O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


-Mavzu: Aholi daromadlari va turmush darajasi



Download 1,9 Mb.
bet181/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

31-Mavzu: Aholi daromadlari va turmush darajasi.

(2 soat ma’ruza)

Reja:

1. Bozor iqtisodiyoti taqsimoti qonuni va aholi daromadilarini shakllanishi.

2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlarning tabaqalanishi.

3. Aholi turmush darajasi;


Tayanch so’z va iboralar:

Aholi daromadlari, uning tarkibi, aholi turmush darajasi, uning ko’rsatkichlari, daromadlar tengsizligiga ta’sir qiluvchi omillar, O’zbekistonda ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari, aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari.
Jamiyat a’zolari muayyan yo'llar bilan ega bo'lgan yashash uchun zarur moddiy ne'matlar xizmatlar yoki ularning pul ko'rinishidagi summasi aholi daromadlarini tashkil etadi.

Kishilarning qancha daromadga qanday qilib ega bo'lishlari ularning sub'ektiv xoxishlariga bog’liq emas. Bu jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti va tuzumiga hamda uning ob'ektiv qonunlariga bog'liqdir. Aniqroq aytganda, daromadlar qanday bo'lishi, avvalo mulkchilikka, ya’ni mulk sifatda kim nimaga va qanchalik ega bo'lishiga hamda ularni ishlatish samarasiga bog’liqdir. Mana shu bozor iqtisodiyoti taqsimot qonunining mazmunini tashkil etadi. SHunga binoan kapital egasi - foyda, ish kuchi egasi - ish haqi, pul egasi - foiz va dividend, yer egasi - renta oladi. Demak, muayyan mulk bo'lgan narsalar ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish omili bo'lib xizmat qiladi va uning samarasi qancha yuqori bo'lsa, daromadlar ham shuncha yuqori va cheksiz bo'lishi mumkin. SHuning uchun bozor iqtisodiyotida daromadlarning cheklanmasligi xosdir.

Biroq muayyan sharoitda daromadlarni belgilovchi samaradorlik mezoni (o'lchovi) bozorda aniqlanadi. Ya'ni resurslar samaradorligi ulardan foydalanib xosil qilingan maxsulotning, qilingan ishning bozor talabiga qanchalik mosligiga, qanchalik tan olinishiga bog'liqdir. SHunga qarab daromadlar xosil bo'ladi. Demak, taqsimot qonunining amal qilishiga talab-taklif qonuni va boshqa qonunlar ham ta'sir ko'rsatadi.

Bozor munosabatlariga ekvivalentlik harakterli bo'lib, taqsimot munosabatlarida ham omillar bergan natijaga muvofiq daromad taqsimlanadi. Biroq, hamma munosabatlar ham shunday bo'lavermaydi. Asosiy qonuniyatdan chetlashish, noekvivalentlik taqsimot xollari ham mavjud. Masalan, ish haqi hamma yerda va hamisha ishchi qilgan mehnatning to'la ekvivalenti bo'lavermaydi. Binobarin, foyda, foiz, dividend, renta va boshqalar qandaydir samaraning haqiqiy ekvivalenti bo'lmasligi mumkin. Xayr exson, ijtimoiy himoya va shu kabilardan keladigan daromadlar ham shuni ko'rsatadi.

SHuningdek davlatning daromadlaridan oladigan xissasi ham uning iqtisodiy o’sishga qo’shgan xissasi muvofiq bo’lmaydi, balki umuman davlatning talab extiyojlariga muvofiq bo’ladi. Ekvivalentlikning jiddiy va doimiy sur’atda buzilishi salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Iqtisodiy taraqqiyotni sekinlashtiradi.

Daromadlarni asl manbai ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarilmagan narsa taqsim bo’lmaydi. Daromadlar ishlab chiqarilgan maxsulot (qiymatining) muayyan shakllarda taqsimlanishi bo’lib, ular bir-biridan farq qiladi: ish xaqini manbai asosan zaruriy maxsulot bo’lib, boshqa daromadlarning manbai esa, asosan qo’ishimcha maxsulotdir.

Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borgan sari jamiyat a’zolari bir vaqtda har xil daromad olishlari mumkin. Masalan, ishchi kuchi egasi sifatida ish xaqi, pul egasi sifatida foiz, aktsiya egasi sifatida dividend olishi va shu yul bilan daromadlar manbai aralashib ketishi sodir bo’ladi. Kelajakda asta sekin mulksizlar ham mulkdorlarga aylanib borishi mumkin.

Bozor iqtisodiyotiga aholi daromadlarining tabaqalanishi harakterlidir. Bunga iqtisodiy erkinlik va raqobat kurashi sabab bo’lib kimning imkoniyatlari va qobiliyatlari yuqori tadbirkor va ishbilarmon bo’lsa, uning ishlari yurishib raqobatda yutishi, daromadlari ko’payib borishi mumkin va aksincha. SHu xol daromadlarning muqarrar sur’atda turlicha bo’lishini belgilaydi. Demak, bozor iqtisodiyoti taqsimot munosabatida tenglikni emas, balki tengsizlikni keltirib chiqaradi.

Tengsizlikni asosan to’rt omil paydo etadi:

1) “Besh qo’l barobar emas” - deganlaridek, kishilarning tug’ma qobiliyatlari, kuch-quvvati, aql idroki, saloxiyati va zakovati xullas ish qobiliyati bir xil emas. SHu tufayli ular iqtisodiy faoliyatda turlicha natijaga erishgandan har xil daromad ko’radilar, masalan, AQSHda Gollivudning kino yulduzi bir yilda 20 million topsa, malakali shifokor 80 va kelgindi ishchi esa 15 ming dollar daromad topadi.

2) Daromaddagi tengsizlik kishilar o’z saloxiyatini ishga solish imkoniyatlariga bog’liq. Bilim olish, kasb egallash, malakani oshirish imkoniyatlari bo’lgan va ish joyda daromad oz bo’ladi. Ishlab turgan kishi bilan sizning, garchi qobiliyati bir xil bo’lsada, daromadi turlicha bo’ladi. Masalan, AQSHda ishlaydigan ishchi bir oyda o’rtacha 2500 dollar ish haqi olsa ishsizga 600 dollar ishsizlik nafaqasi beriladi.

3) Tengsizlikni oila tarkibini har xil bo’lishi ham yuzaga keltiradi. Agar oila tarkibida pul toparlar ko’p bo’lib, boqimandalar oz bo’lsa, uning jami daromadi ko’p bo’ladi, aksincha bo’lsa oz bo’ladi.

4) Daromadlardagi farqni iqtisodiy xatar ham yuzaga keltiradi. Bozor iqtisodiyoti tasodiflardan xoli emas. Ular daromadlarga, ayniqsa tadbirkor daromadiga ta’sir etadi. Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, ya’ni tadbirkorlarga omad kulib boqsa, katta daromad keladi. Bordi-yu narx tasodifan pasayib ketsa, kutilgan daromad ham olinmaydi. Demak, daromadlardagi farqni bozor xolati o’zgarishilari ham yuzaga keltiradi.

Bozor qonuniyatlariga mos ravishda, jamiyat qabul qilgan va qonuniy ruxsat berilgan usullar bilan topilgan daromadlardagi farqlar adolatli tengsizlikni, gayriqonuniy, ya’ni man etilgan usullar bilan topiladigan daromadlardagi farqlar adolatsiz tengsizlikni paydo etadi. Adolatsiz tengsizlik xufiyona (man etilgan) iqtisodiy faoliyat bor joyda yuzaga keladi.

Masalan, narkobiznesda keladigan umumiy pul topish daromadlarni keskin farqlantiradi. Daromadlardagi tengsizlik tabiiy bir xol bo’lib, daromadi ozlarni yaxshi ishlab pul topishga undaydi. Daromadlardagi farqlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad summasiga qarab aniqlanadi. Buning uchun oila ko’rgan yalpi daromadni uning a’zolari soniga bo’linadi. Mamlakat aholisining daromadidagi tafovutlar darajasi taxlil etilganda 10 % boy aholining daromadi bilan 10% kambag’al oilalar daromadi necha karra farqlanishi aniqlanadi. Rossiyada 1995 yili bu daromadlar solishtirilganda boylarning daromadi kambag’allarnikidan 13,5 marta ko’p bo’lgani aniqlangan. O’zbekiston da bu farq 7 marta edi.
Daromadlarning notekis taqsimlanishi Lorents egri chizig’ida ham quyidagicha tasvirlanadi.

CHizmada agar daromad teng taqsimlanib, oila xissasi bir xil bo’lganda daromad chizig’i to’g’ri bo’lishini ko’rish mumkin. (A nuqtadan S nuqta orqali Ye nuqtagacha). S 60 % oila 60 % daromadni olganda bu daromad tekis taqsimlanishini ko’rsatadi. Amalda bunday bo’lmaydi. Oilalarning jamiyat miqiyosidagi umumiy daromaddan olgan xissasi har xil bo’lganidan, masalan 20 % oila daromadlarining 50 % ni olganidan daromad chizig’i egri chiziq shakliga kiradi. (A.E chizig’i )

Daromadlarning umumiy miqdori bilan uning taqsimlanishi o’rtasida aloqadorlik bor. Umumiy daromad kam bo’lgan sharoitda unung taqsimlanishi keskin o’zgarib turadi. Daromad ko’p bo’lganda esa taqsimlanish bir me’yorda, barqaror boradi. Rivojlangan jamiyat boy bo’lganidan jamiyatda kishilarning daromadidagi tavovutlar kam bo’ladi, binobarin ijtimoiy birdamlik va xotirjamlik xukm suradi.

Daromadlarga qarab aholi tabaqalashganda uning har xil qatlamlari paydo bo’ladi. Bu qatlamlar o’z daromadlariga ko’ra ijtimoiy piramidani tashkil etadi.



Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida daromad ko’p o’lganida davlat boylar daromadi xisobidan kambag’allar daromadini oshirib boradi. Natijada aholi o’ta boy va o’ta kambag’allarga ajralib qolmaydi. Daromadlar qanchalik adaolatli bo’lmasin, baribir kambag’allik muammosi saqlanib qoladi. Kimning kambag’al ekanligi oila daromadining umumiy miqdoriga qarab emas, balki bu daromadning oila jon boshiga to’g’ri keladigan miqdoriga qarab aniqlanadi va oila tirikchiligining minimal qiymatiga (necha pul zarurligiga) nisbatan baxolanadi. Agar daromad jon boshiga tirikchilik qiymatidan past bo’lsa, oila kambag’al xisoblanadi. Masalan, oilaning jami daromadi bir oyda 3000 so’m, oila 5 kishidan iborat, demak, jon boshiga daromad 600 so’mni tashkil etadi. Oilaning minimal tirikchilik vositalarining qiymati jon boshiga xisoblanganda 650 so’m. Bunda oila daromadi uning tirikchilik qiymatiga yetmaydi. (600-650). Demak, oila kambag’al xisoblanadi. Buni yana biz keyingi savolda ya’ni turmush darajasida yana ham batafsilroq bilib olamiz. Bozorda kimlarningdir foydasi yuqori bo’lib, daromadi ko’payadi, kimlardir zarar ko’rib, xatto inqirozga uchrab xonavayron bo’ladi. Bu esa o’zini oqlamaydigan iqtisodiy faoliyatlarning barham topishlariga uning sog’lom o’sishiga olib keladi. Demak, daromadni ko’paytirishga buning uchun yuqori foyda olishga zo’r berib urinishi va raqobatlashishi bozor iqtisodiyotining asosiy qonuniyati bo’lib, buning uchun tez va barqaror rivojlanishini belgilaydi. Qudratli stimul yaratadi bunga qarshi harakat qilish, stimulni bo’shashtirish, sun’iy sur’atda daromadlarni tenglashtirishga urinishi zarur bo’lib, iqtisodiyotning o’sishini sekinlashtiradi va ijtimoiy - iqtisodiy inqirozga olib keladi. Rejali iqtisodiyotning falokatli fojeasi buning yaqqol misolidir. Bozor iqtisodiyoti o’z asoslariga ko’ra tengsizlik iqtisodiyoti bo’lib, unga asoslangan jamiyat ijtimoiy tengsizlik jamiyatidir. Xo’sh, aniqroq aytganda, daromadlardagi tengsizlikning sababi nima? Bu adolatlimi yoki adolatsizmi? Uning ikki sababi bor: tabiiy va ijtimoiy sabablar kishilar tabiatan jismoniy va aqliy jixatdan farqli bo’lib, bu ularning qobiliyati va ishbilarmonligi birinchi asos bo’ladi. Lekin qobiliyatining rivoj topishi va ro’yobga chiqishi ijtimoiy sabablarga bog’liq. Inson yaxshi bilim olishi qobiliyatiga yarasha ish bilan ta’minlanishi, biror foydali faoliyat bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Aks xolda har qanday aqllik va qobiliyatli kishi ham faoliyatsiz bo’lib qoladi. Bu jamiyatning iqtisodiy madaniy taraqqiyoti darajasi, ijtimoiy-siyosiy tizimi va boshqa xususiyatlarga bog’liqdir. Misol uchun AQSH da bir ishchi o’rtacha 2500 dollar oylik olsa, malakali shifokor taxminan 6600 dollar, o’qituvchi 3300 dollar, Golliwud kino yulduzi esa 1,5 million daromad topadi. Tadbirkorlar ko’radigan daromad ham turlichadir. Daromadlarning shakllanishida eng muxim xal qiluvchi omil iqtisodiy moddiy sharoitdir. Bu bozor iqtisodiyoti shunday tizimki har bir kishi mavjud va cheklangan iqtisodiy moddiy sharoitdan eng samarali foydalanib, eng ko’p natijaga erishishga harakat qiladi.

Mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti va jamiyat farovonligining umumlashgan ko’rsatkichi turmush darajasi bo’lib, u kishilar xayotiy extiyojlarining qondirilishi me’yorini bildiradi.

Turmush darajasi, umuman olganda ishlab chiqarish taraqqiyotiga tovarlar va xizmatlar mo’l-ko’lligiga bog’liqdir. SHu asosda kishilarning iste’mol miqdori va sifatini shakllanadi. Biroq bu ishlab chiqarish xajmi qanday bo’lsa, iste’mol xajmi ham shunday bo’ladi degan so’z emas. Iste’mol moddiy daromadning mutloq xajmiga, uning iste’mol va jamg’arish fondlariga bog’liqdir. Agar jamg’arish iste’molga nisbatan tezroq o’sib boradigan bo’lsa, ishlab chiqarish qanday o’sishga qaramay, iste’mol unda sekin o’sishi mumkin. Masalan, aholi jon boshiga tovar va xizmatlar iste’moli 1990 yili SHvetsiyada 13250, Frantsiyada 12400, Germaniyada 12000 dollar bo’lgan xolda iqtisodiy taraqqiyot ulardan yuqori bo’lgan Yaponiya 10725 dollar bo’lgan. Rivojlanayotgan va kam rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko’rsatkich ancha pastdir. Milliy daromadning iste’mol va jamg’arishga bo’linishi nisbati jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot xolati va talabiga bog’liq xolda sodir bo’ladi.

Umuman, uning mutloq ko’p qismi iste’molga ketadi. Ayniqsa rivojlangan bozor iqtisodiyotiga milliy daromad taqsimotida iste’mol xissasini ortib borishi xosdir.

Buning sababi quyidagicha: birinchidan, milliy daromadning kamroq qismi(10x15%) jamg’arilgan xolda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash mumkin.

Ikkinchidan, inson omiliga, yuqori malakali ish kuchiga bo’lgan talabning ortishi. Busiz yuqori iqtisodiy o’sishga erishib bo’lmaydi.

Uchinchidan, jamiyat taraqqiy qilib borgan sari aholi sonining, iste’molchilarning kamayib borishi.

To’rtinchidan, bozor iqtisodiyoti o’sib, aralash iqtisodiyot shakllanib borgan sari insonparvarlik tamoyillarining o’sib borishi. SHuning uchun keyingi 30 yil davomida rivojlangan mamlakatlarda jamg’arish xissasi ikki barobar qisqarib, iste’mol xissasi ortib, endilikda milliy daromadning deyarli 80-85% qismini tashkil etmoqda. Turmush darajasi iste’mol miqdori bilan birga uning sifati ham usib borishni nazarda to’tadi. Biror maxsulotning (Masalan, non) ko’p iste’mol qilish emas, balki sifatli maxsulotlarni (Masalan, gusht, sut va boshqalar) ko’proq iste’mol qilish yuqori sifatli uy-joy jixozlar va boshqa sharoitlardan foydalanish yuzaga keladi.

Turmush darajasi iqtisodiy taraqqiyotga bog’liq xolda shakllanadigan turli tovarlar va xizmatlardan foydalanish darajasi bo’lib, kishilarning farovonligi, ularning iste’moli va uning natijasini harakterlaydi. Turmush darajasining o’zaro bog’liq ikki gurux ko’rsatkichlari bor. Birinchisi: qiymat-pul ko’rsatkichlari bo’lib, bu aholining pul shaklida oladigan turli daromadlari yig’indisi va uning jon boshiga to’g’ri kelishi kabilardir. Bular orasida aholining real daromadi asosiy o’rin to’tadi. U iste’molning hamma jixatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi umumlashgan ko’rsatkichdir. Pul daromadi ko’paysa, real daromad pasayib ketadi.

Ikkinchidan: turmush darajasining moddiy natural ko’rsatkichlari - jon boshiga to’g’ri keladigan oziq - ovqat va boshqalar iste’moli, uy-joy, uzoq muddat xizmat qiladigan jixozlar miqdori va boshqalardir. Lekin, bunda faqat miqdor emas, balki sifat ham xisobga olinishi kerak. CHunki, foydalanadigan narsalar, masalan, kiym-kechak, yengil mashina, televizor va boshqalar sifat jixatdan farqlanadi. Uy joy jon boshiga qishloqlarda shaharlar nisbatan yuqori, lekin sifati yuqori deb bo’lmaydi, shuningdek, turli xizmatlardan (o’qish, davolanish, maishiy xizmatlar va boshqalar) foydalanish miqdori va sifati haqida ham shuni aytish mumkin.

Turmush darajasini to’la tavsif etish uchun solishtirma narxlardan foydalanish zarurdir. Ya’ni ma’lum yildagi narx asosida xisoblangan tovarlar va xizmatlar qiymati bilan ifodalash to’g’riroq bo’ladi. Bu real daromadga yaqinroq bir tasavvurni beradi. Masalan, shunday real daromad AQSHda 1982 yil narxlari bilan xisoblanganda 1929 yilda 498,5, 1959 yilda - 1067,5, 1998 yilda-3476 dollar bo’lgan.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish