32-Mavzu: Ishchi kuchi va uning bandligi
(2 soat ma’ruza)
Reja.
1. Ishchi kuchi va undan foydalanish.
2. Samarali bandlik siyosati.
3. Mehnat birjalarining ish beruvchilar bilan hamkorligini tashkil etish.
4. Mehnat birjasining mehnat bozorini xisoblash va "Bandlik" dasturini ishlab chiqish qoidalari.
5. Mehnat birjalarining aholini ijtimoiy muxofaza qilishdagi ishtiroki.
Tayanch so’z va iboralar:
Mehnat bozori, mehnat bozori infrastrukturasi, mehnat birjasi, ishsizlik, maqbul keladigan ish, ishsizlik maqomi, ishsizlik darajasi, ishsizlik nafaqasi, kvotali ish joyi, aholini ish bilan ta’minlash jamg'armasi, aholini ijtimoiy himoyalash, bandlik dasturi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda aholining mehnatga layoqatli yoshdagi tarkibiga kiruvchi ishlayotgan va ishsizlarning umumiy soni tushuniladi.
Ishchi kuchlarining miqdori va sifati, uning jinsiy, yosh va kasb tarkibi mamlakatning iqtisodiy imkoniyatiga va undan samarali foydalanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Boshqa tomondan, ularning o’zi ham ijtimoiy ishlab chiqarish-ning rivojlanish darajasi va xususiyati ta’siri ostida bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchi ham boshqa mehnat maxsullari kabi, tovar shakliga ega bo’lib, tovar-pul munosabatlariga faol jalb qilinadi. Uning bu xususiyati mehnat ko’rsatkichlari tizimida o’z aksini topadi. Ular orasida ish bilan bandlik va ishsizlik ko’rsatkichlariga muhim o’rin ajratiladi.
Bu ko’rsatkichlarni hisoblash tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan.
Ishchi kuchi, bandlik, ishsizlik (shartli raqamlar) mln. kishi
Aholi – ja’mi
|
30
|
Shu jumladan:
|
|
1. 16 yoshga to’lmaganlar va maxsus muassasalardagi shaxslar
|
10
|
2. Ishchi kuchi tarkibidan chiqib ketganlar
|
8
|
3. Ishchi kuchi (A-1-2)
|
12
|
Ulardan: ishlayotganlar yoki band
bo’lganlar ishsizlar
|
11,4
0,6
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, barcha aholi uch guruhga bo’linadi. Birinchi guruxga 16 yoshda bo’lgan bolalar hamda maxsus muassasalarda saqlanayotgan shaxslar kiradi. Masalan, ruhiy kasalliklar shifoxonasida, axloq tuzatish muassasa-larida bo’lganlar. Aholining bu qismi daromad keltiruvchi ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug’ullana olmaydi. Ikkinchi guruhga – ishlashi mumkin, lekin bir qator sabablarga ko’ra uni istamaydigan aholi kiradi, ularga o’quvchilarni, nafaqaxo’r-larni, uyda ishlovchilarni kiritish mumkin. Uchinchi gurux yoki qolgan barcha aholi ishchi kuchlarini tashkil etib, o’z navbatida ishlayotganlarga va ishsizlarga bo’linadi.
Ishlayotgan yoki band bo’lgan aholi deb, mehnatga layoqatli yoshdagi ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan aholiga aytiladi. Shartli ravishda ularning tarkibiga to’liqsiz ish kuni bilan band bo’lganlar ham kiritiladi.
Ishsizlar – bu ishchi kuchlarining bir qismi bulib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan, lekin ishlashni xo’lovchi va ish qidirayotganlardir.
Har bir mamlakat ishlayotganlarni va ishsizlarni o’zining qonunchiligida belgilab qo’yilgan me’yorlarga muvofiq hisobga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |