Demping narx. Bozorda o’z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi.
Sotish hajmini o’zgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar nufuzli narxdan foydalanadi. Bu narxni qo’llash uchun bozorda raqobat cheklangan va monopol vaziyat mavjud bo’lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bog’liq bo’lmaydi,shu sababli narxning ko’tarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki. ular nufuzli narxlarda sotiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala hovliga ega bo’lish, mashhur kurortlarda dam olish, oxirgi nushadagi kiyimlarni kiyish, yangi modeldagi avtomashinada yurish - martabali yoki obro’talab iste’mol hisoblanadi. Martabali iste’mol nufuzli narxlarni yuzaga chiqaradi. Ular odatdagi narxlardan ancha yuqori bo’ladi. Narxlarni qo’llashda tovarlarni ishlab chiqarish harajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning o’zgarishi va bozordagi narxga raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. SHunga qarab ma’lum davrgacha o’zgarmaydigan qat’iy (standart) narxlar va o’zgaruvchan narxlar qo’llaniladi. SHunday tovarlar borki, iste’molchilar ularning narxi o’zgarmasligini afzal ko’radi. Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati ta’riflari shunday narxlar jumlasiga kiradi.
O’zgaruvchan narx belgilanganda, harajatlar va bozordagi talabning o’zgarishi hisobga olinadi. O’zgaruvchi narxlar xarid miqdorini va xarid vaqtini ham ko’zda tutadi, tovarlar ko’p miqdorda sotib olinsa narx tushiriladi. Xarid vaqti hisobga olinib, mavsum boshida tovarlar narxlari oshib borsa, mavsum oxirida ular pasayadi. Amaliyotda preyskurant narxlar ham ishlatiladi. Bunday narxlar firma preyskurantlarida (narx ko’rsatkichlarida) e’lon qilinadi va tovar narxining qaysi summa atrofida bo’lishini ko’rsatadi, ammo haqiqiy narx preyskurant narxdan yuqori yoki past bo’lishi mumkin. Narxlar farqining miqdoriy ifodasi narx diapazoni deyiladi. Narx diapazoni narxlar oralig’ining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, o’rta va yuqori narxlarni o’z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik katta bo’lsa. tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi. chunki talab bilan narx o’zaro bog’lanadi.
Bozor ko’lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar mavjud bo’ladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo’lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta’siridan hosil bo’ladi. Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-harajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni. tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon narxi muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narx xilma-xil turlardan iborat bo’lsada, ular bir-biri bilan o’zaro bog’langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o’z ifodasini topadi. Iqtisodiy nazariyada narx nisbati degan tushuncha bor, u narx pariteti deb ham yuritiladi. Iqtisodiyot bir-biriga bog’liq va yagona bo’lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall narxiga, metall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxiga kiradi, chunki bu narxlarning har biri o’zidan keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Bozorga shunday o’ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko’pchilik sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurslar hisoblanadi. Bular metall, neft’, ko’mir, gaz, yog’och, bug’doy, paxta kabi tovarlar bo’lib, ular narxining o’zgarishi butun narxlar nisbatini o’zgartiradi.
Tovar pul munosabatlari rivojlangan sharoitida nazariy jihatdan yondoshilsa, narx tovar qiymatini o’zida mujassamlashtirishi zarur. SHu sababli qiymatning tashkil topish qonuniyatlarini qarab chiqilganda qiymat-narxga teng keladi deb faraz qilinib, talab bilan taklif o’rtasidagi nisbat, ya’ni aniq bozor sharoiti va narxning qiymatdan tashqari omillari hisobga olinmaydi.
Narxlarning o’zgaruvchanligi. uning darajasiga ta’sir qiluvchi bir qator omillarning mavjudligi va bozor mexanizmi mavjudligi bilan belgilanadi. Bozorning turli nusxalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari ham qiymat-narx muvozanatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Narxning tashkil topishida eng samarali mexanizmi sharoitida mavjud bo’ladi, ya’ni bunda bozordagi vaziyat juda ko’p sotuvchilar va sotib oluvchilar, sotiladigan mahsulotlarning bir xilligi, firmalarning bozorga erkin kirishi bilan xarakterlanadi. Bunda sotuvchi va sotib oluvchilarning birortasi ham o’z-o’zicha bozor narxlariga ta’sir ko’rsata olmaydi, narx talab va jami taklif ta’sirida o’rnatiladi.
Har qanday tovarning raqobatli bozorida talab qilingan tovarning bozor narxi bilan uning miqdori o’rtasida hamma vaqt ma’lum nisbat mavjud bo’ladi: narx qancha yuqori bo’lsa, shu tovarni sotib oluvchilar soni shuncha kam bo’ladi, ya’ni daromadning mavjud darajasida talab darajasi kam bo’ladi va aksincha, narx qancha past bo’lsa sotib oluvchilar soni va sotib olinadigan tovarlar miqdori shuncha ko’p bo’ladi.
SHunday qilib, sof raqobatli bozorda alohida korxona mahsulot chiqarish hajmini cheklab, ancha yuqori bahoga erisha olmaydi. Ma’lum mahsulotni ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar esa sotish hajmini faqat ancha past narxlarni o’rnatish yo’li bilan ko’paytirish mumkin. Bunda korxonalar mustaqil harakat qilib, shu bilan birga bir vaqtda taklifning umumiy hajmiga va demak, bozor narxiga ta’sir ko’rsatishlari mumkin.
Agar qandaydir tovarlarning narxi oshsa va bunda boshqa sharoitlar o’zgarishsiz qolsa, bu tovarlarga talab shuncha kam miqdorda bo’ladi. Bu qonuniyat amalda deyarli barcha tovarlar uchun kuchga ega.
Narxning oshishi bilan talabning asta sekin pasayib borish sabablarini aniqlash qiyin emas, u avvalo iste’molchilar daromadining cheklanganligi bilan izohlanadi. Agar tovarlarning yuqori narxida ularni faqat yuqori daromad oluvchilar sotib olsa, narxlarning pasayishi, birinchidan, yangi xaridorlarni jalb qiladi. Ikkinchidan, narxning har bir pasayishi shu tovarning iste’molchilarini ehtiyojlarini to’liq qondirish uchun yana qo’shimcha xarid qilishga undaydi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, hatto mazkur iste’molchilar talabining o’sishi amalda to’xtagandan keyin ham, bozorda xarid qilish hajmi narxining yanada pasayishi bilan bog’liq ravishda, ancha past daromadli xaridorlarning o’z ehtiyojlarini qondirishga kirishishi hisobiga o’sadi. Agar sof raqobatli bozor vaziyatini sotuvchilar yoki taklif tomonidan ko’rib chiqsak, teskari manzarani kuzatamiz. Barcha sotuvchilar bozorda narx qancha yuqori bo’lsa, shuncha ko’p tovar sotishga harakat qiladi, ya’ni taklifni oshiradi. Narx yuqori bo’lganda ishlab chiqarish hajmining oshish tomoyili shu bilan izohlanadiki, bir tomondan, narxning oshishi mazkur tarmoqqa yangi ishlab chiqaruvchilarni jalb qiladi. Ikkinchi tomondan, narx o’sgan sharoitda tadbirkorlar qo’shimcha foyda oladi va natijada ko’proq ishchi kuchi yollash, ko’proq xom ashyo va mashinalar sotib olish, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Talab va taklifning harakati shuni ko’rsatadiki, agar narx o’zgarsa bu sotish va sotib olish natijasida ro’y beradi. Sof raqobatli bozorda narx qaysi darajada o’rnatiladi degan savol tug’iladi. Bu savolga alohida tovarlar talab va taklifi ko’rib chiqilganda umumiy holda javob berilgan edi. Alohida tovarlar, talab va taklif egri chizig’i kesishgan nuqtani muvozanatli narx deb atagan edik. Tovarlarning muvozanatli narxiga mos keladigan miqdori iste’molchi xarid qilishi lozim bo’lgan tovarlar miqdorini ko’rsatadi va bu muvozanatli miqdor ishlab chiqaruvchi bozorga chiqarishi kutilgan tovarlar miqdoriga teng keladi.
Faqat muvozanatli nuqtada narxning pasayishi yoki ko’tarilishi tamoyili mavjud bo’lmaydi. Ammo bu ayrim hollarda ro’y beradigan muvozanatdir. CHunki bozorda narx tovarlarga talab yoki taklifning o’zgarishi oqibatida doimo harakatda bo’ladi. Bu o’zgarishlar bir-biridan mustaqil emas, balki hammasi bir-biriga o’zaro bog’liq. Biror masalan, birorta tovar narxidagi har bir o’zgarish boshqa tovarlar narxida ham o’zgarish bo’lishiga olib keladi.
Sof raqobat sharoitida har xil bo’lgan narxlardan qaysi biri haqiqiy muvozanatli narx bo’la oladi? Bunday narx taklifining umumiy yoki bozor hajmi va talabning umumiy hajmi bilan belgilanadi. Aytilganlarni misol orqali tushintiramiz. Avvalo taklifning umumiy hajmini aniqlaymiz. Qulay bo’lishi uchun, tarmoqda hammasi bo’lib 1000ta raqobatlashuvchi korxona bo’lib, ulardan har biri bozorga bir xil miqdorda mahsulot taklif qiladi deb faraz qilamiz. Bu bizga bitta korxona taklif qilgan mahsulot miqdori 1000ga ko’paytirib, taklif umumiy yoki bozor hajmini hisoblab chiqish imkonini beradi. Endi muvozanatli narx aniqlash uchun taklifning umumiy hajmini xarakterlovchi ma’lumotlarni talabning umumiy hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan taqqoslash zarur (IX- I jadval). Mahsulot umumiy taklifini mumkin bo’lgan narxdagi umumiy talab miqdori bilan taqqoslab, muvozanatli narx tarmoq uchun 1110 so’mni (muvozanatli mahsulot miqdori 8000 birlikni) tashkil qilishini aniqlaymiz.
I jadval. Bozor talabi va taklifi ta’sirida muvozanatli narxning hosil bo’lishi.
Bitta korxona taklifi miqdori
|
1000 korxona taklifi-ning umumiy hajmi
|
Tovar bahosi, so’m
|
Talabning umumiy hajmi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
10
|
10000
|
1510
|
4000
|
9
|
9000
|
1310
|
6000
|
8
|
8000
|
1110
|
8000
|
7
|
7000
|
910
|
9000
|
6
|
6000
|
810
|
11000
|
0
|
0
|
710
|
13000
|
0
|
0
|
610
|
16000
|
Jadvaldagi ma’lumotlarni grafikda aks ettiramiz.
Bir xil tovarga muvozanatli narxning hosil bo’lishi.
Agar harajatlar yoki bozor talabida hech qanday o’zgarish ro’y bermasa, rasmdagi diagramma xaqiqiy muvozanatli vaziyatni ko’rsatadi.
Sof raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillariga narxlar ham talab va taklifning nisbati bilan aniqlanadi. Ammo resurslarga talab va shunga mos ravishda baho narxiga ta’sir ko’rsatuvchi ikkita muhim holatni ta’kidlash zarur. Birinchidan, iqtisodiy resurslarga talab hosila talab hisoblanadi, chunki mehnat, kapital, yer oxirgi oqibatda kishilarga kerakli iste’molchilik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur. Demak, u yoki bu ishlab chiqarish omiliga talab, bu omillar yordamida ishlab chiqaradigan tovarlarga bo’lgan talabga bog’liq. Masalan, tikuvchi mehnatiga talab, jamiyatning matoga bo’lgan talabi bilan aniqlanadi: sabzavot yetishtirish uchun yaroqli bo’lgan yerga talab, sabzavotga bo’lgan talab bilan aniqlanadi va h.k. Bu shuni bildiradiki, ma’lum omilga talab darajasi, shu omil yerdamida ishlab chiqariladigan tovar narxlariga va mahsulot yaratishdagi mazkur omilning unumdorligiga bog’liq.
Ikkinchidan, ishlab chiqarishning barcha omillari iqtisodiy va texnologik jihatdan o’zaro sog’lik, tovar ishlab chiqarish uchun barcha uchta omil va ular o’rtasidagi ma’lum nisbat zarur. Har bir omilga talab hajmi, nafaqat mazkur omil narxi darajasiga, balki boshqa resurslar narxi darajasiga ham bog’liq: masalan,mehnatga bo’lgan talabnafaqat ish haqi stavkasiga, balki mashina, xom ashelar qancha miqdorda sotib olinishi va ularning narxi qanday darajaligiga ham bog’liq. Qachonki, ishlab chiqarish ma’lum omilining narxi ko’tarilsa, unga talab (boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda) kamayadi, boshqa omilga talab ortadi; masalan, mehnat uchun ancha yuqori ish haqi, uni mashinalar bilan almashtirishga olib keladi. Ishlab chiqarish har xil omillarining o’zaro o’rnini bosish imkoniyati, ularni qo’llashning xarajatlarini va eng yuqori foydani ta’minlaydigan nisbatini uyg’unlashtirish imkonini beradi.
Raqobat kurashi jaraenida talab va taklifning tebranishi,tovarlarga narxlarning o’zgarishi oqibatida daromadlarning ishdab chiqarish omillari egalari o’rtasida taqsimlanishi ro’y beradi.Masalan,donga talabning o’sishi natijasida, uni ishlab chiqarishni ko’paytirishga ehtiej o’sadi. Don yetishtirish uchun yaroqli bo’lgan yerlarga talab kengayadi,erning bahosi, renta o’sadi. Bu ishlab chiqarish mazkur omili egasining daromadi o’sishini bildiradi.
Sof monopoliya. Bunday sharoitda narxning shakllanishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu xususiyat qo’yidagi holatlar orqali yaqqol namoyon bo’ladi.
Birinchidan, sof monopoliya sharoitida narx qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan olinadigan pul daromaddan ortiq bo’ladi. Bu shuni bildiradiki, sof monopolist o’z mahsulotini sotish hajmini faqat har bir keyingi mahsulot birligiga ancha past narxlar belgilash orqali ko’paytirishi mumkin. Narxning pasayishi faqatgina qo’shimcha sotilgan mahsulotga, emas balki mahsulotning barcha boshqa birligi narxlariga ham ta’sir qiladi. CHunki har bir qo’shimcha sotilgan mahsulot birligi yalpi pul daromadga o’zining kamroq narxi bilan qo’shilib boradi. Faraz qilaylik, monopolist 4 birlik mahsulotni 140 so’mdan sotgan. U narxni 140 so’mdan 130 so’mga tushirib yana bitta mahsulot birligini sotishi mumkin va shu orqali beshinchi mahsulotdan 130 so’m narxda pul daromad oladi. Bu qo’shimcha sotilgan beshinchi mahsulotdan olingan foydadan 10 so’m yo’qotishini bildiradi.
Qo’shimcha mahsulot birligini sotish davomiy ravishda narxni 10 so’mga pasaytirish orqali borsa mahsulotning 11 birligi 80; 12 birligi esa 70 so’mdan sotilishi mumkin.
Ikkinchidan, monopolist narx belgilashda hukmronlik qiladi. Buning ma’nosi shuki, monopolist mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi, shu sababli narx belgilashda nisbiy mustaqillikga ega. U bir vaqtda ishlab chiqarish hajmi va narxni tanlaydi. Bu monopolist mahsulotiga narxni belgilashda bozor kuchlaridan ozod ekanligini yoki xaridor to’liq monopolist hukmronligi ostida bo’lishini bildirmaydi. Buni yuqoridagi tahlil ham tasdiqlaydi: yuqori narxlar mahsulot sotishning ham hajmi bilan, past narxlar ko’p hajmi bilan bog’liq. Monopolist sotish hajmiga zarar yetkazmasdan narxni oshira olmaydi yoki ancha past narxlar belgilamasdan sotish hajmini ko’paytira olmaydi.
Uchinchidan, monopolist hech qachon yalpi pul daromadni kamaytiradigan narx-mahsulot miqdori uyg’unlashuvini tanlamaydi. CHunki ancha past narxlar ishlab chiqarishning katta hajmi va ko’payib boruvchi yalpi harajatlar bilan bog’liq. Ancha past pul daromad va ancha yuqori harajatlar foydaning kamayishini bildiradi. SHunday ekan, monopolist ishlab chiqarish hajmini qo’shimcha mahsulotni sotishdan olinadigan pul daromad, unga qilinadigan harajatga teng keladigan miqdorgacha o’stirib boradi. Mahsulotiga narxni ham shu darajada o’rnatadi.
Monopolistik raqobatli bozor sharoitida bir-birining o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqaruvchi nisbatdan ko’p sonli raqobatchilar mavjud bo’ladi. SHu sababli narxning tashkil topishi sof raqobat sharoitidagidan ancha farq kiladi. Birinchidan, monopolistik rakobat sharoitida korxona kamroq raqobatchilarga qarshi turadi va ikkinchidan, bu raqobatchilarning mahsuloti bir-biriga yaqin, lekin bir-birining o’rnini butunlay bosmaydi.
Umuman aytganda, monopolistik raqobat sharoitida korxonalar mahsulotlariga narx darajasi raqobatchilar soni va mahsulotning tabaqalashish darajasiga bog’liq bo’ladi. Raqobatlashuvchilar soni qanchalik ko’p va mahsulotning tabaqalanishi qanchalik kuchsiz bo’lsa, vaziyat sof raqobatga shunchalik ko’proq yaqinlashadi.
Uchinchidan, monopolistik raqobatli bozorda resurslardan samarali foydalanishga ham, ishlab chiqarish samaradorligiga ham erishib bo’lmaydi. CHunki monopolistik xukmronlik tovarlar ishlab chiqarish uchun resurslardan to’liq foydalanmaslikni keltirib chiqaradi. Natijada korxonalar, mahsulotning ancha samarali hajmiga qaraganda birmuncha kamroq mahsulot ishlab chiqaradi. Bu o’z navbatida, narxlarni sof raqobat sharoitidagiga qaraganda bir muncha yuqori o’rnatishni bildiradi. Haqiqatdan, monopolistik raqobat sharoitida korxonalar uzoq muddatli davrda me’yoridagi foydaga erishish uchun raqobatli narxlarga nisbatan ancha yuqori narx belgilashi zarur buladi.
To’rtinchidan, monopolistik raqobatga asoslangan ko’pchilik tarmoqlarda narx va uning shakllanishi sof raqobat sharoitidagidan unchalik ko’p farq qilmaydi. Bundan tashqari monopolistik raqobat uchun xarakterli bo’lgan mahsulotning tabaqalinishi, xaridor bir turdagi qator mahsulotlarda keragini tanlay olishini bildiradi.
Oligopolisitik bozor sharoitida bir yoki bir nechta ishlab chiqaruvchi bozorning sezilarli hissasini nazorat qiladi. Oligopolistik firmalar soni odatda ko’p bo’lmasligi sababli ulardan har birining harakati bozordagi boshqa firmalarning ahvoliga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Natijada har bir oligopolistik firma o’zining boshqalarga bog’liqligini aniq sezadi.
Mahsulot turi bo’yicha odatda sof oligopoliya va tabaqalashgan oligopoliya o’zaro farqlanadi. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi oligopoliya sof oligopoliya deyiladi. Bunday holda bozorda tovar narxlari bir xil bo’ladi. Oligopoliyaning bunday turiga himiya sanoati mahsulotlari bozori misol bo’la oladi. Bir xil funktsional maqsaddagi xilma-xil mahsulot ishlab chiqaruvchilar oligopoliya tabaqalashgan oligopoliya deyiladi. Bunday oligopoliyaga avtomobil bozori misol bo’ladi. Bunday bozordagi bir xil bo’lmagan tovarlar guruhiga narxlar har xil o’rnatiladi.
Oligopoliyalarning tarixan ancha mashhur shakli kartellar hisoblanadi. Kartel’ - bu bir nechta ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bo’lib, o’lar narxlar darajasi, ishlab chiqarish hajmi yoki bozorni bo’lish haqida birgalikda qaror qabul qiladi. Bunda narxlar deyarli monopol yuqori darajada o’rnatilishi mumkin. Narxlar darajasi va har bir qatnashchining ishlab chiqarish umumiy hajmidagi hissasi haqida kartel’ shartnomasida kelishib olinadi. Bunday kelishuv ochiqdan-ochiq kelishuv hisoblanadi.
Hozirgi davrda milliy kartellar monopoliyaga qarshi qonunchilik bilan qattiq taqiqlanadi. Ammo xalqaro kartellar hozir ham mavjud. Eng mashhur halqaro kartelga misol bo’lib neft’ eksport qiluvchi mamlakatlar uyushmasi (OPEC karteli) hisoblanadi.
Amaliy hayotda yashirincha kelishish ham uchrab turadi. Oligopolistik bozor qatnashchilari bir-biriga bog’liqligini yetarli darajada tez his kiladi va o’z harakatini raqobatchi harakati asosida ko’radi. SHu orqali bozorda oshkora bo’lmagan tinch kelishuvchi vaziyat vujudga keladi.
Oligopoliya sharoitida raqobat ko’proq narxsiz xarakter kasb etadi. Narxsiz raqobat iste’molchini narxni pasaytirishdan tashqari omillar hisobiga ya’ni tovarlar sifatini yaxshilish, reklama, sotiladigan keyingi xizmat ko’rsatish va shu kabilar orqali jalb qilishga asoslanadi. CHunki har bir oligopolistning narxini pasaytirishi, boshqa oligopolistlarning ham shunday javob harakatini qilishga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan agar firma narxni oshirsa, boshqa firmalar bu yuldan bormasligi va oqibatda uning mahsulotiga talab keskin qisqarishi mumkin. SHu sababli oligopolistlar narx bilan raqobat qilishdagi ko’plab yo’qotishlardan qochishga harakat qilib, o’zaro bir-biri bilan narxsiz raqobat qilishni afzal ko’radilar.
SHunday qilib, bozorning oligopolistik tuzilishi sharoitida narxning tashkil topishi uning ma’lum darajada barqarorligi bilan farqlanadi. Umuman bu barqarorlik oligopoliya sharoitida firmalarning bir-biriga o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’siri muammosi bilan bog’liq. Oligopoliya sharoitida, firmalarning bozor siyosatiga ta’sir qiluvchi qo’shimcha maqsadi vujudga keladi. CHunonchi, jami foydani eng yuqori darajada ko’paytirishga erishish uchun firmalar o’zaro hamkorlikka intiladiki, bunda ularning birgalikdagi kelishilgan faoliyati natijasida alohida qilingan harakatga nisbatan har bir firma ko’proq natija (foyda) oladi. Firmalarning bu umumiy maqsadini amalga oshirishning shart - sharoiti raqobatni cheklash hisoblanadi. Bunda gap, iqtisodiy kurashning xarakterli shakli, ochiq narx raqobati to’g’risida ketadiki, u o’sib narxlarning vayron qiluvchi urushiga aylanishi mumkin.
Amaliyotda oligopoliyalarning o’z mahsulotlariga bozor narxlarini kelishishi narxdagi rahnamolik (liderlik) de’ nom olgan. Ochiq narx bilan raqobatlashishdan voz kechishni taqozo qiluvchi narxdagi rahnamolik eng muhim tovarlarning bozorini tashkil qilishni va faoliyat ko’rsatilishini aniqlovchi muhim belgi hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, mazkur tarmoqlaridagi oligopolistik firmalar o’zlarining tovarlariga narxlarni shakllantirish va o’zgartirishda bitta rahnamo firmaning belgilagan narxlariga qarab ish tutadi. Qoida bo’yicha, rahnamo firma sifatida butun tarmoq yoki hududiy bozor doirasida eng yirik hisoblangan firma chiqadi. Rahnamo firma narxidagi o’zgarishlar boshqa tarmoq korxonalari narxlarining shunga mos ravishda o’zgarishi uchun sabab bo’lib xizmat qiladi. Boshqa tomondan, rahnamo firmaning belgilangan narxlar talab yoki harajatlarini o’zgarishi natijasida oligopolistik shartnomaga kirgan boshqa firmalarning manfaatiga mos kelmay qolsa, bu firma o’z vaqtida narxilarni o’zgartirishi zarur bo’ladi.
P.Samuel’son va V. Nordxaus oligopolistik harakatning uchta muhim turlarini ko’rsatib o’tadi:
xufiya (mahfiy) oligopoliya
hukmron (ustun) bo’lgan oligopoliya
monopolistik raqobat.
Birinchi holatda, oligopolistlar o’zaro kelishishi mumkin va bozor narxlari monopolistning talabiga batomom mos bo’ladi.
Ikkinchi holatda, tarmoqdagi eng yirik firma shu tarmoqdagi sotish hajmining 60-80 foizini nazorat qiladi yoki harakatning bir necha yo’llarini tanlab olishi mumkin. Masalan, bozorning bir qismini raqobatchilarga (mayda firmalarga) bo’shatib berishi va keyin bozorning 60-80 foizi nazorat qiluvchi yagona monopolist sifatida harakat qilishi mumkin.
Uchinchi holatda, juda ko’p sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’ladi, firmalar tarmoqdan tarkmoqqa erkin ravishda kiradi va chiqadi hamda har bir firma boshqa firmalarning narxlariga bevosita ta’sir qila olmaydi. Bunday vaziyat erkin raqobat bozorini eslatadi. Uning raqobat bozoridan farqi shundan iboratki, bu yerda tovarlarning tabaqalanishi mavjud bo’ladi. SHu holatdan kelib chiqib, sotuvchi o’z tovariga o’zi baho qo’yadi. Turli bozorli vaziyatlarda narxlarning tashkil topish xususiyatlarini tahlil qilish ko’rsatadiki hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti iqtisodiy jarayonlarning tartibsiz va ongli kuchlarining murakkab ravishda bir-biriga qo’shilib ketishidan iboratdir.
SHunday ekan, monopoliya va oligopoliyaga har doim ham narxni oshiruvchi omil deb qarab bo’lmaydi. Davlat ma’lum maqsadni ko’zlagan holda narxni chegaralaydi, ya’ni qonun yuli bilan narxlarning quyi va yuqori chegarasini belgilaydi. Bu bilan narxning iqtisodiy va ijtimoiy sohaga ko’rsatadigan ta’sirini o’zgartiradi.
Davlat tomonidan o’rnatilgan narxlarning yuqori chegarasi bozordagi eng yuqori narxlar bo’lib, bunda sotuvchiga o’z tovari (xizmati)ni faqat shu narxlarda sotishga ruxsat beriladi. Iste’molchi esa muvozanatli narxlarda sotib ololmagan ayrim eng zarur tovarlarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Narxlarning quyi darajasi bu davlat tomonidan o’rnatiladi. Muvozanatni narxdan yuqori bo’lgan minimal narx, bunday narxlar odatda bozor tizimi resurslarini yetkazib beruvchilar yoki ishlab chiqaruvchilar ma’lum guruhining daromadlar darajasini yetarli darajada ta’minlab bera olmaganda qo’llaniladi. Davlatning minimal ish haqi, hamda qishloq xo’jalik mahsulotlariga belgilangan narxni byudjet hisobidan ushlab turish narxlarning quyi darajasini o’rnatishning yorqin misolidir.
Davlat oldida narxning quyi darajasini o’rnatish natijasida vujudga keladigan ortiqcha mahsulotni tartibga solish vazifasi turadi. Birinchidan, u ishlab chiqarishni cheklaydigan aniq dasturlarni kuchga kiritishi yoki muvozanatli narx va minimal narx o’rtasidagi farqni, demak, bundan kelib chiqadigan ortiqcha mahsulot miqdorini qisqartirish maqsadida talabni rag’batlantirish mumkin. Ikkinchidan, bu tadbirlar yetarli natija bermasa, davlat ortiqcha mahsulotni sotib olishi va uni boshqa yullar bilan tasarruf qilishi (saqlash, chetga chiqarish va h.k.) mumkin.
SHunday qilib, yuqorida qilingan tahlil ko’rsatadiki sof raqobatli, monopollashgan yoki raqobat cheklangan bozorlarda narxlarning shakllanishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ammo bozorning aniq to’rlaridan qat’inazar, narxni vujudga keltiruvchi umumiy omillar mavjud. Lekin bu omillarning narxga ta’sir etish darajasi va miqyosi bozor turlariga qarab o’zgaradi.
Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko’p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.
Erkin narxlar - bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxlaridir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narxlar jamiyat va bozor munosabatlari barcha sub’ektlari manfaatlarini eng maqaul tarzda uyg’unlashtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |