimiy hamkorligi.
3. Mehnat birjasining ish beruvchi bilan doimiy hamkorligi.
4. Qarorlarni qabul qilishlar.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitlarida mulkchilik va xo’jalik yuritishni shaklidan qat’iy nazar korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni, ya’ni ish beruvchilar o’z vaqtida mehnat birjasidan qayddan o’tishini ta’minlash kerak. Bunga yangi korxona ochish istagi bo’lgan ish beruvchini mehnat birjasini xabardor qilishi bilan erishish mumkin.
Mehnat birjasi xodilari ish beruvchi bilan ishlash yo’nalishlari bo’yicha vazifalarni quyidagicha tashkil qilishi kerak:
1. Maxalliy boshqaruv tashkilotlarini korxonani tashkil qilish to’g’risidagi qaroriga ega bo’lgan jismoniy yoki xuquqiy shaxslar soliq nazoratida, pensiya jamg’armasida va boshqa belgilangan joylarda qayddan o’tgandan va tashkil qilingandan keyin 10 kun ichida mehnat birjasida badal to’lovchilar sifatida ro’yxatdan o’tishlari lozim.
Ish beruvchi o’z korxonasini ro’yxatdan o’tkazishi uchun mehnat birjasiga birinchi tashrif buyurganda "mehnat birjasiga murojaat qilgan ish beruvchini ro’yxat varaqasi" ni to’ldiradi. Ish beruvchiga mehnat birjasi direktori yoki tegishli mutaxassis uni xuquq va majburiyatlarini va tekin xizmat ko’rsatishlarini tushuntiradi.
Ish beruvchi "aholini ish bilan ta’minlash jamg’armasi" bo’limi mutaxassisiga uchraydi. Unda jamg’armaga to’lovlarni ro’yxatga olinib mehnat birjasiga kelib turishi va xisobot topshirishi tartiblari bilan tanishtiradi.
2. Ro’yxat varaqasi olib ish beruvchi o’zi haqida korxona nomi, manzili, vakil sifatida kelgan shaxsning ismi sharifi, vazifasi va nima masalada kelganligini beligilab qo’yadi. Mehnat birjasi mutaxassisi ro’yxat pattasini toldirib, mehnat birjasiga kelishi uchun ish beruvchiga beradi.
Pattada ish beruvchining mehnat birjasiga kelish kuni va vaqti ko’rsatiladi, shuningdek tashrif kuni va vaqti qayd qilinadi.
Ish beruvchini mehnat birjasi bilan doimiy hamkorligi jarayonidagi asosiy masalalar quyidagilardan iborat:
• aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish jamg’armasi, ishga joylashtirish, qayta o’qitish, ish kuchidan foydalanish, mehnat bozorini bashoratlash;
• aholini ijtimoiy muxofaza qilish;
• mehnat xuquqi nazorati;
• mehnat sharoitlarini ekspertiza qilish bo’yicha o’z vaqtida tegishli xisobot va boshqa ma’lumotlarni topshirishdan iborat.
Ishdan bo’shatilish munosabati bilan ishga joylashishga muxtoj bo’lgan xodimlar haqidagi ma’lumotlarni mehnat birjasiga ish beruvchining vakili 2- TN formada ishga joylashish bo’yicha mutaxasisga topshiradi, u qayd qiladi. Ish beruvchining korxonasida xaq to’lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to’g’risidagi xokimiyat qaroriga asosan ish beruvchi mehnat birjasi bilan tegishli shartnoma tuzish kerak va jamoat ishlarini tashkil qilish natijalari haqida mehnat birjasini o’z vaqtida xabardor qilish kerak. Bu to’g’ridagi javobni xar oyda jamoat ishlari bilan shug’ullanuvchi mutaxassisga topshiriladi. Ish beruvchi xar oyda jamoat ishlarida ishlayotgan fuqarolar to’g’risidagi xisobotni ikki nusxada topshirishi kerak. Agar fuqaro yuborilgan jamoat ishlaridan bo’shab ketsa, yozma ravishda bo’shatish sabablarini ish beruvchiga topshiriladi.
Ish beruvchi mehnat birjasiga 7 foizli kvota bo’yicha ixtisoslashtirilgan ish joylarini yaratish haqida ma’lumotlarni topshiradi. U asosan ijtimoiy himoyaga muxtoj va ishga joylashishda aloxida qiyinchiliklarga uchragan shaxsga qo’llanadi. Butun ish joydan 7 foizi shularga bo’sh joy qilib ajratiladi. Ish beruvchi mehnat birjasiga davlat mehnat xuquqi nazorati tomonidan qo’yilgan talablarni bajarish bo’yicha ma’lumotlarni taqdim qilishi shart. Mehnat birjasidagi xuquq nazoratchisiga topshiradi.
Mehnat birjasini ish beruvchi bilan doimiy hamkorligi - u jarayonining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• barcha mavjud xisobot ma’lumotlari asosida mehnat, ish haqi, moliyaviy axvol, xodimlarga ijtimoiy kafolatlar berish bo’yicha ish xolatini tekshirishni tashkil qilish;
• ishsizlikni kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqish;
• bandlikni ta’minlash soxasida moliyaviy axvolni yaxshilashda, xuquqiy ta’minotda, mehnat sharoitlarini ekspertiza qilishda, turli ma’lumotlar berishda xizmat ko’rsatish;
• qonunchilikka rioya qilish masalalari bo’yicha korxona va tashkilotlarda tekshirishlarni amalga oshirish;
• bandlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Mehnat birjasi ish beruvchini o’rganish va tekshirishni buyruq bilan tayinlangan mutaxassislikni jalb qiladi. Ish beruvchini tekshirishga borgan mehnat birjasi mutaxassisida tegishli guvoxnoma va tekshirish mavzusi bo’yicha savollar ro’yxati bo’lishi lozim. Tekshirish ishlari tugagandan keyin 2 tomonlama dalolatnoma imzolanadi.
Mehnat birjasi oldida turgan maqsad va vazifalarga ko’ra va ish beruvchilarni tekshirish ma’lumotlariga ko’ra, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muxofaza qilish muammolari, mehnatga xaq to’lash turlari, mehnat sharoitlarini o’rganish soxasidagi masalalarni xal qilishni ko’zda tutgan takliflarni ishlab chiqishi va ularni maxalliy xokimiyatlar va mehnat Vazirligiga taqdim qilishi kerak.
Mehnat bozorini aniqlash uchun avvalo quyidagi xisoblar amalga oshiriladi:
1. Mehnat bozori to’ldirilishi mumkin bo’lgan yoshlar soni - ya’ni maktab 9 sinf bitiruvchilari, XTBYU va OUMUYU da o’qishni bitirganlar uchun ishga taqsimlashda muammolarga duch kelgan bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar asosida;
2. Quyidagi omillar ta’sirida xalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha ishdan bo’shatilgan xodimlar soni:
- tarkibiy o’zgarishlar asosan sanoat va qishloq xo’jaligi ma’lumotlariga asosan;
- davlat mulkchiligining o’zgarishi - davlat istiqbol statistik qo’mitasining 1-TV xisoboti asosida;
- boshqarish apparatining qisqarishi, davlat istiqbol statistik qo’mitasining 1-TV xisoboti asosida.
3. Jazo muddatini o’tash yoki sud qarori bilan majruxlarni davolash muassalaridan ozod qilgan shaxslar soni - ichki ishlar Vazirligi muassasalari ma’lumotlari bo’yicha.
4. Faol ipshayotgan aholi sonining mehnat zaxiralari balansi asosida.
5. Qurolli kuchlarda xizmatni o’tab qaytganlar va muqobil xizmatga chaqirilganlar soni - xarbiy komissariyatlar ma’lumotiga ko’ra.
6. Qonimsizlik sabablariga ko’ra, mehnat bozoriga tushgan shaxslar - mehnat zaxiralari balansi ma’lumotlariga ko’ra aniqlanadi.
Mehnat bozorida ishchi kuchiga bo’lgan talab ko’rsatkichlar bo’yicha o’rganiladi:
- yangi ish joylarini yaratish;
- qo’nimsizlik sababiga ko’ra ishdan bo’shatilgan xodimlar o’rnini to’ldirish uchun;
- o’qishni kunduzgi bo’limlariga o’qishga kirgan xodimlar o’rnini to’ldirish uchun;
- muddatli xarbiy xizmatga ketgan xodimlar o’rnini to’ldirish uchun;
- migratsiya xisobiga ish joylari miqdorini o’zgarishini xisoblash.
Mehnat bozorini tashkil qiluvchi ishchi kuchidan foydalanish yo’nalishlarini xisobga olish va nazorat qilish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- mustaqil ishga joylashayotgan shaxslar sonini xisoblash;
- mehnat birjalariga murojaat qiladigan shaxslar sonini xisoblash;
- mehnat birjasi ko’magida ishga joylashtiriladigan shaxslar sonini xisoblash;
- muddatdan oldin pensiyaga chiqish xuquqi olgan shaxslar sonini xisoblash;
- kasbiy ta’lim oladigan va qayta o’qishni o’qiydigan shaxslar sonini xisoblash;
- jamoat ishlarida band shaxslar sonini xisoblash;
- ishsizlik nafaqasini oluvchi shaxslar sonini xisoblash kabilardan iborat.
Mehnat bozoridagi o’zgarishlar xar oyda amalga oshiriladi. Mehnat birjalarini tasdiqlangan statistik xisoblotlariga ko’ra mehnat bozorini xisoblash quyidagicha o’rganiladi:
tuman, shaxardagi mehnat bozorini taxlil qilinadi;
- mehnat birjasiga murojaat qilgan shaxslarning tarkibiy sifat va miqdor jixatidan taxlil qilinadi;
- ishsizlar soni va tarkibi o’rganiladi.
Ma’lum davrlarda - oy, chorak, yarim yil, yilda mehnat bozorini baxolash amalga oshiriladi. Bunda barcha ko’rsatkichlar bo’yicha o’tgan yilgi ma’lumotlar joriy yildagi bilan solishtirilib, undagi aniqlangan va yig’ilgan ma’lumotlar, mehnat bozori xolati haqida yaxlit axborot tayyorlash uchun viloyat mehnat boshqarmasiga jo’natiladi. Tumanlar, shaxarlar, viloyatlar bo’yicha axborotlar respublikada mehnat bozorini tartiblash va turli tadbirlar ishlab chiqish uchun mehnat Vazirligiga taqdim qilinadi. Mehnat Vazirligi olingan ma’lumotlar asosida zarur uslubiy va me’yoriy ma’lumotlar tayyorlaydi.
Mehnat bozoridagi vaziyatga asoslanib mehnat birjasi bandlik dasturini ishlab chiqib, maxalliy xokimiyat bilan kelishgandan keyin natijani Viloyat mehnat boshqarmasiga taqdim qiladi. Xar chorakda mehnat birjalari dasturiga o’zgarish va tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi.
Viloyat mehnat boshqarmalari tumanlar, shaxarlar bandlik dasturlarini ko’rib chiqqach, buni xisobga olgan xolda xokimiyatlar tegishli boshqarmalari, manfaatdor tashkilotlari bilan viloyat dasturini ishlab chiqishadi va rejalashtirilayotgan davr boshlanishidan 30 kun oldin dasturni axvolini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish jamg’armaisdan mablag’ bilan ta’minlanadigan bo’limlarini, kelishish uchun mehnat vazirligiga taqdim qilishadi. Mehnat Vazirligi 20 kun ichida ko’rib chiqib, kelishib, qayd qilib, tasdiqlash uchun viloyat xokimlariga yuboradi. Ular dasturni tasdiqlaydilar. Bandlik dasturini amalga oshirishni nazorat qilish joylardagi xokimiyatlar va mehnat muassasalari zimmasiga yuklatiladi.
Xisobot davrida dasturni bajarilganlik natijalari viloyatlar, Toshkent shaxar mehnat boshqarmalari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat Vazirligi tomonidan tuman va shaxarlar bo’yicha Mehnat Vazirligig taqdim qilinadi. Viloyat mehnat boshqarmalari dasturlarini asosiy ishlab chiqaruvchisi xisoblanadi.
Dastur quyidagi bosqichda tuziladi:
Birinchi, joylardagi mehnat bozori to’g’risida ma’lumot yig’ish amalga oshiriladi.
Ikkinchi, viloyatda tuman va shaxarlar bo’yicha mehnat bozori taxlil va bashorat qilinadi.
Uchinchi, dasturni maqsad va vazifalari aniqlanadi, mehnat bozorini tartibga solish tamoyil va uslublari ishlab chiqiladi, dasturni bajarishni ustivor yo’nalishlari ta’minlanadi. Bular hammasi muxokama qilish va o’zgarishlar kiritish uchun tuman va shaxarlarga yuboriladi.
To’rtinchi, tuman va shaxarlarda aholi bandligi dasturlari asosida xududiy bandlik dasturi tuziladi, asosiy tadbirlar aniqlanadi, iqtisodiy choralar ko’riladi.
Beshinchi, xarajatlar va moliyaviy tushumlarni taqqoslash orqali ko’rsatkichlarni o’zaro muvofiqlashtirish amalga oshiriladi.
Oltinchi, bandlik dasturlariga kerakli aniqliklar kiritiladi. Mehnat Vaziligi bilan kelishiladi va tuman hamda viloyatlar xokimiyatlari tomonidan tasdiqlanadi.
Aholini ijtimoiy himoya qilishda mehnat birjalarini asosiy ishlari aholini raqobatga dosh bera olmaydigan toifalari uchun axborotlar yig’indisini tuzishdir, ya’ni:
• yosh bolali (12 yoshgacha) onalar;
• pensiya arafasidagi shaxslar ya’ni 52-54 yoshli ayollar 57-59 yoshli erkaklar;
• 9- sinfni keyingi o’quv tizimiga yo’naltirmaydigan bitiruvchilar;
• nogironlar;
• etim talabalar;
• ozodlikdan maxrum qilish muddatini o’tab qaytgan shaxslar;
• xarbiy xizmatdan qaytganlar ro’yxatga olinadi.
Mehnat birjasini aholini ijtimoiy himoya qilishdagi yana bir asosiy ishi mehnat bozorida raqobatga dosh bera olmaydigan shaxslar uchun kvotalangan ish joylarini to’ldirish ustidan nazorat qilishdir. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• ma’lumotlar jamg’armasi asosida ijtimoiy himoyaga muxtoj bo’lgan va ishga joylashishda qiynalayotgan aholi guruxlarini xisobga olish;
• korxona va tashkilotlarda ijtimoiy himoyaga muxtoj shaxslar uchun o’rnatilgan kvotalarga rioya qilinishi;
• kvotalangan ish joylari miqdoriga rioya qilinayotganligini davriy ravishda tekshirish, rioya qilinmaganlikni asosiy sabablarini tekshirish;
• yangi ish joylarini tashkil qilishdan bosh tortayotgan korxonalarni qarzdorlik miqdorini aniqlash;
• mehnat birjasining xuquq nazoratchisi tomonidan solingan jarima asosida to’lov talabnomasini tayyorlash;
• korxona, tashkilotlardan ishdan bo’shatishlar haqida ma’lumotlar olish. Bular to’g’risidagi ro’yxatlarni kamida 3 oy oldin tuzish.
Mehnat birjasini aholini ijtimoiy himoya qilishdagi ishlaridan biri korxonani tashkilotni tugatilishi yoki shtatlar qisqartilishi munosabatlari bilan muddatidan oldin pensiyaga chiqarish to’g’risidagi qonunlarni bajarilishini nazorat qilishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi aholini ish bilan ta’minlash to’g’risidagi qonuniga muvofiq korxona, tashkilot, qayta tashkil qilinishi, tugatilishi yoki shtatlar qisqartilishi tufayli ishdan bo’shatilgan, tegishli tarkibda ishsiz deb tan olingan shaxslarga pensiya tayinlanadi va to’lanadi:
• mehnat birjasini taqdimnomasi ijtimoiy ta’minot bo’limi tomonidan pensiya tayinlanishi uchun asos bo’ladi;
• ishdan bo’shatilgan xodimlarga yoshiga ko’ra pensiya O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini pensiya ta’minoti haqidagi qonunga muvofiq tayinlanadi va to’lanadi.
• mehnat birjalari muddatidan oldin yoshiga ko’ra pensiya tayinlangan shaxslar soni va to’langan mablag’lar haqidagi ma’lumotlarni statistika muassasalarni tasdiqlagan muddat va shakllarda yuqori tashkilotlarga taqdim qiladi.
Mehnat birjalarini aholini ijtimoiy himoya qilishdagi vazifasi - xususiylashtirish komissiyasi ishida qatnashish va fuqarolarni xususiylashtirish to’g’risida qonunlarda belgilangan iqtisodiy va ijtimoiy xuquqlari bo’yicha nazorat qilishdan iborat.
Ular quyidagicha:
A) davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo’yicha tadbirlar rejalarini o’rganish;
• korxona, tashkilotlar ishlab chiqarish faoliyati va moliyaviy axvolini taxlil qilish;
• mulkni qayta baxolash va ularni qiymatini aniqlash;
• qonunda ko’zda tutilgan xollarda imtiyozlar berish haqida takliflar tayyorlash;
• davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan mulk, ob’ekt haqida axborot bildiruvini loyixasini tayyorlash.
B) mulk davlat tasarrufidan chiqarilayotganda ish joylarini qisqartirish mumkin bo’lmagan xodimlarni toifalari bo’yicha ro’yxatlarni tayyorlash;
• xomilador ayollar ro’yxati;
• 3 yoshgacha bo’lgan farzandiga qarayotganligi bo’yicha ta’tildagi ayollar;
• 14 yoshgacha bo’lgan farzandlarini tarbiyalayotgan yolg’iz ota va onalar;
• 16 yoshgacha bo’lgan nogiron farzandi bo’lgan ota va onalar;
• ish joylari qisqartilishi paytida kasallik varaqasiga ega bo’lgan xodimlar;
• mazkur korxonada kasbiy kasalikka yoki mehnat majruxligiga uchragan shaxslar;
• muddatidan oldin pensiya yoshiga etmay qolgan shaxslar;
• Chernobil fojeasini tugashida ishtirok etganlar;
• turli tabaqa xodisalar oqibatini tugatishda qatnashgan va natijada mehnatga bo’lgan qobiliyatini qisman yo’qotgan shaxslar;
V) xususiylashtirilayotgan korxonalardan ishdan bo’shatilayotgan xodimlarni ijtimoiy himoyasi bo’yicha ma’lumotlarni yig’ish;
• korxonalarni soni va shakli, u erdagi ishlovchilar soni, yaratilgan yangi ish joylari;
• ish joylari qisqartirilgan xodimlarni mehnat birjalarida qayddan o’tgan ro’yxatdagi soni, ular bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot;
G) xodimlarni ishdan bo’shatish O’zbekiston Respublikasining mehnat qonunlarini majmuasiga bioan amalga oshiriladi - ya’ni qisqartirishga tushgan xodimlar 2 oy oldin bu to’g’rida xabardor qilinishlari kerak; qisqartirish amalga oshgandan keyin ish joyi qisqargan xodimga 2 oy ish haqi va ishdan bo’shatilganlik bo’yicha nafaqa to’lanadi, keyinchalik 3 oy agar mehnat birjasi unga ish topib bermasa, o’rtacha ish haqi to’lanadi;
Fuqarolarga ijtimoiy himoya shakllari, nafaqalar, imtiyozlar, ish haqini miqdorlari, pensiya, stipendiya to’lash bo’yicha normativ xujjatlarni amalda qo’llash yuzasidan maslaxatlar berish;
imtiyozlardan foydalaniladigan aholi tabaqalarini aniqlash, ular soni tarkibi haqida ma’lumotlar to’plash;
korxonalar, tashkilotlar tomonidan nafaqa, pensiyalarni to’g’ri berilishini tekshirish;
o’rnatilgan eng quyi ish haqi to’lanishini ustidan nazrat o’rnatish;
ishsizlik nafaqasini eng quyi ish haqi belgilangan darajasi o’zgarishiga nisbatan o’z vaqtda qayta xisoblanishini ta’minlash;
barcha manbaalar bo’yicha ko’rsatilgan yordamning miqdori, turlari haqidagi ma’lumotlarni yig’ish;
aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish jamg’armasidan, maxaliy byudjetdan moddiy yordam ko’rsatish mo’ljallangan ishsizlar va aholi zaif ijtimoiy muxofazalangan toifalarga vakillarini ro’yxatini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |